O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet



Yüklə 31,34 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü31,34 Kb.
#146234
  1   2   3   4
Kurs ishi Qo\'llanma Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTET
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
5230100 – "Iqtisodiyot"( tarmoqlar va sohalar bo’yicha),
bakalavr yo‘nalishidagi 3-kurs talabalari uchun

MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH” fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha


USLUBIY KO‘RSATMA


Tuzuvchi:stajor o‘qituvchi Zaripov X


URGANCH–2022


UMUMIY QOIDALAR

Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi. Kurs ishlari talabalar mustaqil ishlarining bir shakli bo‘lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to‘g‘risida aniq tassavurlarga ega bo‘lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g‘oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari lozim.


Ishni bajarish jarayonida talabalar kursga oid nazariy bilimlar, maxsus adabiyotlar, huquqiy-normativ aktlar, mavzuga oid yondashuvlardan xabardor ekanligini hamda tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini ko‘rsatishadi.
Kurs ishi maqsadlari:
Talabalarning “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani bo‘yicha ma’ruza va amaliy

  • Mashg`ulotlari jarayonida orttirgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, mustahkamlash hamda tizimlashtirish.

  • Kurs ishiga oid muammolarni echishda mustaqil ishlash hamda izlanish olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

  • Talabaning nazariy va amaliy bilimlari hamda bu bilimlarni dolzarb iqtisodiy muammolarni echishga tadbiq qila olish qobiliyati darijasini aniqlash.

  • Kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.

Kurs ishi vazifalari:

  • Tanlangan mavzuning dolzarbligi va ahamiyatini asoslash.

  • Tanlangan mavzuga oid nazariy ma’lumotlar, texnik-normativ

hujjatlashtirish, statistik ma’lumotlar, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish.

  • Mavzuga oid muammoli vaziyatlarga o‘z fikrini bildira olish.

  • Tanlangan mavzuni o‘rganish va o‘tkazilgan tahlillarga asosan xulosalar chiqarish hamda takliflarni shakllantirish.

  • Talab qilingan me’yorlarga asosan kurs ishini rasmiylashtirish. KURS




Yüklə 31,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə