O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

“Botanika didaktikasi” 
qо‘llanmasida о‘z ifodasini topdi. 
M.Ortiqov esa о‘zining maktablarda о‘tkazgan tajribalariga asoslanib, biologiya d
arslarida ekran vositalari (о‘quv filmlari, diafilmlar, diapozitivlar)dan foydalanish
о‘kuvchilarda biologik о‘kuv materialini о‘zlashtirishga bо‘lgan qiziqishini 
orttirishiga, ularning bilimini mustaxkam bо‘lishida aloxida axamiyatga ega 
ekanligini isbotlab berdi. J.Tolipova darslarni xilma xillashtirish, noan’anaviy 
darslar (seminar, konferensiya, muammoli munozarali) о‘tkazish о‘quvchilarning 
bilish faoliyatini faollashtirishda, mustaqilligini rivojlantirishda, puxta bilim 
egallashlarida katta rol о‘ynashini kо‘rsatib berdi. Maktabdagi bilimlar 
tushunchalardan tashkil topgan. 1950 yillardan boshlab N.M.Verzilin boshli bir 
guruh rus metodistlari xususiy biologik tushunchalarni tadqiq qildilar. Ulardan 
farqli ravishda 1970 yildan boshlab A.T.G‘ofurov umumbiologik tushunchalarni, 
xususan, “xujayra”,”moddalar va energiya almashinuvi”, “irsiyat va 
о‘zgaruvchanlik”, “organik olam evolyusiyasi” kabi tushunchalarni о‘quvchilar 
qanday о‘zlashtirishi haqida kuzatish, tajriba ishlarini olib bordi va bu soxada 
“umumiy biologik tushunchalarni shakllantirish” degan mavzuda о‘quv metodik 
qо‘llanma yaratdi. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi о‘quv fani bо‘yicha 
laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish tо‘g‘risida A.M.Qodirovning о‘quv 
qо‘llanmasi maktablar hayotida keng qо‘llanilmoda. Mahalliy materiallarga 
asoslangan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni qanday shaklda mazmunda 
о‘tkazish kerakligi A.T.G‘ofurov, S.K.Xabirovalarning qо‘llanmasida yoritilgan. 
qо‘llanmada ayrim о‘quvchilar, о‘quvchilar guruxi hamda ommaviy ravishda 
tashkil etiladigan sinfdan tasharqi mashg‘ulotlarning xillari, ularning mazmuni va 
о‘zaro bog‘liqligi maktablarda о‘tkazilgan pedagogik tajribalar asosida ochib 
berilgan. Keyingi paytlarda ekologik muvozanatning buzilishi oqibatida suv, havo, 
tuproq turli chiqindilar bilan ifloslanishi ortib bormoda. Bu esa о‘z navbatida 


17 
о‘simliklar va hayvonotlar, odamlar hayotiga xavf solmoqda. Shu о‘rinda 
maktablarda olib boriladigan ekologik ta’lim-tarbiyaga nixoyatda ahamiyat berish 
zarurligini kо‘rsatadi. Mazkur masalaning dolzarbligini e’tiborga olib 
A.T.G‘ofurov, O.N.Nosirov maktablarda О‘qituvchilar bilan hamkorlikda 
о‘tkazilgan tajribalarga asoslanib 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə