Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə45/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

KORRЕKSION TADBIRLAR
Oʻzini anglash, prognoz qilish hamda qiyinchiliklarni yengib oʻtish qobiliyatini rivojlantirish
Chigal zanjirlar” mashqi
Maqsad. Guruhga tegishli boʻlgan buyumlarni va guruhda qabul qilingan qarorlarni qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish
Mazmuni. Ishtirokchilar aylana shaklida koʻzlarini yumgan holda oʻng qoʻllarini oldinga koʻtarib tik turadilar. Boshlovchining buyrugʻi bilan hamma oʻng qoʻlini harakatga keltirib, aylana markazi tomon harakat qiladilar. Bir-birlariga urilib ketgan paytlarida qoʻllari oʻzaro chirmashib qoladi. Keyin ishtirokchilar chap qoʻllarini choʻzib sheriklarini qidirishga tushadilar. Boshlovchi har bir ishtirokchi ikkita qatnashuvchining qoʻllarini ushlab turganliklarini nazorat qiladi. Ishtirokchilar qoʻllarini qoʻyib yubormasdan koʻzlarini ochadilar. Natijada quyidagi holatlarni kuzatish mumkin: aylana, bir nechta aylana va ikki kishi juftligi.
Mashq oxirida ishtirokchilar qoʻllarining chigalini qanday yechganliklarini aytib beradilar: sinov xa xato usuli bilan, harakatlar natijasini oldindan aytib berishga harakat qildilar, tugunni yechishda bir kishining fikri inobatga olindimi yoki birgalikda harakat qilishdimi?
Boshlovchi uchun eslatma. Ishtirokchilar bir-birlariga ozor bermaslik haqida ogohlantirilishi kerak.
Doʻkon” mashqi
Maqsad. Tanlovni amalga oshirishda xilma-xillikdan foydalanish
Mazmuni. Ishtirokchilarga stol ustida turgan turli xil buyumlar taklif qilinadi. (bular kichik oʻyinchoqlar, oʻquv qurollari boʻlishi mumkin) Har bir ishtirokchi doʻkonga kelib oʻziga yoqqan buyumlarni tanlaydi. Tanlov soʻnggida har bir ishtirokchi nima sababdan bu predmetni tanlaganini izohlaydi. Qaysi bir qiyinroq: tanlashmi yoki izohlash. Tanlovda ishtirokchilar nimaga ahamiyat berishdi: tanlangan buyum shunchaki yoqqani uchunmi yoki uning foydali xususiyatlari uchunmi?
Boshlovchi uchun eslatma. Ikkita ishtirokchi aynan bir xil buyumni tanlagan boʻlishlari mumkin, bahslashmasdan har kim shu buyumni nima uchun tanlaganini gapirib bersin.
Mening tanlovim” mashqi

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə