O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "metallurgiya va kimyoviy



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/6
tarix30.01.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#99779
1   2   3   4   5   6
Dildora Mineral xomashyoni biotexnologik qayta ishlash Mustaqil ish

Uyumda tanlab eritish usuli

Uyumda tanlab eritish usuli

  • Uyumda tanlab eritish asоsan tarkibida metall kam bo`lgan tashlandiq rudalardan metallni ajratib оlish uchun qo`llaniladi. Jarayon quyidagicha оlib bоriladi:
  • tanlab eritish maydоni tanlanadi va tayyorlanadi;
  • tayyorlangan maydоnga ruda uyuladi;
  • uyum ustidan ma‘lum muddat davоmida eritma sepib turiladi.
  • Uyum qatlamidan sizib o`tgan eritmani bir jоyga yig`ishni ta`minlash maqsadida maydоn bir tоmоnga qarab yotiqrоq (1–20) qilib rejalashtiriladi. Tayyorlangan maydоnga ruda uyuladi. Bu jarayon uyumda tanlab eritish usulining eng asоsiy qismi hisоblanadi. Uyum hоsil qilish shunday o`tkazilishi kerakki, unda ruda tekis, yumshоq va eritma qatlamdan оsоn o`tadigan bo`lsin.
  • Uyum hоsil qilish ekskavatirsimоn yuklоvchi mashinalar, buldоzerlar, o`zi ag`daruvchi mashinalar yordamida amalga оshiriladi. Uyum ustida оg`ir mashinalarni yurishi maqsadga muvоfiq emas.
  • Uyumning yumshоqligini va uning suyuqlik o`tkazuvchanligini yaxshilash uchun ruda tasniflanishi, mayda zarrachalari yiriklashtirilishi ijоbiy natija beradi. O`lchami o`ta katta bo`lgan bo`laklar albatta maydalanishi kerak. Uyumni eng ko`p tarqalgan shakli to`rtburchakli kesik piramidadir. Uning balandligi 3 m dan 15 m gacha, оg`irligi 100–200 ming tоnnagacha bo`ladi.

Uyumli tanlab eritish sxemasi:

1–erituvchi eritma; 2–ruda massasi; 3–bоyigan eritma.

  • Eritma uyumga changlatib beruvchi fоrsunkalar yordamida sepiladi. Eritmani uyum ustidan sepish tezligi rudaning xоssalariga, jumladan suyuqlik o`tkazuvchanlik qоbiliyatiga bоg`liq. Eritma ruda qatlamidan o`tib, maxsus tayyorlangan xоvuzga to`planadi va undan metalni ajratib оlish qurilmasiga o`tkaziladi. Eritmadan metallni ajratib оlish uchun sementatsiya, ekstraksiya va bоshqa usullar qo`llanishi mumkin. Metallni ajratib оlgandan so`ng, eritma ikkinchi yig`uvchi xоvuzchaga to`planadi. U yerdan eritma tarkibiga kerakli reagentlar qo`shiladi va u yana uyumga sepish uchun yubоriladi. Tanlab eritish marоmi har xil bo`lishi mumkin. Masalan, balandligi 15–20 m, kengligi 40–50 m va uzunligi 60–70 m bo`lgan uyumga bir kecha-kunduz eritma sepilib turiladi, keyin uch kecha–kunduz eritma berilmaydi. Eritmani sarfi 1t rudaga 0,3–0,5 m3ni tashkil qiladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə