O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə22/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

O’quvchilar bilimini baholash. O’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash og’zaki, yozma va test nazorati shaklida bo’lishi mumkin. Nazorat qilish turlarining afzalliklari va kamchiliklari quyidagi jadval orqali ko’rishimiz mumkin.

Og’zaki, yozma va test vositasida nazorat qilish turlarining afzalliklari hamda kamchiliklari


Nazo-rat usuli


Afzalliklari


Kamchiliklari

Og’zaki

Tashkiliy jihatdan oson va oddiy.
Pedagog bilan talabaning o’zaro munosabati, muloqati.
Talaba javobini o’zi loyihalashtirgani uchun bilim doirasini kengroq aniqlash imkoniyati bo’ladi:

o’z fikrini faktlar, misollar asosida isbotlash, zarur hollarda himoya qilish, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish.


Ta`lim dasturiga (standartga) nisbatan tanlab olish xususiyatiga ega bo’ladi.


Og’zaki sinov uchun ko’p vaqt sarflanishi.
Bahoning ma`lum ma`noda sub`ektivligi.
Ishonchlilik darajasining pastligi.
Bahoning umumiyligi, ya`ni javob uchun yagona baho qo’yiladi.

Yozma nazorat


Mustaqil yozma ish ijodiy qobiliyatlarni eng yuqori darajada rivojlantiradi.


O’quv materiallarining o’zlashtirilish darajasi yozma ravishda hujjat asosida aniqlanadi.
Yozma ish mezonlari aniq bo’lsa, bahoning xolisligi oshadi.
Ma`lum sharoitlarda yozma ishlarning ishonchliligi oshadi.
Talabaga o’z fikrini yozma bayon qilish malakasini oshirish imkonini beradi.
Tashqi yozma nazoratda xolisona baholash darajasi ancha yuqori bo’ladi.


Yozma ishlarni tekshirish uchun o’qituvchilarning ko’p vaqt sarflashi.


Kompyuterdan foydalanish qiyin bo’ladi.


Pedagogik test sinovlari


Xolisona pedagogik baholash vositasidir. Natija test o’tkazgan shaxsga bog’liq bo’lmaydi.


Keng qamrovli bo’lib, katta hajmdagi o’kuv materialini umumiy ravishda nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Kompyuterlar vositasida yaxshi avtomatlashtiriladi.
Test natijasini komp`yuterga hisoblash moslamasi yordamida kiritish va ularni qayta ishlash.
Kompyuterli moslama test tizimlaridan foydalanish imkoni mavjud, bunda har bir keyingi topshiriq oldingi topshiriqning bajarilishiga ko’ra beriladi. Bu pedagogik baholash aniqligini oshiradi.

O’qituvchi bilan talaba o’rtasida jonli muloqat bo’lmaydi, talaba o’z fikrini og’zaki bayon qilish malakasini egallash imkoniga ega bo’lmaydi.


Dasturdan tashqari bo’lgan bilim va qo’nikmalarni namoyish etish imkoni yo’q.
Sifatli test tuzish ancha murakkab ishdir.

Bundan kelib chiqadiki, o’quv jarayonida og’zaki sinov, yozma ishlar va pedagogik test sinovlari o’zaro uyg’unlashtirilgan holda qo’llanilsa natija samaraliroq bo’ladi.


Test topshiriqlari mazmuniga ko’ra yopiq, ochiq, muvofiqlikni aniqlashga doir va davomiylikni to’gri belgilashga oid testlarga bo’linadi.

Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə