O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Fakultet ilmiy kengashi raisi: dots. A.Aymatov



Yüklə 73,27 Kb.
səhifə2/16
tarix13.03.2022
ölçüsü73,27 Kb.
#84458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ишчи дастур 2021-2022 математика

Fakultet ilmiy kengashi raisi: dots. A.Aymatov


Fakultet uslubiy kengashi raisi dots.G.Raximova

Kelishildi:

O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i B.Aliqulov
Kirish

Ushbu umumiy pedagogika fanidan tuzilgan dastur pedagogika fanining tuzilishi, ilmiy tadqiqot metodlarini, didaktika-ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, maktabshunoslik, pedagogika tarixi,pedagogik mahorat va ijtimoiy pedagogikaga doir masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Fanning maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad:Ta’lim va tarbiya jarayonida milliy g‘oya va ma’naviyatimizning boy meroslaridan foydalanish, o‘z pedagogik faoliyatini rejalashtirish,ta’lim muassasalarida o‘qitish va tarbiyalashning zamonaviy metod va texnologiyalarini qo‘llash, o‘quvchini rag‘batlantirish, uning faoliyatini nazorat qilish, iste’dodi, iqtidorini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, ayni zamonda jazolashning zamonaviy shakllaridan foydalanish,o‘quvchilar bilimini baholash, ota-onalar, jamoa, o‘quvchilar bilan yakka va guruh bo‘lib ishlash, o‘quvchilar guruhlarini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

Umumiy pedagogika o‘quv kursi talabalarning psixologiya, yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi bo‘yicha oldingi tayyorgarlik darajasini hisobga oladi va pedagogik bilim hamda ko‘nikmalarni puxta egallash uchun asos yaratadi.

Fanning vazifasi:Talabalarga umumiy pedagogika nazariyasi va tarixi, pedagogik mahorat, ijtimoiy pedagogika fanlarini nazariy jihatdan ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonida chuqur o‘rgatish asosida olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

Umumiy pedagogika fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:

  • O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli;

  • ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiatsiyasi, yagona pedagogik jarayon;

  • XXI asr pedagogi obrazi;

  • pedagogik antropologiya;

  • ta’lim nazariyasi(didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari;

  • ta’lim prinsiplari;

  • ta’lim metodlari, texnologiyalari;

  • ta’lim turlari va bosqichlari;

  • ta’limni tashxis qilish;

  • tarbiya nazariyasining mohiyati;

  • tarbiyaning mazmuni, prinsiplari;

  • tarbiyada muhit (sotsium), ruhiyat(psixologiya);

  • tarbiya metodlari va texnologiyalari;

  • maxsus pedagogikaning o‘ziga xos xususiyatlari;

  • tarbiya turlari;

  • jamoada, oiladagi tarbiya hamda o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi;

  • ta’limni boshqarish shakllari;

  • shaxsga ta’lim va tarbiya berish g‘oyasining paydo bo‘lishi;

  • ta’lim va tarbiya to‘g‘risida Sharq va G‘arb mutafakkirlarining qarashlari;

  • tarbiya, maktab va pedagogik fikrning taraqqiy etish tarixi;

  • jahon pedagogik jarayoni;

  • O‘zbekiston Respublikasida pedagogika fanining rivojlanishini;

  • pedagogik fikr tarixida mahorat masalalari;

  • pedagogik qobiliyat, uning turlari;

  • pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari;

  • pedagogning muloqot madaniyati va psixologiyasi;

  • pedagog va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari;

  • pedagogik nazorat va odob-axloq me’yorlari;

  • pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari;

  • ta’lim jarayonidagi pedagogning mahorati;

  • pedagog mahoratini takomillashtirish shart-sharoitlarihaqida bilimga ega


Yüklə 73,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə