­O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə4/7
tarix29.05.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#113951
1   2   3   4   5   6   7
Asosiy kapitalga investatsiyaning makroiqtisodiy tahlili

YAIMni xarajatlar boʻyicha hisoblash.
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YAMMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar oʻzaro koʻshib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari (S):
a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
b) kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
v) iste’mol xizmatlari toʻloviga.
1 -rasm
Manba: Yalpi ichki mahsulot statistika bo’limi
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini kurishga sarflangan;
v) tovar zaxiralari oʻrtasidagi farqlar yoki zaxiralarning oʻzgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu guruh xarajatlariga maxalliy va m arkaziy boshqaruv xokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yoʻllari va pochta muassasalari kurilishi, davlat korxonalarida toʻlanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert toʻlovlari kiritilmaydi.
Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operatsiyalari boʻyicha xarajatlar oʻrtasidagi farq.
YAMMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
YAIM = S + I + G + Xp
Oʻzbekiston Respublikasida yaratilgan YAIMning foydalanish (xarajatlarga koʻra) tarkibi tahlili (2-jadval) shuni koʻrsatadiki uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari YAIM tarkibidagi eng salmoqli komponent ekan. Bu koʻrsatkichning YAIMdagi ulushiga koʻra Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya va Frantsiya davlatlariga yaqin turadi. Yalpi jamg’arish, yoki yalpi investitsiyalar ulushi kattaligi boʻyicha ikkinchi komponent boʻlib 2004 yilda YAIMning 23,9 %ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 22,1 %ni, zaxiralarning oʻzgarishi 1,8 %ni tashkil etgan. Taqqoslov uchun ma’lumotlar keltiradigan boʻlsak [2018 yil yakunlariga koʻra yalpi investitsiyalarning YAIMdagi ulushi Rossiya Federatsiyasida 21%ni, Yaponiyada 17 foizni, Frantsiyada 24%ni, Xitoy Xalq Respublikasida esa 40 foizni tashkil etgan.]³
3-jadval.
Oʻzbekiston Respublikasida YAIMning foydalanish tarkibi (%)

Davr

Yakuniy iste’mol xarajatlari jami, %

Yalpi jamg’arish

Sof eksport

Xususiy

Davlat

Asosiy kapitalga yalpi ichki investitsiya

Zaxiralarning oʻzgarishi va boshqalar

2018

61,9

18,7

24,0

-4,4

-0,2

2019

61,5

18,5

27,9

-6,8

-1,1

2020

60,2

18,0

22,1

-0,9

0,6

2021

55,6

17,5

21,0

-0,3

6,2

2022

51,7

17,1

22,1

1,8

7,3

Manba: «Oʻzbekiston iqtisodiyoti» Tahliliy sharx.

Tovarlar va xizmatlarning davlat xaridi YAIMdagi salmogi jihatidan uchinchi pogonada boʻlib, 2022 yilda YAIMning 17,1 %ini tashkil etgan.


Eksport hajmining keskin oʻsishi va 2022 yilda tashki savdoda 1,03 mlrd. AQSH dollariga teng ijobiy qoldiqqa erishilishi tufayli sof eksportning YAIMdagi ulushi koʻtarilib 7,3 foizni tashkil etdi.
YAIMni daromadlar(taqsimot usuli) boʻyicha hisoblash.
YAIMni daromadlar boʻyicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qoʻshilgan qiymatlar hisobidan, toʻlangan dastlabki daromadlar koʻshib chiqiladi.
YAMMni daromadlari yig’indisi koʻrinishida hisoblashda asosan quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar(qoʻshilgan qiymat soligi, aktsizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari oʻrtasidagi farq;
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi toʻlovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib toʻlanadigan ijtimoiy sug’urta ajratmalari. Oʻzbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2019 yilda ish haqi fondiga nisbatan 31% boʻlgan boʻlsa. 2020 yildan boshlab 25 % qilib belgilandi
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar – kichik hajmdagi, uy xoʻjaliklariga tegishli korxonalar boʻlib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari oʻzaro qoʻshilib ketgan boʻladi. Bu holat aralash daromad atamasini qoʻllashga sabab boʻladi.
R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizatsiya (A);
YAIMni daromadlar koʻrinishida yalpi qoʻshilgan qiymatni koʻrsatilgan uch guruhga boʻlib topish mumkin:

Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə