O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Til – taraqqiy qilib, o‘zgarib boruvchi hodisa



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/69
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#141770
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
1-kurs majmua

Til – taraqqiy qilib, o‘zgarib boruvchi hodisa
Til to‘xtovsiz ravishda o‘zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy 
hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq. Tilning 
taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug‘at boyligida o‘z aksini topadi. Kishilar 
hayotidagi o
‘zgarishlar, ilm
-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib 
boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan 
o‘zgaradi. Buni til tarixini o‘rganish orqaligina sezish mumkin.
O‘zbek tili 

o‘zbek millatining tili,
o‘zbek tili 

O‘zbekiston Respublikasining 
davlat tili. Davlat tili sifatida o‘zbek adabiy tilining mavqei beqiyos darajada o‘sdi, 
xizmat doirasi kengaydi, lug‘at tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik 
qurilishning takomillashuvida katta o‘zgarishlar yuz berdi.


O‘zbek milliy tili hozirgi o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan barcha kishilarning 
umumiy va yagona tilidir. U o‘zbek millatining shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. 
O‘zbek millati shakllangunga qadar u urug‘ tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzid

yashab, rivojlanib keldi. 
O‘zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida uning lug‘at 
tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tilning leksikasi ichki imkoniyatlar bilan 
yangi yasalgan so‘zlar va boshqa tillardan qabul qilingan so‘z
lar hisobiga boyib 
borishi ko‘zga tashlanmoqda. Kishilar ijtimoiy
-iqtisodiy hayotidagi, xalq 
xo‘jaligidagi, madaniyat, fan-
texnika sohasidagi ko‘pgina o‘zgarishlar yangi 
tushunchalarni, yangicha munosabatlarni keltirib chiqardi. Bularning hammasi 
o‘zbek tili leksikasining ko‘pgina yangi so‘zlar hisobiga hamda boshqa tillardan 
o‘zlashtirilgan so‘zlar hisobiga boyishiga sabab bo‘ldi. Masalan: broker, diler, 
makler, kompyuter, menejer, fermer, biznes va h. Ayrim o‘zbekcha so‘zlarning 
ma’nosida o‘zgarishlar ro‘
y berib, ular boshqa ma’nolarda qo‘llana boshladi. 
Masalan: ishbilarmon va tadbirkor so‘zlari ilgari sifat turkumiga mansub bo‘lib, 
belgi ifodalagan bo‘lsa, hozirgi paytda bu so‘zlar ot turkumiga o‘tdi va shaxs 
ma’nosini ifodalaydigan bo‘ldi. Bu jarayonla
rning barchasi o‘zbek tili lug‘at 
boyligini yangi pog‘ onaga ko‘tardi. 
O‘zbek tilining fonetik tizimida, grammatik qurilishida ham ma’lum o‘zgarishlar 
sodir bo‘ldi. 
Jumladan, fonetik tizimda, o‘zlashma so‘zlarda o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan 
bo‘g‘inn
ing yangi turlari (so‘z boshida va so‘z oxirida ikki yoki undan ortiq 
undoshning qator kelishi) paydo bo‘ldi: sport, stol, traktor, shkaf, magistr, 
kongress kabi. Shuningdek, o‘zlashma so‘zlarda ikki unlining o‘zbek tili uchun 
xos bo‘lmagan ketma-ket ke
lish holatlari kuzatiladi: 
aeroport, bionika, geologiya, 
teatr, poema kabi. 
Grammatik qurilishda kelishik shakllari, ayrim ko‘makchilarning ma’nosi va 
vazifasi kengaydi, kelishikli boshqaruv va ko‘makchili boshqaruv me’yorlari 
belgilandi. Ot boshqaruv
i asosida tuzilgan so‘z birikmalari ko‘proq qo‘llana 
boshladi.


O‘zbek tilining bundan keyingi taraqqiyoti leksikaning yana ham boyishi
grammatik qurilishning ichki qonuniyatlar asosida takomillasha borishi bilan 
bog‘liq ravishda davom etadi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə