O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati

MAVZU:«FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINI MUHOFAZALASH »

Yüklə 5,01 Mb.
səhifə4/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36

MAVZU:«FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINI MUHOFAZALASH »

Mavzuning o`quv maqsadi: I. Talabalarga favqulotda vaziyatlarda aholini

himoyalash usullari va vositalari haqida

tushuncha berish.

II. Talabalarni himoya vositalaridan foydalanishga

o`rgatish.

Darsni o`tish joyi - Jihozlangan auditoriya va himoya inshootlari

Darsni o`tish usuli - Amaliy mashg`ulot (tushuntirish, suhbat, mashq bajarish)

Innovatsion texnologiya usuli -“Aylana stol”

Aylana stol” usuli

Ushbu usul talabalarning joriy bilimlarini baxolash bilan birga mavzuni mustahkamlash uchun ham qo`llaniladi. Guruh 2 tadan kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir kichik guruhga oq qog`ozga savol beriladi va 1-2 minut ichida javob variantlari yozilishi kerak bo`ladi. So`ngra qog`oz varaqasi olinadi. Shunday qilib, har bir kichik guruhga o`qituvchi tomonidan bittadan savol berib, uni stol bo`ylab aylantiradi. 6 ta kichik guruhga 6 ta savol beriladi. Agar 6 ta savolga to`g`ri javob berilsa, <<5>> baho, 5 ta savolga to`g`ri javob berilsa <<4>> baho, 4 ta savolga javob berilsa <<3>> baho qo`yiladi.

Savol:himoya vositalari sinflanishi.

Javob: shaxsiy, umumiy, tibbiy

Savol:shaxsiy himoya vositalari guruhlari.

Javob:filtrlovchi gaz niqob, ajratuvchi, respiratorlar, bolalar aravachasi.

Savol:filtrovchi gaz niqoblarning qismlari

Javob: rezina shlem, gofrirlangan nay, yutuvchi quti, хalta.

Savol: ajratuvchi gaz niqobining ishlatilishi.

Javob: radiaktiv, bacterial va kimyoviy moddalar qonsentratsiyasi yuqori bo`lganda va kislorod miqdori kamayganda.

Savol:respiratorlar qachon ishlatiladi.

Javob:bacterial aerazollar va changlar bilan zararlanganda.

Darsning moddiy ta`minlanishi:

1. Himoya vositajari plakatlari -1dona

2. Multimedialar

3. SHaxsiy himoya vositalari - GP-5, GP-7 - 12dona

4. Himoya kostyumlari - 1 dona

5. AI-2, IPP, IPXP-3dona

O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A. Karimovning «O`zbеkiston XXI asr bo`sag`asida xavfsizlik va barqarorlik kafolatlari» asarida shunday masala qo`yadi: Xavfsizlikni ta'minlash barqarorlik kafolatlari, davlatni progrеssiv rivojlanishini nima hisobidan ta'minlash mumkin. Bu oddiy samimiy so`zlar tagida xavfsizlik, barqarorlik, turg`un tinch hayot kafolatlari yotishini barchamiz ongli tarzda tushunib еtishimiz darkor. Bu so`zlar tagida xavfsizlik masalasi bilan xaql tinchligi, osoyishtaligi bilan barcha davlat tashkilotlari doimo shug`ullanishlari zarur, aks holda xavfsizliksiz rivojlanish haqida so`z yuritish mumkin emas. Eng avvalo xaql tinchligi, yurt osoyishtaligi, chеgaramiz mustaxhkamligi barchamizni tinch, osoyishta yashashimizga imqon byera oladi. O`zbеkiston davlati – bu masalada alohida e'tibor qaratadi va shunday bo`lmoqda ham.

Fuqarolar muhofazasi umumdavlat himoyasi tizimining bir bo'lagi bo'lib, u aholining sihat-salomatligini saqlash yo'lida bajariladigan barcha ishlarni amalga oshiradi. Uning faoliyati, nafaqat urush davrida, balki tinchlik paytlarida ham davom etadi.

Fuqarolar muhofazasining vazifalari 10 dan ortiq bo' lib, asosan 3 yo'nalishda olib boriladi:

  1. aholini qirg'in qurollari, oddiy yoki hozirgi zamon hujum qurollaridan hamda tabiiy ofatlardan himoya qilish;

  2. aholi hayot jarayoni uchun kerak bo'lgan barcha narsalarni -xaql iste'moli mollarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining muntazamJigini ta'minlash;

  3. shikast topgan joylarda qutqaruv, kechiktirib bo'lmaydigan, avariya - talafot - ta'mirlash ishlarini amalga oshirish.

Sanab o'tilgan vazifa yo'nalishlarini quyidagi tarkiblarga ajratish mumkin:

  • aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki ayni harakatlar oqibatida yo`zaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o'rgatish;

  • inshootlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yo`zaga kelib chiqadigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;

  • boshqaruv, ogohlantirish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, takomillashtirish, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalami kiritish va muqim shay holatda tayyor turish;

  • xaql iste'moli mahsulotlarini ishlab chiqaradigan va boshqa turdagi narsalarni tayyorlaydigan inshootlarning to'xtamay ishlashini ta'minlash nuqtayi nazaridan chora va tadbirlar majmuasini ishlab chiqib, amalga oshirish;

  • imorat va inshootlarni loyihalashda QMQ 2.01.03.96 -«Zilzilaviy hududlarda imorat va inshootlar qurilishi aholini, moddiy, madaniy va ma'naviy boyliklarni xavfsiz manzillarga ko'chirish;

  • fuqarolar muhofazasi harbiy va noharbiy tuzilmalarining kuchlari va vositalarini tayyor holatga keltirish;

  • aholini shaxsiy va jamoa himoyalanish vositalari bilan ta'minlash tadbirlarini o'tqazish;

  • aholini harbiy harakatlar olib borish jarayonidagi yoki ayni harakatlar natijasidagi hayotiy faoliyatini ta'minlash;

  • radiatsiyaviy, kimyoviy va bakteriologik holatlarni nazorat qilish va tahlil amallarini olib borish;

  • qutqaruv va boshqa kechiktrrib bo'lmaydigan ishlarni bajarish;

  • harbiy harakatlar jarayonida yoki shu harakatlar natijasida shikast topgan hududlarda jamoa tartibini boshidan saqlash va yuqori darajada bo'lishini ta'minlash;

  • aholini va hududlarni muhofaza qilish yo`zasidan vaziyat va sharoitga ko'ra qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki daqiqalardan boshlab, odamlar manfaatlari, ularning qadr-qimmati, sihat-salomatligi me'yor darajasida bo'Iishi uchun qilinadigan barcha xatti-harakatlar ustuvorligi bilan ajralib turadi. Mazkur maqsadga erishish, ayniqsa favquloddagi vaziyatlar sodir bo'lganida katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini, O'zbekiston Respublikasi Qomusi -Qonstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti farmonlari, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, favqulodda vaziyatlar va muhofazaa vazirlarining ko'rsatmalari hamda buyruqlari tashkil qiladi.

Hozirgi paytda, O'zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarga oid bo'lgan 29 ta hujjat qabul qilingan bo'lib, ulardan 4 tasi Prezident Farmoni, 9 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 8 tasi O'zbekiston Respublikasi qonunlari va 1 tasi qoidalarga oiddir (1,2-plakatlar), 7 ta davlat standartlari qabul qilingan.

Mazkur hujjatlarning dastlabkisi, «Fuqaro muhofazasining muhandislik-texnik tadbirlari, qurilish me'yorlari va qoidalari (MTT QM va Q FM-93, 1993-yil) ishlab chiqilgan. Uning asosida tinchlik » hamda QMQ 2.01.09.97 «Qo'shimcha ishlov hududlarida va cho'kadigan yerlarda imoratlar va inshootlar qurilishi» talablari yaratilib, ularga rioya qilish talab qilinadi.

Ushbu yo'nalishdagi barcha sa'y harakatlarning yuqori darajada rivoj topishiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi 1378 sonli Farmoni alohida quvvat bo'ldi. Unga ko'ra, Respublikamizda ilk marta Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil qilinib, ushbu farmonga 1998-yil 11-dekabrida PF-2153 Farmoni bilan. aholi va xaql xo'jaligi inshootlarini muhofaza etishni ta'minlash mas'uliyati Bosh vazirning 1-o'rinbosariga yuklatildi.

Bundan tashqari yana 2 ta farmon qabul qilingan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. «Sanitariya qonunlarini bo`zganlik uchun javobgarlikni oshirish», 02.03.1998-y.;

  2. «0'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligini isloh qilish Davlat dasturi to'g'risida», 10.10.1998-y.

Keyingi farmonlar ham fuqarolar muhofazasi masalalari yechilishini osonlashtirdi.

Fuqarolar muhofazasiga taalluqli bo'lgan Vazirlar Mahkamasining 9 ta qarorlari qabul qilindi. Bularga quyidagilar kiradi:

  1. «Toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko'chki hodisalari bilan bog'liq bo'lgan holatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida», 12.04.1994-y. - 201 -sonli;

  2. «0'zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida», 11.04.1996-y. - 143-sonli;

  3. O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to'g'risida», 28.12.1997-y. -558-sonli;

  4. «0'zbckiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to'g'risida», 7.10.1998-y. -427-sonli.

5) «Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda
vaziyatlarning tasnifi to'g'risida», 27.10.1998-y. - 455-sonli;

  1. «Toshqin va sel oqimlari, ko'chki hodisalarining oldini olish, ularning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari to'g'risida», 16.03.2001-y. - 132-sonli;

  2. «Toshqin va sel oqimlari, ko'chki hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini tugatishga doir kechiktirib bo'lmayligan chora-tadbirlar to'g'risida», 26.03.2002-y. - 96 b;

8) «Toshqin va sel oqimlari, ko'chki hodisalarining oldini olish va
ularning oqibatlarini tugatishga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-
tadbirlar to'g'risida», 07.03.2003-y. -124-sonli;

9) «Ommaviy tadbirlarni o'tqazish qoidalarini tasdiqlash

to'g'risida», 13.01.2003-y. - 15-sonli.

Fuqarolar muhofazasi faoliyatining. boshqaruv qonunlari 8 ta bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

1) «Yoi harakati xavfsizligi to'g'risida» 19.08.1999-y.;

2) «Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining

(OITS kasalligining) oldini olish to'g'risida», 19.08.1999-y.;

3) «Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi to'g'risida», 20.08.1999-y.;

4) «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida», 20.08.1999-y.;

  1. «Fuqaro muhofazasi to'g'risida», 26.05.2000-y.;

  2. «Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida», 31.08.2000-y.;

7) «Qishloq xo'jaligi o'simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va
begona o'tlardan himoya qilish to'g'risida», 31.08.2000-y.;

8) «Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida», 15.12.2000-y.

Keltirilgan Qurilish - muhandislik qoidalari (QMQ), Prezident

Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va O'zbekiston Respublikasining qonunlari shundan darak beradiki, O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan beri o'tgan qisqa vaqt - 15 yil mobaynida, fuqarolar muhofazasi masalalariga katta e'tibor berilganini ko'rsatadi. Buning tasdig'ini Davlat standartlari orqali ham aniqlash mumkin (2-jadval).

O'zbekiston Respublikasining fuqarolar muhofazasiga oid hujjafiar orasida, «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish» va «Fuqarolar muhofazasi» to'g'risidagi 2 ta qonunlar zamon talablariga javoban bo'lgan, ilk qadamlardan bo'lib hisoblanadi.

«Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi qonuni 5 bo'lim va 27 moddani o'z ichiga olib, asosan favquloddagi vaziyatlarning turli qirralarini oydinlashtirishga mo'ljallangan. Unda aytilishicha. ushbu qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yo'nalishlaridagi ijtimoiy munosabatlami tartibga solib, bunday voqealarning ro'y berishi va rivoj topishining oldini olish, vujudga kelgan oqibatlarni bartaraf etishni o'zining asosiy maqsadi deb biladi, shuningdek qonunda kerakli tushunchalarga izoh berilib, ular mohiyati oydinlashtirilgan.

  • davrida imorat va inshootlarni loyihalashda QMQ 2.01.03.96 -«Zilzilaviy hududlarda imorat va inshootlar qurilishi aholini, moddiy, madaniy va ma'naviy boyliklarni xavfsiz manzillarga ko'chirish;

Ommaviy qirg'in qurollari ulkan darajadagi shikastlash imqoniyatlariga ega. Shu boisdan ham aholini ishonchli ravishda mamlakatning barcha hududlarida himoya qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday qurollar qo'llanilgan taqdirda xaql xo'jaligining barcha tarmoqlari ishini barqarorlashtirish lozim.

Himoyalanishning asosiy prinsiplari bo'lib, quyidagi amallarni bajarish xizmat qiladi:

fuqarolar muhofazasi tomonidan himoya qilish tadbirlarini oldindan belgilash va uni mamlakat miqyosida amalga oshirish;

olib boriladigan tadbirlarni aniqlash, ular hajmi va amalga oshirish muddatlarini belgilash vaqtida ajriy tarzda (differensiya) yondashish shart;

aholini ishonchli ravishda himoyalash va xaql xo'jaligi tarmoqlari ishining barqarorligini ta'minlash maqsadida fuqarolar muhofazasi tadbirlarini bir butun holda amalga oshirish.

Tadbirlarni oldindan tayyorlab qo'yish jarayoni quyidagilardan iborat bo'Iishi mumkin:

1) tinchlik davrida berkinchoqlar turiga o'xshash himoya qilish qurilmalar jamg'armasini ko'paytirish; 2) ularni muntazam ravishda ishlashi uchun shay holga keltirish; 3) aholini ko'chirish yumushlarini o'z vaqtida o'tqazish; 4) ishchilar va xizmatchilarni tarqoq holda joylashtirish; 5) shaxsiy himoya vositalari sonini ko'paytirish va sifatini yaxshilash.

Sanab o'tilgan prinsiplarni amalga oshirish aholini qirg'in qurollarining salbiy ta'siridan samarali ravishda himoya qilish uchun asos bo'ladi.

Bajariladigan amallarga ajrim nuqtayi nazardan yondashish deganda. himoya qilish tadbirlarining tavsifi va hajmi mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va muhofazaa masalalari va shaharlar. inshootlar. xaql xo'jaligi tarmoqlarining ahamiyati hamda mahalliy shart-sharoillaiga asosan belgilanishi tushuniladi.

Fuqarolar muhofazasi tadbirlarining bir butunligi ommaviy qirg'in qurollarining salbiy ta'siridan himoyalanish usullari va vositalarini samarali ravishda qoilashni va fuqarolar muhofazasi olib boradigan barcha tadbirlar bilan uyg'unlashgan bo'lishini o'z ichiga oladi.

Tinchlik davrida aholini ommaviy qirg'in qurollari ta'siridan himoyalash tadbirlari orasida alohida ahamiyatlilari quyidagilardan iborat:

-ogohlantirishning ishonchli tizimini tashkil qilish;

-himoya qurilmalari jamg'armalarini ko'paytirish;

-aholini ko'chirish (evakuatsiya) amallarini rejalashtirish va ularni hayotga tatbiq etish;

-shahardan tashqaridagi hududlarni ko'chirilgan aholini qabul qilish va joylashtirishga tayyorlash;

-aholini shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash:

-aholini yoppasiga ommaviy qirg'in qurollaridan himoyalanish usullariga majburan o'qitish;

-oziq-ovqatlarni, suv havzalarini radiofaol, kimyoviy zaharlovchi va bakteriologik (biologik) qirg'in qurollari bilan zararlanishidan himoyalanishini tashkil etish;

-radiatsion, kimyoviy va bakteriologik (biologik) nazorat ishlarini, ayg'oqchilik hamda tahliliy nazoratlarni amalga oshirish.

-muntazam, doimiy ravishdagi radiatsiyaviy, kimyoviy nazoratni, ayg'oqchilik va tahliliy nazoratlarini tashkil etish, aholini o'z vaqtida ogohlantirish maqsadida as qotishi mumkin bo'lgan zaruriy shartlardan deb hisoblanadi.

Dushman hujumi xavfi haqida e'lon qilingan taqdirda aholi tomonidan quyidagi amallar bajarilishi lozim:

-aholini ko'chirish (evakuatsiya) va ularni turar joylar bo'yicha tarqoqlashtirish va ishlash haqida e'lon qilingunicha yorug'likni pinhonlashtirish tartibi bilan ta'minlash;

-shahar, tumanlarning ommaviy axborot vositalarini (radio, oynai jahon va h.k.) muntazam va doimiy ravishda ishlab turishini nazorat qilish;

-aholini ko'chirishga, shahardan tashqari hududlarga va tarqoqlashtirishga tayyorlash;

-dushmanning to'satdan hujum qilib qolishi ehtimoli nuqtayi nazaridan, berkinmachoqlarni qayerga joylashganligiga yana bir bor aniqlik kiritish, qishloq joylarida esa, yadroviy ta'sirga qarshi berkinmachoqlarni yaratish ishlarini boshlab yuborish;`

shaxsiy himoya vositalarini,'shu jumladan tibbiy himoya narsalarini qabul qilish va ularni shay holatga keltirish;

-ishlab chiqarish jarayonlarini muntazam ravishda davom ettirish.
Aholini ko'chirish (evakuatsiya) va tarqoq holda joylashtirish haqida e'lon qilinganda quyidagi ishlar bajariladi:

-ishlab chiqarish jarayoniga korxonaning rahbariyati tomonidan berilgan ko'rsatmaga asosan barham beriladi.Keyinchalik inshootning fuqarolar muhofazasi bo'limi ko'rsatmalariga binoan harakat qilinadi. Mazkur inshootga (korxona. muassasa) biriktirilgan yig'ilish maskanlari tomon. keyinchalik shahardan tashqariga chiqib ketish maqsadida harakat qilinadi. Urush vaqtlarida fuqarolar muhofazasi xizmati. dushmanning hujumi oqibatida vujudga kelgan tibbiy asoratlarga barham berishga qaratiladi (davolash-ko'chirish amallarini bajarish va h.k.). Zararlangan joylar vujudga kelganida fuqarolar muhofazasi shtablari tomonidan inshootlar faoliyatini davom ettirish va aholini himoya qilish maqsadida ma'Ium tartib o'rnatiladi. Dushman tomonidan yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) ommaviy qirg'in qurollarini qo'llash natijasida vujudga keladigan radiofaol, kimyoviy va bakteriologik (biologik) joylarda bo'lgan yoki bu yerlarda ma'Ium vazifalarni bajarayotgan aholi va tuzilmalar orasida yo'qotishlar kelib chiqishi mumkin.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə