40
11. O`zbekiston florasi qaysi olim rahbarligida yaratilgan ? A. I.
Vvedenskiy.
12. O`zbekiston florasida qancha o`simlik turi haqida to`liq ma`lumot
berilgan ? 138 oilaga oid 4230 ta.
13. 10 jildli O`rta Osiyo o`simliklar aniqlagichi nechanchi yillarda
yaratildi.? 1963-1993 yillarda.
14. O`rta Osiyo o`simliklari aniqlagichi qancha o`simlik turini o`z
ichiga oladi.? Tabiiy holda o`sadigan 125 oila, 1151 turkumga
mansub 8094 turni.
15. Vatanimizdagi o`simliklar dunyosini aks ettiruvchi monografiya ?
O`zbekistonda o`simliklar qoplami.
16. O`zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga hissa qo`shgan
akademiklar ?
Q. Z. Zokirov, Y.P. Korovin, A. M. Muzaffarov, J. K. Saidov.
17. O`zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga hissa qo`shgan
professorlardan ?
M. G. Popov, I. I. Granitov, M. M. Orifxonova, A. U. Usmonov,
S. S. Sahobiddinov, P. Q. Zokirov.
18. O`zbekistonda qadimgi geologik davrlarda o`sib so`ng toshga
aylangan o`simliklarning yog`ochi, meva, urug` va changlari asosida
nashr etilgan asar ? ’’O`zbekiston paleobotanikasi’’
19. F.N.Rusanov nomidagi botanika bog`ida chet ellardan turli yo`llar
bilan olib kelingan bir necha ming tur o`simlikning O`zbekiston
sharoitida o`sishi va moslashishiga oid ilmiy ishlar haqida ma`lumot
beradigan asar ? ’’O`zbekiston dendrologiyasi’’
20. 2010 yilda chop etilgan O`zbekiston Respublikasining ’’Qizil
Kitob’’iga nechta o`simlik kiritilgan ? 322 ta.
21. O`rta Osiyo, shu jumladan, hozirgi O`zbekiston o`simliklariga oid
ma`lumotlarni bundan bir necha yuz yillar
ilgari yashagan qaysi
olimlar asarlarida uchratamiz ?
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg`ariy.
22. O`rta Osiyo, shu jumladan, hozirgi O`zbekiston o`simliklariga oid
ma`lumotlarni qaysi asarlarda uchratamiz ?
‘’Kitob as-Saydana fit-tibb’’, Kitob al-qonun fit - tibb’’, ‘’Kitob ush-
shifo’’, ‘’Devonu lug`atit turk’’, Turkiston florasi, O`zbekiston florasi,
O`rta Osiyo o`simliklar
aniqlagichi, O`zbekiston paleobotanikasi,
Cho`l osimliklari ekologiyasi, O`zbekiston dendrologiyasi