O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


KURS ISHINING MAQSAD VA VAZIFALARI



Yüklə 260,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix15.04.2023
ölçüsü260,51 Kb.
#105580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi SOTSIAL p

KURS ISHINING MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
Kurs ishining maqsadi – talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash
uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurliligini va sifatini belgilash 
hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan 
iborat: 
-
«Sotsial psixologiya” fanidan tanlangan kurs ishi mavzusi bo’yicha mavjud 
sotsial psixologik muammolar mohiyatini nazariy va amaliy asoslash va 
mazmunli yoritilishi; 
-
sotsial psixologik tadqiqotlarni tashkil etish, o’tkazish metodlari va uning
 
vositalaridan foydalana olishi;
 
-
psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga aloqador tizimlar, kategoriyalar, 
mexanizmlar, qonuniyatlar, asosiy holatlarni tahlil qilish
-
insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holatni optimallashtirishni 
bilishi va ulardan foydalana olishi; 
-
turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o’rganishda sotsial psixologiyaning har 
xil usullarini qo’llashi; 
-
Prezident Sh.M.Mirziyoyev asarlarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan 
qabul qilingan sotsial psixologik muammolarga tegishli qonunlarni va Vazirlar 
Mahkamasi chiqargan me’yoriy hujjatlarni ishda o’zlashtirishi; 
-
internet ma’lumotlari, hisobotlar va hujjatlarni tahlil qilish; 
-
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hamda ta’lim samaradorligini oshirishga 
qaratilgan yo’l-yo’riq, xulosalar va ko’rsatmalarni ishlab chiqish. 
-
Sotsial psixologiyaning nazariy va amaliy sohalarini optimallashtirishning 
ilmiy yo’nalishlarini tahlil qilish. 
Kurs ishini bajarish jarayoni o’quv jarayonning ajralmas qismi bo’lib, uni 
to’g’ri tashkil etish yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir ko’rsatadi.
Shuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba o’z mehnatini quyidagi 
bosqichlar bo’yicha to’g’ri taqsimlashi katta ahamiyatga ega: 



-
kurs ishi mavzusini tanlash; 
-
axborot-uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yig’ish va 
ularni o’rganish; 
-
kurs ishi mavzusi rejasini tuzish; 
-
mavzuga oid turli ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash; 
-
kurs ishi matnini yozish; 
-
kurs ishini rasmiylashtirish; 
-
kurs ishi himoyasi; 
Kurs ishini bajarishda talaba o’z ustida ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi 
rahbari bilan maslahatlashishi va tegishli ko’rsatmalar asosida faoliyat ko’rsatishi 
zarur hisoblanadi. 

Yüklə 260,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə