Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax


Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə8/92
tarix30.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#165869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi j

Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni (egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va shu kabilar) avtomatlashtirishga moʻljallangan. [22]
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma'lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo'lgan sharoitlarni ta'minlaydi.
Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab kilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish - texnologik operasiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob'ektiga nisbatan bo’ladigan ta'sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo’lib, bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik ko’rilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya'ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarhining kamayishiga olib keladi.


    1. Tarmoq texnologiyalari haqida tushunchalar


Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari keng va jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Xar qanday tashkilot yoki muassasini kompyuter tarmoqlarisiz tassavur qilish qiyin. XX asrning oxirida kirib kelgan Internet - halqaro global kompyuter tarmogʻi soʻzimizning isbotidir. Bu tarmoq koʻpchilik kishilarning gazeta va jurnal, kitoblardan kundalik hayotda oladigan axborot yangiliklarining elektron koʻrinishlaridan biri aylanib bormoqda. Shuning uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va ularning tuzilmasini oʻrganish hamda ulardan maʻlumotlar olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə