I.
Kirish
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida buyuk Temur saltanatini uch tarqoq o`zbek
xonligi o`zida gavdalantirdi.
Podsho Rossiyasi O`rta Osiyo mintaqasiga ko`z olaytirib, bu yerdagi mavjud
xonliklar haqida keng ko`lamda josuslik ma`lumotlarini to`play boshladi.
Bu holat
«Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan tashkilotning vakili Antoni Jenkinson
boshchiligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyom bo`ldi. Antoni Jenkinson
Richard va Robert Jonsonlar bilan birgalikda 1558 yilning aprelidan to 1559 yilning 2
sentabrigacha Buxoroda bo`ldi, u yerda Abdullaxon II bilan uchrashdi.
Shayboniylar
sulolasining salohiyatli va mashhur vakillaridan hisoblangan Abdullaxon rus
podshosining elchisi bilan bo`lgan suhbatda Rossiya, Angliya va Turkiya davlatlarining
harbiy qudrati, qurol-aslahasi haqida ma`lumot olishga qiziqqan bo`lsa, Jenkinson va
uning hamroxlari
Buxoroning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqaro aloqalari
haqida imkon qadar ko`proq ma`lumot to`plashga intiladilar.
Rossiya ma`muriyatining ko`rsatmasiga binoan Sibirda joylashtirilgan rus harbiy
qismlari XIX asr 30-yillarida Qo`qon xonligi tomonidan
Sarisuv daryosi va Ulutovda
qurilgan harbiy qo`rg`onlarni buzib tashladi, ustalik bilan Sharq tomondan Qo`qon
xonligi hududlariga suqulib kirishini esa davom ettiradi.
Shuningdek, Rossiyaning xonliklarga tazyiqi g`arbdan-Orenburg tomondan ham
kuchayib bordi. O`rta Osiyoni qo`lga kiritish uchun dastlab «qozoq dashtlar»ini
istilo
qilish zarur degan Pyotr I ning vasiyatiga izchil amal qilgan Rossiya imperiyasi qozoq
dashtlarida qurgan harbiy istehkom vositasida asta-sekin Xiva hududiga yaqinlashmokda
edi. Imperiya siyosatini amalga oshirishda muhim rol o`ynagan Orenburg general-
gubernatori Vasiliy Perovskiy Xiva xonligini tiz cho`ktirishga kirishdi. U katta qo`shin
bilan 1839 yilda Xiva ustiga yurish boshladi. Xiva honi Olloqulixon ham o`zbek, qozoq,
va turkmanlardan iborat birlashgan lashkar bilan ruslarga qarshi otlandi.
Oxir-oqibat,
Perovskiy qo`shini zarbaga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo`ldi. Bu g`alaba
Rossiyaga qarshi kurash bayrog`ini ko`targan qozoq, istiqlolchilarini ham ruhlantirdi.
Uzoq yillardan beri qozoqlarning mustaqilligi uchun jang qilayotgan Kenesari Qosimov
harakati keng quloch yoydi. Xiva xoni unga doimo madad berib turdi.