O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 267,98 Kb.
səhifə2/4
tarix30.04.2018
ölçüsü267,98 Kb.
#40398
1   2   3   4

Xomiladorlikning I va II yarmida vaginal kon ketishi. Yuldoshni oldinda yotishi. Kon ketishlarni ijtimoiy sabalarga boglikligi Tug`rukni III davrida va ilk chilla davrida vaginal kon ketishi (2soat).

Ma`ruza -xomiladorlikni 2-yarimidadagi kon ketishlar mavzusiga bag`ishlangan.Xomiladorlikni 2-yarimida kon ketishlarga olib keluvchi tez tez uchrovchi sabablar (Normal joylashgan yo’ldoshni barvakt ko’chishi va yo’ldoshni oldin kelishi) berilgan. Bu simtomlarni asoratlari tashxis metodlari birinchi yordam ko’rsatish xamda davolashni chora tadbirlari yoritilgan.Xomiladorlikda kon ketishni oldini olish choralari ko’rsatilgan. Ma`ruzada erta tug`rukdan keyin va yo’ldosh ajralish vaktida kon ketish sabablari,kon to’xtatish usullari bilan birgalikda namoyish etilgan.SHoshilinch yordam choralarini xar bir shifokor bilishi kerak chunki 10-20 minut davomida 2-3 litr kon yo’kotilishi xayot uchun xavflidir

A: O (asosiy)-1,3,5, D (ko’shimcha)-1,2,7.





  1. Tugrukdan kein septic kasalliklar (2soat).

Ma'ruzada tug'ruqdan keyingi davrdagi septik asoratlarni rivojlantirish, xavf omillari va asosiy patogenlar, tug'ruqdan keyingi septik asoratlarni tasniflash, klinik belgilari, tashxis, davolashning asosiy tamoyillari, va bu asoratlarning oldini olish bo’yicha zamonaviy bilimlar taqdim etilgan.

A: O (asosiy)-1,3,5, D (ko’shimcha)-1,2,7.




  1. Ginekologik kasalliklar umumiy simptomatologiyasi. Normal xayz funktsiyasi va uni buzilish turlari. Xayz tsikliga tashki muxit salbiy omillar ta`siri (2soat).

Ginekologiya-bu ayollar xakidagi fan bo’lib ayol organizimni narmal faoliyati xayoti davomida organizimda kechadigan kasalliklarni o’rganadi bu butun xayoti davomida sog`lom bo’lishi uchun kasalikni oldini olish bilan shug`ullanadi.

Xar kanday ginekologik patologiya juda o’xshash belgilarga ega shuning uchun ayol kaysi kasallik bilan u boshka kasallik bilan bog`lik bo’ladi. SHikoyati:ajratmalar,og`rik,kon ketish,ko’shni organlar faoliyati buzulishi,jinsiy faoliyatni funksiyasi buzulishi,tashki jinsiy organlarda kichish,bundan boshka shikoyatlar xam ko’p lekin ular asosiy xisoblanmaydi.

-Ajratmalar-bezlarni sifatiy mikdoriy sekretor funksiyasi buzilishi natijasida kelib chikadi.Bu ginekalogik kasaliklarda tez tez uchrab turuvchi simtomlardan xisoblanadi.

Og`rik- endogen va ekzogen omillarga asoslangan.Og`rik miya po’stlog`da xosil bo’lib periferiyaga tasirlashi bilan davom etadi.Aksariyat xollarda og`rik sanchuvchi,korin pastki kismida belda,(yallig`lanish jarayoni)kuzatiladi.

Utkir va xurujsimon og`riklar tuxumdon kistasini o’ralib kolishi tuxumdon nayini yorilishi,bachadondan tashkari xomiladorlikda kuzatiladi.

Abort vaktida bachadon perforatsiyasi piosalfenks yorilishida pirovarda kuzatiladi.

-Kon ketish.Kon ketishda genetal va ekstragenital ta`sirda yuzaga kelashi mumkin.

-Anamnez yig`ish:Bunga juda katta e`tibor berish kerak.CHunki masalan bachadondan tashkari xomildorlik.To’lik yig`ilmagan anamnezga bog`lik.Yig`sh davomida asosiy jarayonlar mensturatsiya,generativ,jinsiy,(seksual) va ayol organizimi xolatiga asoslangan

Anamnezni yig`ish dadavomida parallel xolatlarga:okarish,semirish,gersutizim kuzatilishi mumkin bular kaysidir tashxis uchun asos xisoblanadi.

-Maxsus tekshrish -ko’rish (oynada ko’rish) bimanual kin orkali to’ri ichak orkali tekshirish.Bunda bemor 5 savolga javob berishi kerak.

Bachadonni kattaligi formasi, konsitensiyasi xarkatchanligi,kasallikga moyil xolatlari

-3 maxsus metod

-Vaginal kismda bo’yin kanal siydik yo’lidan gonokokk va floraga surtma olish

-Bachadon bo’ynini koloskop yordamida ko’rish ( optik katallik 28 marta)

-orka vaginal kism orkali korin bo’shlog`ini punksiya kilish

-UTT tashxisi va bachadonni ko’rish xolatini o’rganish

-bachadonni zondlash, bachadon bo’shligidan punksiya yig`ish

-Rentgenologik tekshirish, kontrast yuborish

-gisterosalpingratsiya, pnevmoplevrografiya (korin bo’shlig`iga kislorodli kontrast kiritish)

Normal mensturial tsikl

-1 daraja. Nishon to’kima bu jinsiy gormonlarni joylashish nuktalari, bachadon naylari, bachadonda boyin kismi, sut bezlari, tukli folekula, teri-suyak yog` to’kimasi. Bu xujayralardan tsitoplazmasi estradiol, progesteron, testosteron kabi jinsiy gormonlarga maxsus reseptorlar tutadi, bu reseptoralar nerv sistemasida xam bor. 1 darajali tsiklik AMF tashkari prostoglandinlar xam kiradi. Sanab o’tilgan nishon organlarda 1 darajali boshkarishda bachadonda o’zgarish ketadi.

Jinsiy gormonlar ta`sirida bachadonni sikl 1-darajasi (follikulyar) proliferatsiya jarayonlar ketadi va bachadon shillik kavat bezlari ko’payishi sodir bo’ladi. Tarakkiyot cho’kkisi siklni 14-xaftasiga to’gri keladi. Bunda tuxumdonda ovulyatsiya sodir bo’ladi va ajralayotgan progesterone ta`sirida bachadonda setsret xosil bo’ladi, fakatgina sekret bilan tuzilgan shillik kavat urig`langan tuxumni kabul kilishi nmumkin. Agar urug`lanish sodir bo’;masa, unga javoban tuxumdondan ajralayotgan gormonlar kamayashi xisobiga bachadonda ya ikkita faza shillikni ajralib ketishi diskvomatsiya bilan bir vaktda boradigan regeneratsiya sodir bo’ladi.

2-daraja. Tuxundonda donador xujayra gonodotrop gormoniga sezgir retseptorlar bor.

Primat va odamlarda sikl davomida 1 ta follikula rivojlanadi- faol va dominant-keyingi tarakkiyot fakatgina tuxundon emas balki, butun gipotalamo-gipofizar sistema aniklab beardi. Sikl boshlanishida dominant follikula 2 mm gacha rivojlanadi, rivojlanish oxirgi boskichida 21 mm gacha, ba`zi xollarda undan xam kata bo’lishi mumkin.

-esterogen mikdori ortishi LG ni ajralishini stimullaydi, tuxumdonda follikula yorilishi sodir bo’ladi. Tuxum xujayra korin bo’shligiga ajraladi. YOrilgan follikula o’rniga sarik tana xosil bo’ladi.

-sarik tana asosan progesteron, esterogen va androgenlar ajrata boshlaydi. Sarik tana kichrayishida urug`lanish sodir bo’lmaganda prostoglandinlar ishtirok etadi.

-xamma steroid gormonlar xolesterindan xosil bo’ladi, uning sintezida gonodotrop ishtirok etadi: FSG, LG va prolaktin aromataza tasirida androgendan estrogen xosil bo’ladi.

3-daraja. Gipofizni oldingi bo’lagidan (FSG,LG va prolatstin)

FSG tuxumdonda follikula o’sishini donador xujayralarni proliferatsiyasini stimullaydi. LG bilan birga esterogen ajralishi kuchaytiradi, aromatazalr mikdorini oshiradi.

Prolatstin asosiy biologits funksiyasi sut bezini o’sishi laktatsiyani boshkarishi xisoblanadi. Bundan tashkari yog`larni safarbar etadi, kon bosimini tushiradi. Prolaktinni organizmdagi mikdori oshishi minustrual tsiklni buzilishiga olib keladi.

4-darja. Gipotalamo-gipofizar zonasi 3 ta yadrodan tashkil topgan. Vental, dorsal, medial rilizing omillar xosil bo’ladi va trop gormonlarni xosil bo’lishini kuchaytiradi.

Amenoroya- endokrinologiya etnokrinologiyasi xos ginekologik kasalliklarni simptomi xisoblanadi. Aksar xollarda bemor shifokorlarga menustruatsiya bo’lmasligi yoki muddatdan oldin yokolish xolatlari bilan takrorlanadi.

A : Asosiy 1,3,5; Ko’shimcha -1,2,7


  1. Ayollar jinsiy azolarini yallig`lanish kasalliklari uning ayol xayot faoliyatiga xarakteri bilan bog`likligi, profilaktik ko’rinishlarini tashkil etish va uning axamiyati (2soat).

Ayollar jinsiy azolari yallig`lanish kasalliklari barcha ginekologik kasalliklarni 50-70% ni tashkil kiladi va asosan yoshlarda uchraydi. Spettsifik va nospetsifik etiologiyaga ega yallig`lanish kasaliklari farklanadi. YAllig`lanish ko’zgatuvchilari orasida stafilokokklar ( kam xolatlarda streptokokk, gonokokk, tuberkulyoz mikobakteriyalari) asosiy o’rin egallaydi. Ichak tayokchalari- enterokokk xam yallig`lanish jaroyoni sababchisi bo’lishi mumkin. Lekin aksariyat xollarda bu mikroblar mavjud yalliglanish o’chog`iga kirib oladi va ikkilamchi kasallanish chakiradi. YAllig`lanish jarayoni ko’zg`atuvchilari bo’lib trixomonada bo’lishi mumkin. Kandidomikoz zamburug`lar jinsiy azolarini yallig`lanish kasalliklari yuzaga kelishida jinsiy yo’llarni normal mikroblar asosiy rol o’ynaydi, u kuyidagi mikroorganizmlarni o’zida tutadi- tayokchasimon flora: kislotali muxit ni ush;ab turadi. Lako-batsillalar, korneobakterialar, difteroidlar.

-kokkli flora: anaerob va asosan aerob kokklar, gemolitik va nogemolitik streptokokklar, b-gemolitik streptokokk, enterokokklar. Ayrimn xollarda klebsellalar, ichak tayokchasi va kondida urugiga kiruvchi zamburug`lar malum sharoitda bu patologik jarayonlarni keltirib chikarishi mumkin.




  1. Bachadon yaxshi sifat usmasi. Tuxumdon usmalari. Usmalar jarayonlari rivojida tashki muxit salbiy ta`sirlarini axamiyati (2 soat).

Bachadon miomasi xavfsiz o’smasi xisoblanadi. U o’z navbatda gormonga bog`lik organlarga tegishli. Bachadon miomasi muskul to’kimasidam xosil bo’ladi va o’zining tarkibiga miotsitlarni biriktiruvchi to’kima komponentlari, kon tomirlar peritsid plazmatik va semiz xujayralarni tutadi.

-ilgarilari bu o’sma parenxima stroma xolatiga mioma, fibroma, fibro-mioma nomiga ega bo’lgan. Mioma tugunlari soxsida muskul to’kimasi yani mononukleoz xisobga olgan xolda ko’pgina avtorlar bilan leyomioma deb atashni xisoblashgan.

Turli xil klinik variantlar (kam simptomli va simptomli) joylashishiga bog`lik xolda korin pastki kismida, mushak orasiga shillik osti kavat va oralik variantlar, o’lchamiga ko’ra (kata bo’lmagan, o’rtacha,va katta ), o’rnashishiga ko’ra ( bachadon tubi, tanasi, bo’yni, bo’yin oldi bo’lishi mumkin) O’sish xarakreri ( xakikiy va soxta) kabi varianrlar xos.

Morfologik xususiyatiga ko’ra bachadon miomasi oddiy (oddiy biriktiruvchi to’kimaning) komponentiga ega bo’lishi mumkin va proliferativ ( xujayraviy o’sma xarakteriga ega) bo’lishi mumkin.

Bachadon miomasining ko’payuvchi xujayrasiga ko’ra tomirli, epiteloid, adenomitoz, erterovenoz bo’lishi mumkin.

Eng ko’p morfologik xilma-xillik miomatoz tugunlari kuzatilasdi. Bu esa uning mezenximal kelib chikishiga egaligi (jinsiy do’mbokcha) shuningdek Miller yorig`ini selomik epiteliydan kelib chikishi bilan tushuntiriladi. Bu xujayralardan mioblastlar, stroma xuxjayralari,peritsid, fibroblatstlar, semiz xujayra va plazmatik xujaylar differentsialanadi.

-Bachadon miomasi avtonom o’sishi mumkin ( avtokrin yoki parakrin) bu o’sish faktorlar tasirida gormonga sezgir retseptorlar xosil bo’lishiga xamma o’smalar kabi bachadon miomasi o’sish va rivojlanish jarayoni yangi tomirlar xosil bo’lishi bilan boradi, bu mioangeogenez. Lekin, mioma tomirlari normal tomiradan fark kiladi chunki u past kon okimiga ega, sinusoid xarakterlidir. Proliferativ tez o’suvchi miomalarga yukori xujayraviylik, giperxrom, yukori mikdorda DNK tutadi.

A: Asosiy-1,3,5 Ko’shimcha-1,2,7.




2.2. AMALIY MASHG`ULOTLARNING TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULARI


  1. Tugruk majmuasi tuzilishi. Tugruk bulimlarida sanitariya-gigienik sharoitlar. Tugruk yullari va xomila tugruk mavzuisi (5 soat)

Tug`ruk majmuasi tuzilishi. Tug`ruk bo’limlarida sanitariya gigenik sharoitlar.Tug`ruk yo’llari va xomila tug`ruk mavzusi. Urug`lanish. Emberogenez boskichlari. Xomilaga karindoshlik nikox, alkogol, narkotiklar, nikotinni ta`siri. Homiladorlik erta va kechki muddatlari diagnostikasi. Tug`ruqqacha parvarishning JSST tomonidan ishlab chiqilgan yangi modeli. Rejali tug`ruqqacha monitoring. Oilaviy poliklinika ishlash printsiplari, qishloq va shaharda homiladorlarga tibbiy yordamni tashkil etish. Homila ahvolini baholash. Gravidogrammani qo’llash. Homila rivojlanishida nuqsonlarni aniqlash skriningi. Akusherlik asoratlarini oldini olishda oilaviy poliklinikaning o’rni. Homiladorlarni tug`ruqqa fiziopsixoprofilaktik tayyorlash. Homiladorlar kartasi. Tug`ruq rejasini tuzish.

Fiziologik tug`ruq. Tug`ruqni boshlanishi sabablari. «Tug`ruq akti» to’g`risida tushuncha uning asosiy komponentlari. Tug`ruq faoliyati xarakteristikasi, bachadon qisqarishini boshqaruvchi mexanizmlar. Bachadon qisqarishining ba`zi bir ko’rsatkichlari.

Normal tug`ruqni olib borish va tug`dirish. Tug`ruq davrlari va fazalari diagnostikasi. Bexatar onalik printsiplarini qo’llash. Partogrammani qo’llash. Tug`ruqni uchinchi davrini faol olib borish. Sherikli tug`ruq. Ensa oldingi turida tug`ruq biomexanizmi. CHaqaloq tug`ilgan zaxoti ahvolini baholash. Chaqaloqni issiq himoyalash.

Talabalarga tukkan ayol va chakalok organizmida fiziologik o’zgarishlar chilla davrida ona va bola umumiy axvolini nazorat kilish printsiplarini mukobil baxolash, bilimlarni shakllantirish.

Pedagogits texnologiya: munozara, interaktiv oyin “akliy xujim” -Grafik organayzer, mulyajlarda ishlash, videofilm.

A-1,3,5, K- 1,2,7.



2. Ko`ngil aynish va qusish sindomi Homiladorlik davridagi gipertenziv sindromlar, preeklampsiya, eklampsiya. Tashxislash birlamchi yordam ko`rsatish, profilaktika. Patologiyani tashqi muhit omillari va ish sharoitlari bilan bog`liqligi. (5 soat).

Homiladorlik ilk toksikozlari. Diagnostikasi. Homiladorlar ko’ngil aynishi va qusishi. Etiologiyasi, tasnifi, klinikasi, davolash.

Homiladorlikda gipertenziv sindrom. Homiladorlikda xavfli simptomlar. Homiladorlikda gipertenziv sindrom, preeklampsiya engil va og`ir darajalari, eklam­psiya. Turli formalari diagnostikasi. Gipertenziv sindromda akusherlik taktikasi. Asoratlar: normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi, homila o’sishdan orqada qolish sindromi HO’OQS, o’tkir buyrak etishmovchiligi O’BE, ko’z to’rpardasi ko’chishi, miya shishi, o’pka shishi, miyaga qon quyilishi, koma, HELLP-sindrom, tug`ruqda qon ketishlar, dissimenirlashgan tomir ichida qon ivish sindromi (DTQIS) va boshqalar. Gipertenziv sindromida UASH taktikasi. Asoratlar profilaktikasi. Preeklampsiya va eklampsiya og`ir formalarida shoshilinch yordam ko’rsatish. Profilaktika va reabilitatsiya choralari.

Pedagogik texnalogiyalar: munozara, keys texnalogiya, grafik organeyzer

A-1,3,5, K- 1,2,7.


  1. Siydik pufagi va buiyrak kasalliklari, jigar kasalliklari va homiladorlikda anemia. . Kasb salbiy omillarini homila rivojiga ta`siri. (5 soat).

Siydik yo’li infektsiyalarida homiladorlik va tug`ruq. Pielonefrit. Glomerulonefrit. Homiladorlikda kasallik rivojlanishiga turtki omillari. Simptomsiz bakteriuriya. Gipertenziv buzilishlarida buyrak kasalliklarining ahamiyati. Ona va homila uchun homiladorlik va tug`ruqda asoratlar. Homiladorlikga qarshi ko’rsatmalar. Antenatal parvarish, tug`ruqqa tayyorlash, tug`dirishda va chilla davrida reabilitatsiya xususiyatlari.

Kamqonlikda homiladorlik va tug`ruq. Kamqonlikni homilaga, homiladorlik tug`ruq va chilla davrini kechishiga ta`siri. Homiladorlarda kamqonlikni davolash printsiplari. Kamqonlik kasalligi mavjud ayollarda homiladorlik va tug`ruqni olib borish. Fertil yoshdagi ayollarda kamqonlik profilaktikasi printsiplari.

Antenatal parvarish, tug`ruqqa tayyorlash, tug`dirishda va chilla davrida reabilitatsiya xususiyatlari.

Pedgogik texnalogiyalar: munozara, keys texnalogiyasi, grafik organeyzer

A-1,3,5, K- 1,2,7.


  1. Bosh-chanok disproposiyasi. (5 soat).

”Anatomik” va “klinik” tor chanoqlar to’g`risida tushuncha. Tor chanoq, etiologiyasi, turlari, tasnifi, diagnostikasi. YAssi chanoqlarda tug`ruqni kechish xususiyatlari. Ko’ndalangiga toraygan tor chanoqlarda tug`ruqni kechish xususiyatlari. Umumiy toraygan tor chanoqlarda tug`ruqni kechish xususiyatlari. CHanoq suyagi anomaliyalarida tug`ruqni asoratlanishi. Tor chanoqlarda tug`ruqni olib borish printsiplari.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Keys texnologiyasi, Grafik organizer, mulyajda ishlash, videofilm.

A-1,3,5, K- 1,2,7.


  1. Xomiladorlikni 2 –yarmida vaginal kon ketishi. Normal joylashgan yuldoshni barvakt kuchishi. Yuldoshni oldinda joylashishi Chilla davrida va ilk chilla davrida vaginal kon ketishi. Kon ketishning ijtimoiy omillarga boglikligi. Kon ketish profilaktikasi (5 soat).

Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi. Yo’ldoshni oldinda yotishi. Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi: tasnifi, etiologiyasi, patogenezi, klinik alomatlari, diagnostika usullari, asoratlar. Homiladorlik va tug`ruqda davolash va olib borish printsiplari. Yo’ldoshni oldinda yotishi: etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, homiladorlikni kechishi, diagnostik usullari, akusherlik taktika, asoratlar, profilaktikasi. Oksitotsin va/yoki prostaglandinlarni takror yuborganda dozasi. Vaqtinchalik qon ketishini to’xtatish usullari: bachadonni tashqi uqalash, bachadon bimanual kompressiyasi, qorin aortasini bosish. Qon ketishini to’xtatishning jarroxlik usullari: bachadonga B-Linch bo’yicha kompression choklar qo’yish, bachadon arteriyalarini bilateral bog`lash, ichki yonbosh arteriyalarni bilateral bog`lash, gisterektomiya.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Keys texnologiyasi -Grafik organayzer, mulyajda ishlash.

A-1,3,5, K- 1,2,7.


  1. Gemorragik shok: etiopatogenezi, tasnifi, klinikasi, diagnostikasi, profilaktikasi. Bemor ahvolini shoshilinch birlamchi baholash. Birlamchi reanimatsiya ( kristalloidlar 3:1da yuborish ). Qon qo’yishga ko’rsatmalar.

Qon ivish tizimi, undagi homiladorlikda o’zgarishlar. Disseminirlashgan tomir ichida qon ivish sindromi (DTQIS) sabablari, diagnostikasi, klinikasi, profilaktikasi. Eritrotsitar massa va yangi muzlatilgan plazma qo’yishga ko’rsatmalar. Akusherlikda qon ketishi xavf guruxi va uning profilaktikasi.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Keys texnologiyasi -Grafik organayzer, mulyajda ishlash.

A-1,3,5, K- 1,2,7.



  1. Chilla davri septik kasalliklari. (5 soat)

Chilla davri infektsiyalari. Zamonaviy tushunchalar. Tasnifi, infektsiya tarqalish yo’llari. Infektsiya qo’zg`otuvchilari to’g`risida zamonaviy tushunchalar. Diagnostikasi. Davolash printsiplari. Profilaktikasi. YUqori xavf guruxlari, ambulator sharoitda profilaktika.

Akusherlik peritoniti. Sabablari, tasnifi diagnostikasi klinikasi, davolash.

Sepsis: tasnifi, sabablari, diagnostikasi. Tug`ruqxonalarda infektsion nazorat, shifoxona ichi infektsiyasi profilaktikasi.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Kizikarli o’yinlar -Grafikli organazaylar

A-1,3,5, K- 1,2,7.

8. Ginekologiyada tekshirish usullari. Bemorlar kurish va vaslachat berish. Normal hayz sikli va uning boshqarilishi. Hayz sikli buzilishlari. Hayz sikli buzilishida kasb salbiy omillarining o`rni (5 soat).

Ginekologik kasalliklar propedevtikasi. Ginekologik bemorlarni zamonaviy tekshirish usullari. Xayz tsikli buzilishlari tasnifi. Amenoreya. Tasnifi. Etiologiyasi, patogenezi. Diagnostikasi. Davolash va profilaktika printsiplari.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Kizikarli o’yinlar -Grafikli organazaylar

A-1,3,5, K- 1,2,7.


9. Bachadondan disfunktsional kon ketishlar. Xomiladorlikni 1 –yarmida vaginal kon ketishi . Abort. Bachadondan tashkari xomiladorlik, elbugoz, xorionepitelioma (5 soat).

Ayollar turli yosh davrlarida disfunktsional qon ketishlari. Etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi. Tekshirish usullari, davolash printsiplari. Profilaktikasi. Homiladorlik birinchi yarmida qon ketishlar sabablari. Bachadondan tashqari homiladorlik. Elbug`oz. Etiologiyasi, patogenezi, turlari. Bachdon nayidagi homiladorlikni uzilishi. Klinikasi, diagno­stikasi, davolash printsiplari. Naydagi homiladorlik asoratlari va profilaktikasi.


Pedagogik texnologiyalar: munozara, Kizikarli o’yinlar -Grafikli organazaylar

A-1,3,5, K- 1,2,7.


10. Ayollar jinsiy a`zolarining nospetsifik yalliglanish kasalliklari. Tekshirish usullari va davolash tamoillari. Ayollar jinsiy a`zolarining nospetsifik yalliglanish kasalliklari. Tekshirish usullari va davolash tamoillari (5 soat).

Ayollar jinsiy a`zolari yallig`lanish kasalliklari. Etiologiyasi va tarqalish yo’llari. Tasnifi. Ko’p uchraydigan genitaliy organlari yallig`lanish kasalliklarining, klinik kechishi va ularning diagnostikasi, davolash va profilaktika printsiplari. Jinsiy yo’llar orqali yuquvchi kasalliklar (JYOYUK) to’g`risida tushuncha, ular profilaktikasi.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Kizikarli o’yinlar -Grafikli organazaylar

A-1,3,5, K- 1,2,7.



11. Bachadon yaxshi sifatli va yomon sifatli usmalari. Tashki muxit omillarning usma kasalliklari rivojlanishga ta`siri (5 soat).

Bachadon miomasi. Etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, diagnostikasi. Davolash usullari va profilaktika printsiplari. Endometrioz. Ta`rifi. Etiologiyasi, pa­togenezi, tasnifi. Turli soxada joylashgan endometriozni klinik ko’rinishlari. Diagnostikasi. Davolash va profilaktika printsiplari.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Kizikarli o’yinlar -Grafikli organazaylar, videofilm.

A-1,3,5, K- 1,2,7.

12. Tuxumdon yaxshi sifatli va yomon sifatli o`smalari. Tashqi muhit omillarining o`sma kasalliklari rivojlanishiga ta`siri (5 soat).

Tuxumdon yaxshisifat o’smalari. Uchrashi, etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi. Tuxumdon retentsion hosilalari. Asoratlari. Tuxumdon yomonsifat o’smalari. Tasnifi. Simptomatika, diagnostikasi, davolash printsiplari. Profilaktik ko’ruvlar ahamiyati, ultratovushli tekshiruv (UTT).

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Kizikarli o’yinlar -Grafikli organazaylar, videofilm.

A-1,3,5, K- 1,2,7.
13. Ayollar jinsiy a`zolarining notugri joylanishi va nuksonlari, kasb omillariga boglikligi (5 soat).

Ayollar jinsiy a`zolari nuqsonli rivojlanganligi va noto’g`ri joylashishi. Uchrashi, etiologiyasi, tasnifi, klinikasi, davolash usullari va profilaktikasi.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Kizikarli o’yinlar -Grafikli organazaylar

A-1,3,5, K- 1,2,7.



14. Bepushtlik. Reproduktiv funktsiyaga va bepusht nikox rivojlanishiga ijtimoiy, kasbiy va boshka tashki muxit omillarning ta`siri. EKU tugrisida tushuncha. Kontratseptivlar turlari. Konsultatsiyalar usullari (5 soat).

Bepusht nikox. Ayollar va erkaklar bepushtligi. Ayollar bepushtligi tasnifi, nay, endokrin bepushtligi. Immunologik bepushtlik. Tekshirish usullar, diagnostikasi, davolash printsiplari.

Zamonaviy kontratseptsiya usullari. Kontratseptsiya turlari. Maslahatlashuv printsiplari.

Pedagogik texnologiyalar: munozara, Kizikarli o’yinlar -Grafikli organazaylar

A-1,3,5, K- 1,2,7.
2.3. Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar

Fan bo’yicha laboratoriya ishlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan.



2.4. Kurs ishini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar

Fan bo’yicha kurs ishi namunaviy o’quv rejada rejalashtirilmagan.



2.5. Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha talabaning mustaqil ta`limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot-resurslari bilan to’la ta`minlangan.

Fan bo’yicha talaba mustaqil ishi shakllari quyidagicha belgilangan:

1. Ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;

2. Berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash;

3. Amaliy mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;

4. Mashg`ulot mavzulari bo’yicha konspektlar yozish;

5. Fanning bo’limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo’yicha ishlash va ma`ruzalar qilish;

6. Ilmiy maqola, anjumanga ma`ruza tezislarini tayyorlash;

7. Keys echish;

8. Grafik organayzerlash ishlab chiqish va to’ldirish;

9. Krossvordlar tuzish va echish;

10. Vaziyatli masalalar echish;

Talaba mustaqil ishi auditoriyada va auditoriyadan tashqari o’tkaziladi.



Yüklə 267,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə