O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek Nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining Jizzax Filiali



Yüklə 163,95 Kb.
tarix22.08.2023
ölçüsü163,95 Kb.
#120810
sevinch mustaqil ish


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta
Maxsus Ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek Nomidagi O’zbekiston
Milliy Universitetining Jizzax Filiali





___________________________________________________________fakulteti__________________________________________________________kafedrasi____________________________________________________________fanidan


MUSTAQIL ISH
Mavzu:____________________________________________________________
Bajardi:_____talabasi Mengliyeva Sevinch
Qabul qildi: Mamaraimov Abror
Mavzu:Hosting haqida


REJA:
1.Hosting hnaqida
2. Veb-hosting xizmati tariflari
3. 10 ta bepul hosting provayderlari haqida

Agar siz «hosting nima» deb qidirayotgan bo’lsangiz, demak web sayt yaratishni boshladingiz. Web-sayt yaratilganda tarkibida ko’p ma’lumotlar bo’ladi: HTML va CSS fayllar, saytga kiritilgan ma’lumotlar, rasmlar va media fayllar. Xo’sh, shu barcha ma’lumotlar internetga ko’rinishi uchun ular qayerda joylashgan bo’ladi? Qayerda turadi? Ushbu maqolani veb-hosting nima ekanligini, nima uchun unga ehtiyoj borligini va hosting provayderlari sizga ishlashga qanday yordam berishi mumkinligini tushunishga yordam berish uchun to’pladik.


Veb hosting – bu Internetda veb-saytingiz oson topilishi uchun «saqlaydigan» joy. Ushbu bo’shliqdan butun dunyo bo’ylab internet foydalanuvchilari o’zlarining qurilmalarida veb-manzilingizni kiritganlarida sizning tarkibingizga kira oladilar. Siz ushbu joyni sotib olishingiz yoki ijaraga olishingiz mumkin, odatda oylik yoki yillik to’lovlar amalga oshiriladi Hosting – bu veb-saytingizdagi fayllarni Internetga nashr etishga imkon beruvchi onlayn xizmat. Shu tufayli Internetga kiradigan har bir kishi sizning veb-saytingizga kirish huquqiga ega bo’ladi. Amalda, bu veb-hosting provayderidan oladigan xizmat deb tushuniladi. Nazariy jihatdan o’zingizning veb-saytingiz uchun haqiqiy serverni uyda joylashtirishingiz mumkin bo’lsa-da, veb-hosting xizmat ko’rsatuvchisiga ishonish juda ko’p afzalliklarga ega. Qisqa qilib aytganda, hosting kompaniyalari veb-saytlaringizni Internetda joylashtirish uchun xizmatlar va texnologiyalarni ijaraga berishadi. Siz o’zingizning domen nomingizni tanlaganingizdan va hosting bo’ycha shartnoma imzolaganingizdan so’ng, veb-saytingiz Internetda paydo bo’ladi. Hosting xizmatlaridan foydalanganingizda, hosting egalari serveringizning (Server-bu ma’lumotlarni saqlovchi kompyuter) ishlashiga ishonch hosil qilish uchun javobgardir. Nafaqat bu, balki har qanday xavfsizlik ta’minlovchi va barcha fayllar, aktivlar va ma’lumotlar bazalarini serverga saqlash uchun javobgardir. OQILA web studiyasida yaratilgan web saytlarga bir yillik bepul hosting imkoniyatlari beriladi.

Umumiy hosting – bu hosting provayderi bitta serverda bir nechta turli xil veb-saytlarni joylashtirishi. Bu hostingning eng maqbul shakli, chunki siz bitta serverni egallaysiz, shuning uchun siz xarajatlarni qoplay olasiz. Agar siz blog ochmoqchi bo’lsangiz yoki yangi boshlayotgan biznesingiz bo’lsa, unda umumiy hosting eng qulay yo’li.


VPS Xosting
VPS (ingliz tilidan Virtual Private Server) virtual xususiy server degan ma’noni anglatadi. Umumiy xosting singari, VPS-da ishlaydigan veb-saytlar jismoniy serverni boshqa veb-saytlar bilan bo’lishadi. Biroq, har bir VPS ijarachisi kafolatlangan ajratilgan resurslarga ega bo’lgan o’z bo’limiga ega. Unda ko’pincha katta xotira, tez saqlash va qayta ishlash quvvati mavjud – narxi ham shunga yarasha katta. VPS hostingi serverlarni boshqarish ko’nikmalariga ega bo’lgan yuqori tajribali foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi. VPS mijozlari o’z bo’limlariga root-kirish huquqiga ega va o’zlarining dasturiy ta’minotlarini sozlashlari mumkin, masalan Ubuntu, CentOS yoki Windows Server. Bu ushbu tizimlar uchun yaratilgan veb-ilovalarni ishga tushirish uchun yuqori darajadagi xususiylashtirishni ta’minlaydi.
Cloud hosting
Bugungi kunda cloud hosting biroz noaniq atamaga aylandi. Shunday qilib, «Cloud hosting» ga ro’yxatdan o’tayotgan bo’lsangiz, nimalar olayotganingizni diqqat bilan ko’rib chiqishni tavsiya etamiz. Dastlab, «bulutli xosting» bir nechta serverlar uchun kengaytirilgan VPS sozlamalarini nazarda tutgan; Shu tarzda, agar sizning veb-ilovangiz to’satdan trafikni ko’paytirgan bo’lsa, tizim ko’proq resurslarni taqdim etishi va ishlarning barqaror ishlashini ta’minlashi mumkin edi. Bulutli xosting yanada o’zgaruvchan narxlash modeliga va natijada suyuq xususiyatlarga ega bo’lar edi. Biroq, masofadagi kompyuterlarning mashhurligi oshib borgan sari, ba’zi kompaniyalar odatdagi umumiy yoki VPS-xosting uchun atamani birgalikda boshlashdi. Amazon veb-xizmatlari yoki Microsoft Azure kabi boshqa provayderlar bulutli hisoblash xizmatlarini taklif qilishadi, ular odatda bulutga asoslangan
operatsiyalar uchun bir qator boshqa rivojlangan vositalarda bulutli xostingni o’z ichiga oladi. Mumkin bo’lganidek, millionlab serverlarda ishlaydigan ushbu «giperkalserlar» dan biri bilan odatiy veb-saytni joylashtirish yuqori texnik to’siqni keltirib chiqarishi mumkin. Veb-xosting - bu Internetda joylashgan serverga ma'lumot (veb-sayt) joylashtirish uchun resurslarni taqdim etish xizmati. Veb-xosting xizmati doirasida UZINFOCOM Datacentri ma’lumotlarni saqlash va ularning yaxlitligini ta’minlash, va 24 soat davomida texnik xizmat ko'rsatishni ta'minlaydi. Xozirgi kunda UZINFOCOM Datacentrida mitc.uz O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining veb-sayti, www.ziyonet.uz ZiyoNET ta'lim portali, www.uz Milliy qidiruv tizimi serverlari, .UZ yuqori darajali domen zonasining asosiy serverlari va davlat idoralari va ijtimoiy loyihalarning 1000 dan ortiq saytlari joylashtirilgan. Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi tariflar bo’yicha veb-hostng xizmatini ko’rsatadi:

Imkoniyatlar: 


1. FTP xizmatlari;
2. PHP5.3.-5.6. va 7.0
3. Veb server xatolari haqida foydalanuvchi xabarlari;
4. Muqobil domen nomlarini sozlash;
5. Subdomenlarni boshqarish, DNS zonasini boshqarish, veb statistikalarni boshqarish. Xat jo’natuvchilar ro’yixatini boshqarish, spam filtrlarini boshqarish imkoniyati.
6. Ma’lumotlarni to’liq rezerv nusxalarini olish, jumadan shanbaga o’tar kechasi bo`lib o`tadi. Har bir rezerv nusxalari 28 kun davomida saqlanadi. Zamonaviy sayt tayyorlash tijorati ijtimoiy tarmoqlar va bulut texnologiyasi sari jadal qadam tashlayotgan bo'lsa ham, bugungi kunda odatiy web saytlar hostinggiga bo'lgan talab yuqori darajada bo'lganicha qolmoqda. Chunki odatiy hosting xizmati foydalanuvchilaga saytlarini to'liq boshidan qurish imkoni bilan birga sayt quruvchisi (site builder), avto o'rnatgich (auto installer) va boshqa ko'plab qulay imkoniyatlarni ham taqdim etmoqda. Bu imkoniyatlar deyarli barcha hosting provayderlarda bor. Pulli hosting xizmatlari bilan bir qatorda bepul hosting provayderlarda ham talaygina qulay jihatlarni topishimiz mumkin.
Ushbu maqolada bugungi kunda eng yuqori sifat bilan ishlayotgan asosida xizmat ko'rsatganligi sababli bu hostinglardan foydalanganingizda saytingiz TAS-IX tizimida bo'lmasligini eslatib o'tmoqchiman. Shunga qaramasdan Hostinger.ru hostingining O'zbekiston uchun bunda keyin bepul xizmat ko'rsatmasligini hisobga olsak, biz uchun bepul hosting provayderlar haqida bilish foydadan holi bo'lmaydi.
Ro'yxatga o'tishdan avval quyida keltirilgan ro'yxatni tavsiflash uchun ishlatiladigan ba'zi iboralar xususida to'xtalamiz:
Reklamasiz bepul hosting – bu turdagi xizmatni taklif qiluvchi provayder bepul hostingni reklamasiz Sizga taqdim etadi. Odatda bepul hosting xizmatini ko'rsatuvchi provayderlar qayerdandir foyda ko'rish maqsadida o'zida joylashtirilgan saytlarga kamida bittadan majburiy reklama joylashtirishadi. Reklamasiz bepul hostingda esa shunday majburiy reklamalar joylashtirilmaydi.
Bepul domen hostingi – bu xizmat boshqa provayderda ro'yxatga olingan domenning serverda bepul joylashtirilishini anglatadi. Masalan, menda Azamat.uz domeni bor, uni butunlay boshqa provayder orqali ro'yxatdan o'tkazganman. Bepul domen hostingi bor hostda saytimni joylashtirishim va Azamat.uz domenimni shu sayt uchun asosiy domen sifatida tayinlashim mumkin. Ba'zi bepul hostinglar bu xizmatni taklif qilmaydi, yoki pulli xizmat sifatida taklif qilishadi.
Bepul subdomen hostingi – hosting tomonidan taklif etiladigan subdomenlar asosidagi bepul hosting. Bunda provayder hostingni bepul taqdim etadi va unga joylashtiriladigan saytlarning domeni o'zidagi biror asosiy domenning subdomeni bo'lishi kerakligini talab qiladi. Bu holatni Hostinger.ru hostida ko'rganmiz: saytimiz ularning serverida bepul joylanar edi, biz esa ismimiz.besaba.com yoki ismimiz.nginx.ro kabi bepul subdomenlardan foydalanishimiz kerak bo'lar edi. Bepul PHP/MySQL hosting – o'zida PHP va MySQL ishlatishga ruxsat beradigan hosting provayderlar xizmati. Bu turdagi hostinglarda Siz dinamik saytlaringizni hech qanday qiyinchliksiz qurishingiz mumkin bo'ladi. Endi bepul hosting provayderlari ro'yxatiga o'tishimiz ham mumkin. Ularni tasodifiy tartibda ro'yxatga kiritdim, shunday ekan ularning ro'yxatdagi o'rni hosting provayderning sifati yoki obro'sini belgilamaydi.

1. Biz.nf (PHP, MySQL, WordPress, Joomla, Bepul .co.nf subdomen, Reklamalar yo'q);


2. Free Hosting EU (Blog / Site builder, Reklamalar yo'q, Bepul .eu.pn subdomen);
3. Wix.com (Oson sayt quruvchisi: html5, Flash, mobile, blogs, va h.k);
4. WebSiteBuilder (Minglab shablonlar, Google/mobil qurilmabop);
5. Biz.ly (Sayt va blog quruvchisi, Fotoalbom, Bepul .biz.ly subdomen);
6. AwardSpace.net (PHP, MySQL, Email yuborish, Reklamalar yo'q, Bepul subdomen);
7. Jimdo.com (Vizual sayt quruvchisi, video qo'shish, rasm yuklash, online do'kon);
8. ByetHost.com (PHP, MySQL, PHPbb, SMF, Wiki, Bepul subdomen);
9. Webs.com (Oson sayt quruvchisi, blog, formalar, so'rovnomalar, Bepul subdomen);
10. Weebly.com (Shablonlar, Drag & Drop quruvchi, Oson Blog, eCommerce).
O'zbek xalqidagi «Arzonning sho'rvasi tatimas» maqoliga qarama-qarshi ravishda bepul hostinglar ancha mazali sifatni taqdim etishi mumkin. Ammo, pulli, kavolatlangan sifatga hech narsa teng kelmaydi. Shu o'rinda bir yildan buyon o'zim ma'qul ko'rib kelayotgan mahalliy hosting provayderim – aHost.uz hostingini O'zbekiston provayderlaridan joy izlaganlar uchun tavsiya etmoqchiman. aHost O'zbekistonning «deyarli bepul» hostingi, desam mubolag'a bo'lmaydi. 120 ming so'm evaziga bir yillik TAS-IX hosting VA .uz domenini harid qilishingiz mumkin. Aytgancha, aHost nafaqat mening, balki Hosting-Obzor.uz saytida ko'rinib turganidek, millionlab o'zbekistonliklar tanlovi hamdir! Bepul hosting provayderlar xizmatidan foydalanib loyihalar qurishni o'rganing, saytlarni rivojlantirish, ularni yuritish bo'yicha tajribangizni oshiring. Ammo jiddiy sayt va loyihalaringizni albatta pulli hostingda rivojlantirishingizni tavsiya etaman.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:


1.dc.uz
2.zn.uz
3.uzmasters.ru
4.texnoman.uz
Yüklə 163,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə