Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova


Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə16/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   182
FALSAFA UMK

2.Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri

Markaziy Osiyo halqlarining madaniyati, tarixiy ildizlari ijtimoiy, falsafiy, axloqiy, diniy, badiiy qarashlari shakllana va rivojlana borishining ilk davrlari qadim zamonlarga borib taqaladi.


«Avesto» va Zardushtiylik g‘oyalari haqida ma’lumot. Turon zaminida yuzaga kelgan adabiy yodgorliklarda ham jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tengsizliklar iqtisodiy ziddiyatlar aks etgan. Miloddan avvalgi VI asrdan to miloddaning III asrigacha bu erda Zardushtiylik va u bilan bog‘liq bo‘lgan dualistik dunyoqarash tarqalgan edi. Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay balki, o‘sha davrning hukmron mafko‘rasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlarining ifodasi sifatida ko‘rina boshlaydi.
Zardushtiylikning nazariy asosi «Avesto» qadimgi davrda Markaziy Osiyo hududida yashagan halqlarning diniy va dunyoviy mafko‘rasi, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Chunki «Avesto»da davlatning shakllanishi va ijtimoiy tarkibi, xususiy mulk, tabiat muhofazasi, oila va nikohning huquqiy negizlari, jinoyat va jazo muammolari o‘z ifodasini topgan.
Zardushtiylik aqidasiga ko‘ra yolg‘on gapirish, birovni aldash gunoh, ya’ni, jinoyat hisoblanadi. Buni Zardusht o‘z ta’limotini o‘rgangani kelgan kishilarga pand-nasihat qilib tushuntirishga harakat qiladi: «Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat yuzasidan amal qilgin, haqiqat va rostlikka amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan», «Haq so‘zdan o‘zga hech narsa to‘g‘risida o‘ylama, haq so‘zdan o‘zga hech narsa to‘g‘risida suhbatlashma, haqqoniy amalda o‘zga hech narsa bilan shug‘ullanma.», «Ey, Axura Mazda! Har kimki ezgu andisha, ezgu so‘z, ezgu amal bilan nohaqlik va uning tarafdorlariga qarshi ko‘rashsa va odamlarni rostlik va haqiqat yo‘liga hidoyat etsa o‘zining pok muhabbatidan senga eng yaxshi tuhfa keltirgan bo‘ladi», «YOlg‘on gapirib tirik qolg‘andan ko‘ra rost gapirib o‘lgan yaxshi», «O‘z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi hech narsa ustidan g‘olib chiqolmaydi».
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Zardushtiylik qonunlarida rostlik va poklik uchta axloqiy-huquqiy tayanchga asoslanadi. Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal. Zardusht bu katta uchlikka amal qilgan kishi yolg‘on va haqiqatsizlik peshvosi Axrimonning oqibat-natijada mag‘lubiyatga uchrashiga ishonib qalbi haddan ziyod pokiza bo‘ladi, deb uqtiradi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman».

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə