O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi musiqa tarixi fanidan kurs ishi mavzu: XVIII-XIX asrlar musiqiy madaniy hayot Bajardi: Ilmiy


II bob Yevropada musiqiy madaniy hayot va yangi davr



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə9/11
tarix19.12.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#152260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
18-19 asrlarmusiqa madaniiyati

II bob Yevropada musiqiy madaniy hayot va yangi davr
2.1 Yevropada yangi davr musiqa madaniyati
Jahon musiqa madaniyati shakllanib, to hozirga qadar yеtib kеlish jarayonida bir nеcha tarixiy bosqichlarni boshdan kеchirdi. Bu bosqichlar quyidagi nomlar bilan yuritiladi:
1. Qadimgi davr musiqa madaniyati.
2 O`rta asrlar musiqa madaniyati.
3. Uyg`onish davri musiqa madaniyati.
4. Ma‘rifatparvarlik davri musiqa madaniyati (XVIII asr).
Har bir davr musiqa madaniyatining o`ziga xos jihatlari bor. Masalan, eramizdan avvalgi asrlardan to V asrga qadar davom etgan musiqa madaniyati asosan monodik (ya‘ni bir ovozli) ko`rinishda bo`lgan. Bu davrda musiqa asosan Misr, Xitoy, Hindiston kabi qadimgi Sharq mamlakatlarida, kеyinroq esa, qadimgi Yunonistonda ham o`tkazilgan turli marosimlarda ishlatilgan. Bunda ud va arfasimon torli-chеrtma, sibizg`a singari puflama hamda xilma-xil zarbli-urma cholg`ular kеng qollanilgan. V asrdan to XIV asrgacha davom etgan (ya‘ni qadimgi dunyo bilan yangi tarix oralig`idagi davr) O`rta asrlarda musiqa madaniyati turli o`zgarishlarga yuz tutdi. Jumladan, G`arbiy Yevropa mamlakatlarida musiqaning rivoji asosan chеrkov musiqa madaniyatiga bog`langan edi. Aynan chеrkov xorida musiqaning ko`p ovozli (polifonik) uslubi qaror topti. Shuningdеk, katolik chеrkovlarida organ cholg`usi ham kеng qo`llanila boshlandi. Sharq mamlakatlarida esa, aksincha, monodik uslub o`z kuchini saqlab qoldi. Musulmon olamida maqom san‘ati yoyildi. Sozandalik va xonandalik san‘ati rivojlandi.
Ibtidoiy davrda ogzaki ijodi—folklor (inglizcha, fol’k-xalq, lore - ijodiyot so`zidan olingan) keng rivojlangan, Uning eng dastlabki turi utmish haqidagi rivoyatlar hisoblangan. ertak alohida rivojlangan bo`lsa, doston, topishmoq maqollar bir muncha keyinrok — inson miyasining keyingi taraqqiyoti mahsulidir.
Qadimgi Misr musiqa madaniyatining ildizlari miloddan avvalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri, uchinchi ming yillikning boshlariga borib taqaladi. Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlaming asosiy qismini madaniyat yodgorliklari tashkil qiladi. Jumladan, cholg‘u asboblari, ikonagrafik materiallar (barelyef va boshqa tasvirlar), madhiyalar va qo‘shiqlaming so‘z matnlari, qadimgi Yunon va Rim olim faylasuflarining qo‘l yozmalari bundan dalolat beradi. Qadimgi Misr musiqasi saroy va haram ibodatlarida yangragan edi. Shu bilan birga musiqa turli toifaga mansub insonlaming dam olish vositalaridan biriga ham aylandi. Shu bois Misrda musiqa “xi” ya’ni “orom olish” so‘zi bilan nomlanishi tabiiydir. Jamoa sinflanishi davridan avval quyidagi cholg‘ular mavjud edi: qo‘ng‘iroqchalar, sistr, kolotushka hamda aerofonlaming ilk shakllari-hushtak va fleytalar. Ilk, Qadimiy va O’rta podsholik davrida (miloddan burun 3000-1700 asrlar) qamishdan yasalgan nay, uffata fleytalari, truba, arfa, turli xil barabanlar, shiqildoqlar amalda qo‘llanilgan. Bu davrda piktografik notalashtirish va musiqani koinot jismlari bilan bog‘lash nazariyasming ilk namunalari paydo bo‘ladi. Misr ibodatxonalarida o‘tkazilgan marosimlarda musiqa namunalaridan keng foydalanilgan. Bu borada xudolar - Osiris, Isida, Tot (ular musiqa san’atini yaratuvchilari deb hisoblangan)larga bag‘ishlab o‘tkazilgan ibotatlar alohida qayd qilinadi. Qadimgi Misr musiqa ladi (choig‘ular tuzilishining tahliliga ko‘ra) pentatonikaga asoslangan. Shu bilan birga saroy musiqasi ham ma’lum darajada o‘ziga xos edi. Saroyda ijro etilgan musiqa (xor qo‘shiqchiiigi, ayollarning qo‘shiq - yig‘ilari va raqslari) yurush harakatlari va dramatik epizodlar bilan birikib kelgan. Miloddan avvalgi 3 ming yillikda Misrda xeyronomiya rivoj topib (xeyronomiya taxminlarga ko‘ra notalashtirish vazifasini ham bajargan) keng tarqaldi. Qadimgi podsholik davrida professional musiqachilar (ko‘p hollarda saroy musiqachilari) ijtimoiy tabaqasi shakl topdi. Ular ichida Xemre, Xufu-Anx va boshqalar mashhur bo‘lgan. Yangi podsholik davrida (miloddan avvalgi 1580-1070-yillar) Qadimgi Misr musiqasi Osiyo, xususan Siriya ta’siri ostida rivoj topdi. Musiqa cholg‘ulari - goboy, uchburchakli arfa, lira, lyutnya, kifara va boshqa cholg‘ular bilan boyitildi. Ko‘p cholg‘ulami mukammal tuzilishi to‘liq xromatik tovushqatomi amalda qo‘llash imkonini yaratib berdi. Yunon-rim ta’siri ostida esa Misrda (miloddan burun 332-395 yillar) keng miqiyosda avlos, ko‘ndalang fleyta, buksina, turli xil lira, lab-garmonikasi, baraban va boshqa asboblaridan foydalanildi. Miloddan burun III asrda Aleksandriyada gidravlos cholg‘usi kashf qilindi. Ikki daryo oralig‘ida joylashgan qadimgi davlatlar (miloddan avvalgi 3 ming yillik - 1 ming yillik) Shumer-Bobul va Assiriyaning musiqa madaniyati o‘z navbatida qo‘shni madaniyatlar (Osiyo, Afrika, Janubiy-Yevropa) rivojiga ham ta’sir qildilar. Shumer-Bobul va Assiriyada - bugri arfa, arfa shaklidagi lira, lyutnya, ko‘ndalang fleyta, juftli goboy, baraban cholg‘ularidan foydalanishgan. Musiqa bu davlatlarning saroy va diniy hayotida katta o ‘rin egallagan. Musiqachi (erkak va ayol) lar ijtimoiy tabaqalanishda xudolar va podsholardan keyin turgan. Bu xalqlar musiqani sehrli kuchiga (Ishtar xudosi haqidagi mif) ishonganlar. Musiqiy-nazariy ilm astrolyogiya ta’siri ostida rivoj topdi. Besh va yetti raqamlariga alohida e ’tibor berilgan: masalan, 5 pog‘onali angemiton va 7 pog‘onali diatonik tovush qatorlar hamda 5 - 7 torli arfa mavjud bo‘lgan. Qadimgi Xitoy musiqa madaniyati Ilk bor Xitoy musiqasi haqidagi ma’lumotlar (afsona va miflar) miloddan avvalgi 4-3 ming yillik, qadimgi marosim musiqasi haqidagi ma’lumotlar miloddan avvalgi XVI - XI asrlarga taaluqlidir. Miloddan avvalgi XI - V III asrlarda an’anaviy marosim orkestrlari tashkil qilingan. Orkestr tarkibiga: byansin litofonlari, byanchjun mis qo‘ngiroqchalari, turli-xil qo‘ng‘iroqlar (ular qatorida xun-chjun, goudyao, yun, bo), gu baraban lari, syuan sopol nog‘orasi va boshqa musiqa cholg‘ulari kirgan. Qo‘shiqlar kitobi “Shitszin” (miloddan burun X I-V I asrlar) - Xitoyda ashulachilik ijod shakllari rivojining dalilidir. “Shitszin”da jodu qo‘shiqlar, oda (chjen-ya, syao-ya)lar va madhiya(sun)lar yig‘ilgan. Chjou davrining so‘nggi pallasi (miloddan avvalgi V - III asrlar) Konfiitsiy doktrinasining ta’siri ostida saroy marosimlar tizimi shakllanib bordi. Ushbu tizimda ashula va cholg‘u namunalarining ketma-ketligi belgilandi. Saroyda musiqa va marosimlarni tashkil etuvchi “Dasiyue” jamoasi tuziladi. Xan davridan boshlab to Shimoliy va Janubiy podsholik (miloddan avvalgi 206-yildan-milodning 581-yili) davrigacha Xitoy musiqasi boy madaniyatga ega bo‘lgan. Jumladan, saroy musiqa san’atining asosiy turlari o`rnida Konfutsiy ibodat marosim musiqasi ya-yue va saroyda orom olish uchun mo‘ljallangan musiqa su-yue (“oddiy xalq musiqasi” bir necha mahalliy turlarida namoyish etilgan) rivoj topgan. Ko‘p tarkibli (300-800 cholg‘uchilardan iborat bo‘lgan) an’anaviy orkestr shakllangan. Bunda orkestr tarkibiga kirgan cholg‘ular 8 guruhga ajratilgan. Torli cholg‘ularda (sin, pip) yakkasoz ijrochilik san’ati ham rivojlangan bo’lib , Su C hjipo, Szi Li, Li Yanyan mashhur ijrochi va maktab asoschilaridan bo‘lgan. Suy va Tan sulolasi hukmdorlik qilgan davrida (581-907) qadimgi Xitoy musiqa madaniyati yuksalish pallasiga o‘tadi. San’atda bu davr -Tan uslubi deb nom oldi. Saroy musiqasi ikkita asosiy janrlar li-puchi (“ochiq havoda ijro etiladigan”) va so-puchi (“xonaki ijro”) turida rivoj topadi. Ular o'z ichiga ya-yue, su-yue, bayram tadbirlarida ijro etiladigan musiqa yan-yue, cholg‘u musiqa xu-yue, harbiy musiqa kuchuy, teatr musiqasi san-yue, sin uchun musiqa sin-yue. Yan-yue orkestrining cholg‘ulari tarkibiga Xitoy musiqa cholg‘ularidan tashqari Hindiston, Koreya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa xalqlar musiqa cholg‘ularini kiritgan holda musiqiy ohanglari ham (“Shipuchi” ya’ni “ 10 xil musiqa” deb nom olgan) ijro etilgan. Qadimgi Hindiston Musiqa madaniyati Hindiston musiqasi eng qadimgi yuksak madaniyat davrlariga borib taqaladi. Uning ildizlari Xarappa va Moxendjo Daro sivilizatsiyasi (miloddan avvalgi 3-ming yillik) davrida gullab yashnagan. Hind musiqasining asosiy rivojlov bosqichi qadimgi adabiyot yodgorligi Veda (miloddan oldingi 2-ming yillikning oxiri - 1-ming yillikning birinchi yarmi), ilohiy matnlar rechitatsiyasi Rigveda (veda madhiyalari) va madhiyachilikning rivojlangan kuynamunalari Samaveda (veda kuylari) bilan bog‘liq bo‘lgan. Diniy marosimning an’anaviy vedalari bilan bir qatorda xalq va saroy san’atining rivojlangan shakllari mavjud bo‘Igan. Hind folklorining serjiloligi (turlarida, lad-ritmik tizimida, janrlarida) eng avvalo, Hindistonni polietnik va ko‘p tilli davlat bo‘lganidan dalolat beradi. Janrlar ichida balladalar (ular ko‘pincha xalq tomoshalarida ijro etilib, epik va tarixiy syujetga asoslangan) - povada va lavani Maxarashtrada, pabudji Radjastxonda, burrakatxa Andxrada, pandavani Madxya Pradeshda; qo‘shiq raqs shakllari - garba Gudjaratda, sua Madxya-Pradeshda, kollatam Keralada, chakri Kashmirda; lirik qo‘shiqlar - bxatiali Bengalda, dxola Pendjabda, panixari Radjastxonda; ish jarayonida ijro etiladigan qo‘shiq!ar shahri Bengalda, maxitya Pendjabda, kadjari Uttar-Pradesh xalqi ichida keng tarqalgan. Musiqiy cholg‘ular tarkibida: urma cholg‘ular - dxol, dxolak, damaru, udukkai, daf, tammatai, kandjira, gammati, nog‘ora; damli cholg‘ular- kombu, singx, tiruchin-nam, kama (kamay), bansuri, murali, algoza (fleyta), pungi, maxudi, gxonga, moxori, nagasar, sumay, naferi; torli-chertma cholg‘ular - ektar, dotar (dutor), tuntune, djantar; torli-kamonli cholg‘ular - kamancha, banam, sarinda kabi cholg‘ulami tashkil etgan.
Qadimgi Yunon va Rim musiqa madaniyati O’sha davrda insoniyat o‘zini alohida kuchi, diqqatini bir joyga to‘plaganda o ‘z qobiliyatlarini toliq ochib bera olgan. Bu madaniyatni uzoq vaqt ravnaq topishi uchun kulminatsion nuqta boigan. Aynan shu cho‘qqiga ko‘tarilgan insoniyat ruhiyati - bu qadimgi Ellada voqeasi edi. Qadimgi Gretsiyaning eng gullab yashnagan vaqti eramizdan oldingi V-IV asrlarga to‘g‘ri keladi. Ulug‘ madaniyatimiz uncha ko‘p bo‘lmagan xalq tomonidan yaratildi. Bu xalqlar Janubiy Bolqon yarim oroli, Egey dengizi orollarida kichik Osiyo qirg‘oqlarida yashaganlar. Bu xalqlaming o‘ziga xos boy tarixi va madaniyati bo‘lgan. Arxeologlaming topilmalaridan ma’lum boiishicha, XIX asr oxiri-XX asr boshlariga kelib, allaqachon yo‘qolib ketgan dunyoni topishga muyassar bo‘lishadi. U yerda to ia ajoyib go‘zallikka (Kritdagi Knoss saroyi qoldiqlari), shuningdek, ulug‘vor qattiqqoilikka (Janubiy Gretsiyaning Miken q a iasi xarobalariga) duch keladilar. Qadimgi Gretsiya madaniyatining yangi bosqichda rivojlanishi, bevosita “Gomer” davri bilan bog‘liq. Eramizdan avvalgi X - VIII asrlarda greklarning qahramonona eposi shakllana boshlagan. “Illiyada”dan keng ommaga tarqalgan - to‘y, mehnat, dafn marosimlarida aytiladigan qo‘shiq janrlarini bilamiz. “Odisseya”dan esa xalq musiqachilaridan chiqqan professional qo‘shiqchilar – aedlar haqida bilib olamiz. Bazmlarga chiqib, aedlar xalq jasorati, xudolar, qahramonlar haqida kuylashgan. Ulaming ijrosi kifara-torli musiqa cholg‘usi jo‘rligida kuylangan. Eramizdan avvalgi VII - VI asrlarda Gretsiya shaharlarida xor musiqasini turli xillari keng ishlab chiqilgan. Er.av.gi VII asrda katta mashhurlikda Terteyning xor va urushga bag’ishlangan qo‘shiqlari keng tarqalgan. Lesbos orolida er.av.gi VII asr boshlarida dastlabki shoirona - musiqiy maktab barpo qilingan. Lesbos oroli shoir-musiqachilaridan Alkey va Anakreonlar ijodi bilan bog‘liq. Sevgiga to‘la his-hayajonli yakkaxon lirik qo‘shiqlar bilan bir qatorda xor, turli yig‘inlarda aytiladigan qo‘shiqlar (skoli) deb atalgan, hayot quvonchlari, ruhiy qo‘shiqlar, (partenilar), maqtovchi qo‘shiqlar g ‘oliblar shon-sharafiga (epik) va boshqa qo‘shiqlar yaratilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko`ra, Gretsiyada cholg‘u musiqasining bo‘lganligi to‘g‘risida bir qancha ma’Iumotlar mavjud. Gretsiya san’atini yuqori darajada gullab yashnashi eramizdan avvalgi V asrda Afinadagi Perikla hukmronligi davrida bo‘lganligi qayt etiladi. Bu Gretsiyadagi “demokratiya” davriga to‘g ‘ri keladi. Albatta, demokratiya ozod xalq uchun, biroq bu huquqdan qullar foy- dalanishmagan.Bu yerda asketizm va dabdabalikdan qochishgan. Ular hayotdan zavq olish, shodlikni qadriga yetishni o‘zlarining fuqarolik burchlari deb bilishgan. Gretsiyaning klassik san’ati dunyo sezgisida ko‘rinadi. “Tabiatda g‘aroyib kuchlar ko‘p, lekin insondan kuchlirog‘i yo‘q!” -degan edi, Sofokl “Antigona” tragediyasida. Gretsiya rassomlari ijodida keng singdirilgan manba bu - afsonalardir. Qadimiy afsonalar til asosidagi ko‘rinishlarda tuzilgan, lekin ular dunyo haqidagi bilimni “kurtak” ochishday gap deb yozishgan.


Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə