Badiiy gimnastikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 108,22 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü108,22 Kb.
#181289
  1   2   3   4   5   6
Badiiy gimnastikaning rivojlanish tarixi-fayllar.org (3)

BADIIY GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI




REJA:

  1. Kirish.

  2. Badiiy gimnastika tarixi

  3. Badiiy gimnastika elementlarini paydo bo`lish tarixi

  4. Badiiy gimnastika dasturi va musobaqa qoidalarini uzluksiz takomillashuvi

  5. Xalqaro maydondalarda O`zbekiston badiiy gimnastikachi qizlarimizning o`rni

  6. O`zbekistonda badiiy gimnastikaning rivojlanishi.

O‘zbekiston hududidagi turli joylarda (Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlarida) topilgan quyi paleolit davriga mansub tosh qurollar, o‘sha zamon kishilarining manzilgohlari, dehqonchilik madaniyati, irrigatsiya qurilishi, chorvachilik izlari, eramizdan oldingi ikkinchi ming yillikning oxirlari va birinchi ming yillikning boshlariga mansub bronzadan ishlangan buyumlar, qurollar va hokazolar ana shundan daololat beradi.

O‘zbeklarning qadimgi ajdodlari o‘z yuksak ajdodlari o‘z yuksak madaniyatini vujudga keltirguncha og‘ir yo‘lni bosib o‘tishda zo‘r jasorat ko‘rsatganlar, tabiat bilan kurashga bardosh bera olganlar. Bu esa xalqdan jismoniy baquvvat bo‘lishni talab qilar edi. O‘zbekiston zaminida ilgari yashagan xalqlar hayotiga tasodifan kirib qolgan emas, ularning ko‘p asrlik tarixi bor.

IX-XI asrlarda (Somoniylar hukmronlik qilgan darvda) O‘rta Osiyo xalqlari hayotida fan, madaniyat va san‘at ancha ravnaq topgan bu davrda o‘zbek xalqi dunyoga bir qator atoqli olimlar etkazib beradi. Bu haqida M.Musaevning ―O‘zbekiston SSR‖ kitobida R.Ismoilov, Yu.Sholomskiyning ―O‘zbekiston fizkultura tarixi‖k itoblarida qator ma‘lumotlar berilgan.
Temuriylar hukmronligi davrida (1370-1570) o‘zbek feodal davlati hayotida harbiy san‘at hamda jismoniy mashqlarning xilma-xil turlari yanada rivoj topdi. Buni isbotlovchi dalillar I.R.Ismoilov, Yu.Sholomskiyning ―O‘zbekiston fizkultura tarixi‖asarlarida keng yoritib berilgan.

Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkiri A.Navoiyning ―Hamsa‖sida ham xuddi shunga o‘xshash jismoniy mashqlar ahamiyatini ko‘rsatib berilgan.

Har bir davlat, jamiyat jismoniy madaniyatniig umumiy tarixi bo‘yicha, aynan o‘ziga xos bo‘lgan an‘analarga egadir. Gimnastika bo‘lg‘usi sport turi sifatida o‘zgarib turgan turli tuzimlar sharoitidagi jismoniy tarbiyaning an‘anaviy va noan‘anaviy vositalari majmuiga aylangan edi.

O‘rta Osiyo hududida, jumladan O‘zbekistonda davolash, sog‘lomlashtirish, amaliy jismoniy madaniyatning elementlari va yo‘nalishlari ilmiy asoslanlangan tarixiy ildizlariga egadir (Alpomish, Ibn Sino, Amir Temur va boshqalar).

Mazkur ma‘lumotlar, qo‘llaniladigan vositalar, O‘zbekiston aholisi alohida guruhlarda jismoniy qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi va rivojlanishi haqida keng tasavvur beradi.

Ushbu sport turida jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchilarning katta guruhi murukkab mashqlar va qobiliyatlarni yuksak texnik darajada bajarishni qisqa vaqt ichida o‘rgana olar edilar.

Joylarda bolalar uchun sport maktablarining tashkil etilishi, gimnastikachilarning turli musobaqalardagi chiqishi, birinchi sport ustalarining eng yaxshi yutuqlari, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasida sportchilarning yangi mavqei, yuksak natijalarga erishgan gimnastikachilar mahorati, bularning barchasi shu ajoyib sport turi tarixini tashkil etadi. Jahonning taniqli sportchilari orasida O‘zbekiston gimnastikachilari qanday o‘ringa ega bo‘lishgan? Ular Respublika nufuzini ko‘tarishga qanday hissa qo‘shmoqda?

Mustaqillikka erishgach, respublika rahbariyati gimnastikachilarni jahonda davlatimiz nufuzini ko‘tarishga hamda ularning qo‘shayotgan hissalarini yuqori baholamoqda. Shuning uchun ham bizning gimnastikachilar haqidagi ma‘lumotlar yurtimizda sodir bo‘layotgan rasional o‘zgarishlarni yaqqol ko‘rsatib berdi. Fanning tarixiy qimmatini shu fan rivojlanish tarixi, o‘tmish xotiralari, xalq an‘analariga hurmat, ma‘naviy boylik, o‘quv mashg‘uloti uchun nazariya, talaba va tinglovchilarni o‘qitish uchun uslubiyat tashkil etadi.



Yüklə 108,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə