O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 232,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix25.03.2018
ölçüsü232,73 Kb.
#33351
1   2   3   4   5   6   7   8   9

20

Biriktiruvchi to‘qima

Biriktiruvchi to‘qima tuzilishi va faoliyati jihatidan turlicha. 

Ular hujayralar, kollagen, elastik, retikulyar tolalardan iborat 

hujayralar aro modda va asosiy moddadan tashkil topgan. Birik-

tiruvchi to‘qima hujayralarning oziqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan 

trofik vazifani, himoya (fagositoz, immun tanalar ishlab chiqa-

rish) mexanik (a’zolar to‘qimasi asosini hosil qiladi) va plastik va-

zifani bajaradi.

Biriktiruvchi to‘qima xususiy biriktiruvchi to‘qima, tog‘ay va 

suyak to‘qimaga bo‘linadi. Xususiy biriktiruvchi to‘qima yum-

shoq va alohida xususiyatga ega zich tolali biriktiruvchi to‘qima-

ga bo‘linadi.

Yumshoq biriktiruvchi to‘qima (7-rasm) hujayra va tarkibida 

tolalari turli yo‘nalishda bo‘sh joylash 

gan hujayraaro moddalar-

dan iborat. Hujayraaro modda tarkibida kollagen, elastik tolalar va 

asosiy modda bo‘ladi. Yum shoq biriktiruv chi to‘qima qon tomirlar 

bo‘ylab joylashadi. Biriktiruv chi to‘qimaning asosiy moddasi tar-

kibida mukopolisa xaridlar bo‘lgan bir turli massadan iborat. Birik-

tiruvchi to‘qimaning hujayra ele-

mentlari fibroblastlar, makrofa-

glar, to‘qima bazofillari, plazmo-

sitlar va pigmentositlardan iborat 

bo‘ ladi.

Zich tolali biriktiruvchi to‘-

qima (8-rasm) shaklangan va 

shakllanmagan turlarga bo‘lina-

di. Shakllanmagan biriktiruvchi 

to‘qimani asosiy moddasi kam, 

ko‘p sonli kollagen va elastik to-

lalari quyuq to‘r hosil qilib, un-

da hujayra elementlari kam bo‘la-

di. Shakllangan biriktiruvchi to‘-

qimada kollagen tola dastalari 

ma’ lum yo‘nalishda joylashadi.

Alohida xususiyatga ega birik-

tiruvchi to‘qimaga retkulyar, yog‘ 

va pigment to‘qima kiradi.

Retikulyar to‘qima tarkibi-

7-rasm. Yumshoq tolali

biriktiruvchi to‘qima.

1–fibroblast; 2–elastik tola; 3–lim-

fosit; 4–o‘troq makrofagositlar;

5–kollagen tolalar.




21

da kollagen va elastik tolalardan tash qari retikulyar tolalar va re-

tikulyar hujayralar uchraydu. Retikulyar hujayralarning o‘siqlari 

bo‘lib, ular vositasida bir-biri bilan birikib to‘r hosil qiladi. Re-

tikulyar tolalar har tomonga yo‘nalib joylashadi. Retikulyar to‘qi-

ma qon ishlab chiqaruvchi va immun tizimi a’zolari to‘qimalari 

asosi

 

tarkibiga kiradi.



Yog‘ to‘qima zaxira oziqa moddalar to‘plangan joy hisobla-

nadi. Odamda u teri osti yog‘ qatlamini hosil qiladi, shuningdek, 

charvida va buyrak atrofida bo‘ladi. Yog‘ hujayralari tarkibida yog‘ 

tomchisi bo‘lib, ular o‘rtasidan kollagen, elastik tolalar o‘tadi va 

fibroblast, semiz hujayralar, limfositlar joylashadi.

Pigment to‘qima deb, tarkibida ko‘p pigment hujayralari – 

melanositlar bor to‘qimaga aytiladi.

Tog‘ay to‘qima bo‘g‘im tog‘ay lari, umurtqalararo disk, tashqi 

burun, hiqildoq, traxeya va bronx larni hosil qiladi. Tog‘ay to‘qi-

ma 2–3 tog‘ay hujayralarining (xon-

droblast va xondrositlar) guruh shak-

lida ko‘p miqdordagi zich, pishiq hu-

jayralar aro moddalar bilan o‘ral-

gan holda joylashishidan hosil bo‘la-

di. Tog‘ay to‘qima tarkibida 70–80 % 

suv, 10–15 % organik moddalar va 

4–7 % tuz lar bo‘ladi. 

Tog‘ay to‘qimaning 50–70 % qu-

ruq moddasi kollagendan iborat. Hu-

jayralararo moddaning tuzilishiga 

qarab gialin, elastik va tolali tog‘ay 

to‘qima tafovut qilinadi.

Gialin tog‘ay (9-rasm) havo 

rang 


bo‘ladi. U turli shakldagi tog‘ay hu-

jayralaridan iborat, hujayralararo 

mod  dasi tiniq bo‘lib, kollagen tolalar 

va asosiy moddadan tashkil topgan. 

Bo‘g‘im tog‘aylari, qovurg‘a tog‘ay-

lari, suyaklar epifizi tog‘ayi va hiqil-

doqning ko‘p tog‘aylari gialin 

tog‘aydan tuzilgan.

Elastik tog‘ay to‘qima egiluv-

chanligi va pishiqligi bilan farq 



8-rasm. Zich tolali

biriktiruvchi to‘qima.

1–kollagen tolalar dastasi;

2–fibroblastlar yadrosi.



22

qiladi. Uning asosiy moddasida 

kollagen tolalar bilan bir qator-

da ko‘p miqdorda elastik tola-

lar ham bo‘ladi. U sariq rangga 

ega bo‘lib, gialin tog‘aydan xi-

raroq. Odamning quloq supra-

si tog‘ayi, hiqildoq usti tog‘ayi, 

eshituv nayining va tashqi eshi-

tuv yo‘lining tog‘ay qismi elastik 

tog‘aydan tuzilgan.

Tolali tog‘ay to‘qimaning 

asosiy moddasida ko‘p miqdorda 

kollagen tolalar bo‘lib, unda yu-

qori darajadagi mustahkamlikni 

ta’ minlaydi. Tolali tog‘ay to‘qi-

ma umurtqalararo diskning fi-

broz halqasini, ba’zi bo‘g‘imlar-

ning bo‘g‘im ichi diskini hosil 

qiladi, shuning dek, chakka-pastki jag‘ va to‘sh-o‘mrov bo‘g‘im-

larining bo‘g‘im yuza 

larini qop 

laydi. Tog‘ay to‘qima tashqi to-

mondan tog‘ay usti pardasi bilan qoplangan. Uning ichki qatlami-

da xondroblastlar bo‘lib, ulardan yosh tog‘ay hujayralari – xon-

drositlar rivojlanishi hisobiga tog‘ay o‘sadi.



Suyak to‘qima (10-rasm) o‘zining mexanik xususiyatlari bilan 

farq qiladi. U tarkibida ossein (kollagen) tolalari va noorganik tuz-

lari bo‘lgan asosiy hujayralararo 

modda ichida joylashgan suyak 

hujayralaridan iborat. Suyak-

ning noorganik moddasi asosan 

kalsiy va fosfor tuzlaridan iborat 

bo‘lib suyakning mustahkamligi-

ni ta’minlaydi.

9-rasm. Gialin tog‘ayning tuzilishi:

1–tog‘ay usti parda; 2–yosh tog‘ay 

hujayralari bor soha; 3–hujayralar-

aro asosiy modda; 4–xondrositlar.



10-rasm. Suyak to‘qima.

H–suyak hujayralari; B–suyakning 

kesmasi. 1–suyak usti parda;

2–osteon qatlami;

3–markaziy kanallar; 4–

vsteositlar.




Yüklə 232,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə