Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə11/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182
FALSAFA UMK

2-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI


Reja:



  1. Qadimgi Misr, Hind va Xitoy falsafasi.

  2. Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri.

  3. Temuriylar sulolasi davri falsafasi.

  4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar.



Tayanch tushunchalar. Buddaviylik, «Tavrot», «Veda», «Upanishadalar», konfutsiychilik, Rigveda, Samaveda, Yadjurveda, Atxarvoveda, “faoliyat yo‘li”dan “bilimlar yo‘li”, karma, “Nurlangan shaxs”, meditatsiya (karaxtlik), nirvona, Zardusht, zardushtiylik, «Avesto», Abu Mansur Moturudiy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Amir Temur, Sarbadorlar, Mustaqil davlat, «Temur tuzuklari», Sa’diddin Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, Mirzo Ulug‘bek, «Zichi jadidi Ko‘ragoniy», Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy.


1.Qadimgi Misr, Hind va Xitoy falsafasi


Qadimgi Bobil va Misrda tabiiy-ilmiy bilimlar va falsafaning paydo bo‘lishi. Eramizdan oldingi IV ming yillikning oxiri III ming yillikning boshida qadimgi Bobil va qadimgi Misr madaniyati o‘z taraqqiyotining yuqori nuqtasiga erishadi. Bu davlatlarda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi, bir tomondan, dunyo haqidagi fanlar bo‘lgan - astronomiya, kosmologiya, matematikaning birinchi odimlari bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, afsonalar bilan bog‘liq edi. Eng muhim ilmiy yutuqlar (hisobning oltmishtalik tizimi, - yilning uzunligi, geometrik shakllar hajmining hisoblab chiqilishi va boshqalar) amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, xo‘jalik yuritishda qo‘llanilar edi. Qadimgi Bobil va Misr olimlari oy va kun tutilishi davriyligini aniqlashga muvofiq bo‘ldilarki, bu ularga ushbu hodisani oldindan aytish imkonini berdi. Bu ham amaliy ahamiyatga ega edi. Qadimgi bobilliklar va misrliklarda ilm-fan bilan kohinlar shug‘ullanar edilar. Ilm-fan bilan shug‘ullangan misrliklar va bobilliklar umuman dunyoga afsonalar orqali qarar edilarki, bu haqda ular tomonidan yulduzlarni juda ham katta va uzun yulduzlar turkumlari guruhlariga bo‘lib chiqqanliklari va oqibatda, ularni mistik-matematik ramzlar bilan belgilaganliklari guvohlik beradi. Shunday asarlar paydo bo‘la boshlaydiki, ularda afsonalarni falsafiy talqin qilishga urinishlar ko‘zga tashlanadi (“Arfa chaluvchining qo‘shig‘i” “Dunyodan hafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati”, “Hayol ma’nosi haqida xoja va qulning savol-javoblari” va boshqalar).

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə