O‘zbekiston Respublikasi Oliy va inovatsiyalar vazirligi



Yüklə 21,92 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü21,92 Kb.
#136914
1   2   3   4
2 Mavzuga Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar

O‘lchash o‘zgartkichi - o‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan o‘lchash vositasidir. Namuna o‘lchash vositalari ishchi o‘lchash asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalonlar deb, fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlarga aytiladi.
O‘lchov birligi o‘lchash natijasi ko‘rsatilgan birlikda ifodalangan va o‘lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma'lum bo‘lgan o‘lchash holatidir.
O‘lchash aniqligi – bu o‘lchash natijalarini va o‘lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir.
O‘lchash xatoligi o‘lchash natijasining o‘lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir. 17 Mundarija: Fizikaviy kattalikning asl qiymati xatoliklardan xoli bo‘lgan qiymatdir. O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ta'sirida olingan natijalar qiymatidir. O‘lchash ob'ekti u yoki bu fizik kattalikdir.
Qonunlashtiruvchi metrologiya – bu metrologiyaning1 bir qismi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga taalluqli va birliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchash laboratoriyalariga doir davlat talablariga ega.
Metrologiya xizmati – Davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o‘lchashlar birliligini ta'minlashga yo‘naltirilgan faoliyati. O‘lchash vositalarining qiyoslanishni olib borish uchun metrologik xizmatni akkreditlash – bu qiyoslashishlarini bajarishga davlat tomonidan, davlatning ishonchli vakili tomonidan rasmiy tan olinishi.
O‘lchash vositasini qiyoslash usuli – bu qiyoslash sxemasi bo‘yicha yuqoridagi o‘lchash vositalaridan quyidagi o‘lchash vositalariga birlikning o‘lchamini uzatish usuli.
O‘lchash vositalarining qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish - bu o‘lchash vositalarini qiyoslash natijalari bo‘yicha rasmiy hujjatni tuzish va o‘lchash vositasini yaroqliligini ko‘rsatish. 18 Mundarija:

Yüklə 21,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə