O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi musiqa tarixi fanidan kurs ishi mavzu: XVIII-XIX asrlar musiqiy madaniy hayot Bajardi: Ilmiy


Sharq mumtoz musiqasining nazariy asoslari -



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə6/11
tarix19.12.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#152260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
18-19 asrlarmusiqa madaniiyati

Sharq mumtoz musiqasining nazariy asoslari - Mumtoz musiqa va uning tarqalishi bilan bog`liq bo`lgan kasb-hunar azaldan amaliy va nazariy bilimlarni o`z ichiga oluvchi yagona ilm hisoblangan. Sharq klassik musiqasining nazariy masalalari Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog`iy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali kabi ulkan olimlar tomonidan atroflicha o`rganilgan. Ularning asarlari musiqa ilmining poydeborini tashkil qiladi. Risolalarda mumtoz musiqaning ijtimoiy hayotdagi o`rni, tarixiy shakllari, ijrochilik masalalari hamda ular negizidaqi kuy va usul tuzilmalarining tarkib topish qonun-qoidalari vatafsil yoritilgan. Nomlari zikr etilgan musiqashunoslarda har birining o`ziga xos tomonlari bo’`lishi bilan bir qatorda umumiy qarashlar, borisiylik rishtalari, izchil an’analar ham yaqqol sezilib turadi. Ular ijodi tabiiy ravishda bir-birini to`ldirib, umuman, mumtoz musiqa asoslariga nisvatan yagona ilmiy an’ana bo`lib gavdalanadi.DarveshAli ijodi ulug` musiqashunoslar silsilasidagi so`ngi halqa. Undan keyin yuzaga kelgan musiqiy risolalarda, ilmiy-nazariy salohiyat tobora pasayib borishi kuzatiladi. Darvesh Alidan so`ng, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmi XX - asrning boshlarida yozilgan manbalarda yuzaki ma’lumotlar, o`tmish mualliflaridan oddiy ko`chirmalar, ilmiy-nazariy qarashlar o`rniga ribo’yatat va afsonalar ko`proq o`rin oladi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, XVII asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan madaniy-ma’rifiy inqiroz tufayli ko`plab mohir sozanda va musiqashunoslar boshpana axtarib, Movarounnahrdan Hindistonga, Boburiylar saltanatiga safar qilganlar. Sharq xalqlarida turli kasb-xunar an’analari, siru asrorlari ko`z qorachig`iday asralib, avloddan-avlodga o`tib, e’zozlanib kelingan. Shu bo’is kasb-xunar risolalari mazkur an’analar, ijtimoiy qarashlar, mafkurabiy, axloqiy qoidalarning majmuidir. Ilmiy yo`nalishda risolalarning shakllari turlicha bo’`lib, birgina musiqa soxasini oladigan bo’`lsak, yozma risolalar nasr va nazm tarzida bitilganligini kuzatamiz. Abdurahmon Jomiy va Darvish Ali Changiyning musiqiy risolalari nasrda bitilgan bo’`lsa, Kavkabiyning O`n ikki maqom xaqidagi risolasi nazmda yaratilgan. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Yodoki ya’ni og`izdan-og`izga o`tib yuruvchi risolalar, muxtasar, ommabop tarzda bo`lib, ular xalq tilida «Mextarlik risolasi» deb ham yuritilgan. Masalan; Xorazm sozandalarning «Mextarlik risolasi» xaqidagi ma’lumotlarni mashxur Bola baxshi (qurbo’nnazar Abdullayev), mang`itlik Tursun baxshi Jumaniyozov va boshqa keksa sozandalar xotirasida saqlagan risolalar quyidagicha. Ayniqsa, Tursun baxshi bayon etgan risola ta’rifi diqqatga sazobo’rdir. Ustoz va xonandalarning ta’rifiga ko`ra sozanda va xonanda uchun muximshart-xunarga xalol xizmat qilish, imonli, e’tikodli bo’`lishdir. Zero soz Allox tomonidan vandalariga karomat bilan inoyat qilingan. Ulug` narsalardan biridir.
•Risolaning mazmuni quyidagicha: Ollox taolo Odam Ato tanasini loydan yasagandan keyin elchi farishta xazrati Javroil, olamni xarakatlantiruvchi farishta xazrati Mikoil, oxiratda karnay chaluvchi, bo’`ron farishtasi xazrati Isrofil, jon oluvchi farshita xazrati Azroilga vujudga jon kirgizishni topshirgan . Odam ichining qorong`i-zimistonligidan jon u yerga kirishidan bosh tortadi. Farishtalar ko`p va xo`v o`ylashib, oxiri jonni antiqa yo`l bilan odam vujudiga kiritishga qaror qilibdilar. Ular jannatdan tut yoqochini g`olib chiqib, Jabroil tanbur, Mikoil dutar, Isrofil nay, Azroyil g`ijjak asboblarini yasabdilar, lekin qancha o’rinishmasin, cholg`ulardan tovush chiqara olishmavdi. Forishtalar charchav, uxlab qolibdilar. Ularning xatti-xarakatini naridan kuzatib turgan Shayton, bari bir men aralashmasdan xech ish chiqmas ekan deb, tanbur, dutor va g`ijjaklarning quloqlaridan pastiga bir donadan cho`p qistirib, nayning teshiklari yonidan yana bir teshik ochadi («shayton xarrak» va «shaytan teshik» iboralari ana shu kundan qolgan.) «Shayton xarrak» barcha torli sozlarda ularning quloqlaridan pastroqqa o`rnatiladigan, torlarni ko`tarib turuvchi cho`pdir. Mazkur cho`p torlarni dasta yuzasiga tegib, siqilib qolishdan asraydi va jaranglashini ta’minlaydi. Shuningdek, shayton surnay «bachka»sini ham yasav, o`rnatgan ekan. «Bachka»- surnay yasalgan yog`ochga mos keladigan boshqa xil mevali daraxt yog`ochidan ishlangan ichi teshik, ostki va ustki yonlaridan bittadan teshik ochilgan naychadir. «Bachka» surnayga kiygizilganda uning yon teshiklari, surnayning bosh barmoq va ko`rsatkich barmoq bilan bo’siladagan yuqori teshiklariga to`g`ri kelishi kerak, aks xolda oxang mutanosibligi va yuqori pardalardagi xushsadolikka putur yetadi. O`tmishdan ribo’yatat qilishlaricha surnay asbobiga shayton aralashgani uchun uni chalish va eshitish gunox hisoblangan. Lekin xazrati Dovud tomonidan surnayga temirdan milni yasav o`rnatilgandan keyin bu cholg`u xalol deb topilgan. Bir payt to`rtala farishta uyg`onib qarashsa, cholg`ular qo`l tekizishga maxtal bo’`lib turgan emish. Shundan keyin xazrati Javroil latif nag`ma o`ylab topadi va uni farishtalar bilan jo`rlikda chalib, joni Odam ato vujudiga kiritgan ekanlar. Ushbu bo’qeadan keyin nag`maning piri xazrati Javroil xisoblangan. Undan tashqari temirchilar piri xazrati Dovud, uning xar bo’lg`a urishidan yangi nag`ma paydo bo’`lar ekan va 360 ta nag`masi borligi ta’riflanadi. Nafasi o`liklarga jon vag`ishlovchi xazrati Iso, ezgu ishlarni amalga oshiruvchi va adolatparbar kishilar xomiysi Xo`jayi Xizr, yuqorida muborak nomlari keltirilgandan bulardan tashqari, musulmon payg`ambarimiz va pirlaridan Muhammad alayxissalom va uning choriyorlari - Abu Bakr, Usmon, Umar, Ali, afsonaviy qaxramonlar - Jamshid, Rustam, Suxrob, dostonlar qaxramonlari - Bobo qo`rqut (Dada qo`rqut), Oshiq Oydinpir, Go`ro`g`li, Oshiq Garib, Mulla G`oyib va boshqa juda ko`plab mo`tabar va tabarruk pirlar sozandalik va baxshilik xunari rivojini ta’minlar ekanlar. Shu sababdan ham ularga sig`inish va pir-ustod deb bilish sozandalik risolasida og`zaki muxrlangan qonun bo’`lgan. Bu qonunga amal qilish esa ustozdan - shogirdga, avloddan-avlodga o`tib kelgan. Turkman shoiri Mulla G`oyib o`zining quyidagi she’rida sozandalar risolasi mazmunini ixcham qilib mujassamlashtirgan: quyidagicha bayon qilgan.


Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə