O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi modul-kredit tizimi



Yüklə 7,92 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü7,92 Kb.
#181821
3 MARUZA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA TILLAR KAFEDRASI MODUL-KREDIT TIZIMI

MA’RUZACHI: Nurbayeva X.B.

Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, c hunki u t a'lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.

  • Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, c hunki u t a'lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
  • An'anaviy ta'limda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya'ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli o‘qitishda ta'lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:

•o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;

•o‘qitishni individuallashtirish;

•o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun etarli sharoit yaratish;

•o‘qitishni jadallashtirish;

•fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.


Modulli ta’limda kredit tizimi
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimi oldidagi eng asosiy vazifa malakali mutaxassisni tayyorlash. Bunday mutaxassisni tayyorlash uchun, albatta, unga nisbatan surilayotgan talablar tizimini aniqlab olish kerak. Ushbu savolga javob qidirib, quyidagi to‘rt yo‘nalishdagi talablar tizimiga duch keldik:
1. O‘z sohasi bo‘yicha zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
2. Sohaga oid mavjud bilimlarini doimiy ravishda mustaqil oshirib borish, ya’ni mustaqil ta’limga tayyor bo‘lish.
3. Sohaga innovatsiyalar kiritish uchun mustaqil izlanish va ijod
qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
4. O‘z vaqtini rejalashtirish, boshqarish va o‘z faoliyatini tashkil
etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Modulli yondashuv erishilgan natijani izchil nazorat qilib borishga asoslangan. Natijada modul-kredit tizimi vujudga kelgan.
Kredit – (zachet birligiga aylanuchi Yevropa tizimi (ECTS) (European Credit Transfer and Accumulating System)) kredit jamlash tizimidir. Ushbu tizim Yevropa universitetlarida 1989 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlardan muvafaqqiyatli o‘tdi va qabul qilindi. U tinglovchining umumiy yuklamasiga asoslanadi.
Kredit tizimini kiritishdan maqsad ta’limning shaffofligini va akademik bilimlarni hamda kvalifikatsiyani tan olishni osonlashtirish bo‘lib hisoblanadi.
Dastlab kredit chetdan kelib o‘qiyotgan tinglovchilar uchun ishlatilgan va unga ishonch bildirilgan. Oliy ta’lim muassasalari uchun yagona kreditlarni o‘rnatilishi esa tinglovchilarning mobilligini ta’minlashga yordam berdi. Bugungi kunda yevropa kredit tizimi Yevropaning deyarli barcha davlatlarida tan olingan va amal qiluvchi tizimdir. Tinglovchi o‘rnatilgan kredit ballarini to‘plagan taqdirdagina diplom olishga muvaffaq bo‘ladi.
Dunyoning oliy ta’lim tizimida kredit tizimining bir necha turi mavjud.Yuqorida aytib o‘tilgan ECTS bilan bir qatorda,
USCS -Amerikaning kredit tizimi,
UCTS - Britaniyaning kredit tizimi,
CATS - Osiyo davlatlari va tinch okeandagi davlatlarning kredit tizimlari mavjud.
Yevropa kredit tizimining asosini uch unsur tashkil etadi:
• O‘quv dasturlari haqida axborot, tinglovchining erishgan natijalari va tinglovchi faoliyatining hajmi. Har bir o‘quv yili 60 qismga bo‘linadi va zachyot birligi hisoblanadi. Bir haftalik yuklama 54 soatdan oshmasligi kerak, 54 soat 1,5 kreditga teng. O‘quv yilining davomiyligi Evropada o‘rtacha 40 xafta. Ammo Evropaning turli davlatlarida o‘quv yilining davomiyligi turlicha bo‘lishi ma’lum darajada muammolarni keltirib chiqaradi.
• Kredit tizimi barcha o‘qitish shakllarini nazoratini o‘z ichiga oladi (auditoriya va auditoriyadan tashqari).
• Kredit tizimi ta’lim jarayonida o‘qilgan soatlar miqdorini emas,
balki erishilgan natijani ko‘rsatib beruvchi o‘lchov birligidir. Ya’ni mutaxassisni kompetentlik darajasiga baho beruvchi natijaga qaratilgan o‘lchov birligidir.
Demak, kredit nafaqat o‘quv faoliyatiga berilgan baho, balki, bajarilgan o‘quv yuklamasini ko‘rsatib turuvchi birlikdir.
Bir kredit 36 akademik soatga teng (54 akademik soat 1,5 kreditni tashkil etadi).
Har bir o‘quv moduli 1 yoki 1,5 kreditga mo‘ljallanadi va, odatda, uning soni uchtadan oshmasligi lozim.
Yevropa kredit tizimida birinchi bosqichda (bakalavriat) tinglovchi 180 kreditdan 240 kreditgacha to‘plashi mumkin.
Ikkinchi bosqichda (Magistr) 90-120 gacha kredit yig‘ish imkoniga ega.
O‘quv jarayonini tashkil etishning ESTS kredit texnologiyasiga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
• xorijda o‘qishni davom ettirish uchun oliy o‘quv yurtini tanlashda shart-sharoit yaratish;
• O‘zbekistonda ta’lim olgan muddatni xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash;
• Evropa oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalarini o‘rganish va shu asosida o‘quv jarayonini takomillashtirish;
• tinglovchilar qobiliyatini to‘laroq ochilishiga va o‘qitishning yuqori natijalariga erishish.
Kreditlarni taqsimlash va ESTS o‘quv rejalariga o‘tish metodikasi
Davlat ta’lim standartlariga tayanib tuzilgan o‘quv rejasi o‘quv jarayonini tashkil etishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv faoliyati turlari bo‘yicha mehnat sarflari aniqlanadi.
Kreditlarni hisoblash va ularni o‘quv faoliyatlari turlari, bloklar va alohida fanlar bo‘yicha taqsimlashda o‘tish koeffitsientini (Ko‘tish) aniqlash zarur Ko‘tish = 240:8262-0,029
Bu yerda: 240 – bakalavriatning ESTS bo‘yicha umumiy mehnat sarflari yig‘indisi, soat.Kreditlar soni mehnat sarfini o‘tish koeffitsientiga (0,029) ko‘paytirib boriladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 7,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə