O‘zbekiston respublikasi oliy ta`lim vazirligi


Sutcho'pdoshlar - Lactucoideae oilachasi



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#134208
1   2   3
Kurs ishi botanika

1.Sutcho'pdoshlar - Lactucoideae oilachasi.


But oilacha vakillarining to'pgullari (savatchasi),asosan, tilsimon gullardan tashkil topgan. Oilachaga O'zbekistonda keng tarqalgan VA turlarga boy turkumlardan quyidagilar kiradi:
1.Sutcho'p- Laktuca.
2.Tog'saqich - Skorzonera.
3.Takasoqol- Trogopogon.
4.Sachratqi- Cichorium.
5.Karrak- Cousinia.
6.Bo'tako'z- Centaurea.
2. Qoqio‘tdoshlar oilachasi (Asterideae).Bu oilachaga kiruvchi o‘simliklarning to‘pguli, asosan naychasimon gullardan iborat. But oilachaga quyidagi turkumlar kiradi:
Andiz- Inula. Turkumi vakillari ko'p yillik o't o'simliklar. Turkum 100 ta turdan iborat. Markaziy gullari naychasimon, ikki jinsli , sariq rangli. .
1- rasm. Andiz -Inula.
Andizlarning 9ta turi O'zbekistonda o'sadi. Sariq andiz- Inula grandis. Tog' etaklarida tarqalgan. Ildizidan turli kasalliklari davolashda foydalaniladi.
Kungaboqar -Helianthus. Turkumiga bir yillik va ko'p yillik o'tlar va ba'zi tugunakli o'tlar kiradi. Kungaboqarning yet sharida 55ta turi bòlib, O'zbekistonda ikki turi o'sadi. Kungaboqarning gullari yirik savatchalarda o'rnashgan. Savatchasining markazidagi gullari ikki jinsli, naychasimon, savatchasining chetidagi gullari soxta ipsimon tuzilishiga ega. Mevasi pista meva, undan moy olinadi. Urug'laridagi moyning miqdori 35-46% atrofida bòladi. Qoqio'tdoshlarga mansub madaniy-manzarali o'simliklardan biri moyli kungaboqar hisoblanadi. Uning to'pgullari kun chiqqandan to botguncha quyoshga qarab buriladi, shuning uchun ham u kungaboqar nomini olgan.
.
2- rasm.Kungaboqar -Helianthus.
Oddiy bo'ymadaron-Achillea millefolium. Ko'p yillik o't o'simliklar hisoblanadi. Bo'yi - 30-70 sm ga yetadi. Ildizpoyali o'simlik hisoblanadi. Barglari uch marta patsimon qirqilgan. Poyaning uchki qismida yassi to'pgullari savatcha shaklida joylashgan bo'ladi. Savatchalari uzunroq, qadahsimon shaklda. Bo'ymadaron- turkumiga 100 ta tur kirib, shundan 5ta turi O'zbekistonda o'sadi, turkumning barcha turlari dorivor hisoblanadi. Tog' yonbag'irlarida, bog' va ekinzorlarda, cho'l yoqalarida o'sadi. Adir mintaqasidan yaylov mintaqasigacha tarqalgan. Gullash davrida uning yer ustki qismida tayyorlangan qiyom yoki sharbati xalq tabobatida oshqozon va ichak, bosh og'riq, qon ketish kabi kasalliklarni davolashda foydalaniladi.
3-rasm. Oddiy bo'ymadaron-Achillea millefolium.
Shuvoq turkumiga mansub o'simliklar chorvachilikda o'ziga xos o'rinni egallaydi. O'zbekistonda shuvoqlarning 39 turi uchraydi. Bular bir yillik hamda ko'p yillik o'tlar va yarim butalar hisoblanadi.Cho'l o'tloqlaridagi shuvoqlar qorako'l qo'ylari va tuyalarining kuzgi hamda qishgi asosiy ozig'idir. Bunga misol qilib, Ermon- shuvog'ini olish mumkin.
O'q shuvoq, turon shuvog'i (qora jusan), yovshan shuvoq kabi turlari O'zbekistonda keng tarqalgan o'simlikdir. Yozning quruq va jazirama kunlarida shuvoqda "yozgi tinim" davri hisoblanadi. Savatchasining har birida 5-7 tadan ikki jinsli naychasimon gullari bòladi. Kuz kelgach, shuvoqlar yana o'sa boshlaydi. Mevasi oktyabrning oxiri yoki noyabrning boshida pishadi va to'kila boshlaydi.
Shuvoq- Artemisia. Turkumiga ko'p yillik o'tlar, bir yillik o'tlar va yarim butalar kiradi. Shuvoqlar turkumining 500 ga yaqin turi bo'lib, O'zbekistonda 40 dan ortiq turi o'sadi. Shuvoqlarning hamma turlarining tarkinida efir moylari bo'ladi.
Ermon- A.absinthium. Kumushsimon tuklar bilan qoplangan ko'p yillik o't o'simliklar hisoblanadi. O'zbekistonda ariq bo'ylarida, yo'l yoqalarida va tog' yonbag'irlarida o'sadi. Barglari va yer ustki qismi tibbiyotda ishtaha ochuvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan dorivor sifatida ishlatiladi.
4-rasm. Shuvoq-Artemisia.

Maxsar - Carthamus.Turkumi vakillarining to'pgullari ikki jinsli, naychasimon, urug'i pistacha , tòrt qirrali, undan moy olinadi. O'zbekistonda masxarning tòrt turi uchraydi.
O'lmas o't- Helichrysum. Ko'p yillik o'tlar hisoblanadi. Adir va tog'yonbag'irlarida o'sadi. Gullari to'q sariq, tibbiyotda dorivor o'simlik sifatida ishlatiladi.
Moychechak- Matricaria. Bir yillik o't o'simliklar hisoblanadi. Barglari ikki karra patsimon qirqilgan. Poyasi bir yoki bir nechta bo'lib, tik yoki ko'tarilib o'sadi. Tepa qismidan shoxlangan, hidli, dorivor o'simlik sifatida tanilgan.
Tirnoqgul - Calendula officinales. Erta bahordan boshlab boshlab yoz bo'yi gullaydigan bir yillik o't o'simliklar hisoblanadi.Tirnoqgul manzarali o'simlik sifatida O'zbekistonda maxsus xo'jaliklarda va shaxsiy tomorqalarda ekiladi. O'simlikning guli xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda dorivor sifatida ko'p ishlatiladi.

5-rasm.Tirnoqgul-Calendula officinales.
Topinambur, yernok (Helianthus tuberosus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shimoliy Amerika. Yevropaga 17-asr boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-asrda tarqalgan. Oʻzbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi. Poyasining koʻrinishi kungaboqarnp eslatadi. Yer osti poyalarida 20—70 ta noksimon (yernok nomi shundan), choʻzinchoq, urchuqsimon va sirti silliq yoki burushikdi tuganak hosil boʻladi. Ildizi popuksimon, tuproqqa 2–3 m kirib boradi. Boʻyi 1,2—2,5, baʼzan 4 m gacha. Barglari bandli, tuxumsimon, gullari savatchatoʻpgulga yigʻilgan. Mevasi pista, 1000 dona pistasi vazni 7—8 gramm keladi.
Topinamburning yer usti poyasi —6°, yer osti poyasidagi tuganaklar —20° ga chidaydi. Shoʻrlanmagan tuproqlarda oʻsadi, oziqaga talabchan. Oʻsuv davri 120—200 kun. Topinambur ayni paytda texnik va oziq-ovqat oʻsimligi hisoblanadi. Tuganagi oziqovqatga ham ishlatiladi. Tarkibida 2,3% oqsil, 0,2% moy, 17,9% azotsiz moddalar, 1,3% kul va boshqa, shuningdek, 16—18% inulin [undan qand (fruktoza), spirt ishlab chiqariladi], V,, S vitaminlar, 100 kg palagida 22,5 ozuqa birligi va 1,8 kg gʻazm boʻluvchi protein bor. Topinamburdan tibbiyotda har xil doridarmonlar tayyorlanadi. Topinambur yetishtirish uchun 25—50 g li tuganaklari ekiladi (yiriklari faqat bahorda kesib ekilishi mumkin). Ekish sxemasi: 70x70, 60x60, chuq. 10—15 sm. Poyasi yoz oʻrtasida oʻriladi, kuzda tuganagi kavlab olinadi. Koʻkati oʻrilmasa tuganak hosildorligi yuqori boʻladi. Hosildorligi: koʻk massa boʻyicha 350 — 500 s/ga, tuganagi boʻyicha 200—250 s/ga. Tuganagi yer ostida yaxshi saqlanadi, shu sababli uni zaruratga qarab kavlab olinadi.Topinamburni xalqimiz yernok deb ham ataydi. Amerikalik hindular uni uzoq umr koʻrish vositasi deyishadi. Chunki, uning tanani umumiy quvvatini oshiruvchi xususiyatlari bisyor.
Yernokdan muntazam isteʼmol qilib turilsa, aʼzolarga tuz yigʻilishi, 2-tur qandli diabet, meʼda-ichak xastaliklari, kamqonlik, ateroskleroz, buyrak va siydik yoʻllarida tosh hosil boʻlishida, asab kasalliklarining oldini olishda juda qoʻl keladi.
Yernok bargini, kartoshkasini yangi holda yoki quritilgan holda ishlatish mumkin. Yangi terib olingan kartoshkasidan 50 g. tozalab, unga hech narsa qoʻshmasdan ovqatdan 30 daqiqa oldin, kuniga 3 mahal isteʼmol qilinsa, qondagi qand miqdori kamayadi. Bargidan salat tayyorlansa faqat qandli diabetnigina emas, balki gipertoniya, meʼda osti bezi xastaliklarini davolashda ham ahamiyati juda kattadir.
Yangi terib olingan, yernokning sarxilidan 1 litr suvga 3 donasini solib, 10-15 daqiqa davomida meva sharbati kabi qaynatasiz.
Yernokning quritilgan kartoshkasidan ishlatmoqchi boʻlsangiz, 1-2 litr suvga 3 osh qoshiq olib 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz.
Iliq holda yoki sovutilganini kuniga 1 l.dan ichish tavsiya etiladi. Bunday qaynatma qondagi qand miqdorini kamaytiribgina qolmay, balki qon bosimini ham tushiradi. Meʼda osti bezining ish faoliyatini yaxshilaydi, qondagi gemoglobin miqdorini oshiradi. .
6-rasm. Topinambur tugunagi.
Xrizantema (Chrysanthenum) - murakkabguldoshlar oilasiga mansub, bir va koʻp yillik oʻt usimliklar turkumi; manzarali ekin. Vatani—Yevropa. 200 ga yaqin turi Hindiston va Afrikada tarqalgan. Hind Xrizantemasi (Chrysanthenum indicum) Gʻarbiy Yevropa, Yaponiya, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlar sanoat gulchiligida muhim ahamiyatga ega. Xrizantemaning mayda gulli va yirik gulli navlari issikxonalarda ustiriladi.

Mayda gulli Xrizantemaning balandligi 50—60 sm, yon shoxlar soni ko'p, har bir shox gul bilan tugaydi. Gullari oq, qizil, och binafsha va h.k. Yirik guli Xrizantemaning balandligi 50—70 sm, 1 yoki 2 shoxli, gullari yirik, murakkab tupgulli, diametri 6—8 sm. Yirik gulli Xrizantema aksariyat uy sharoitida o'stiriladi. Xrizantema toʻpgulining chiroyliligi, uzoq muddat gullay olishi tufayli uning bir yillik turlari gulchilikda ekiladi. Xrizantema urugʻidan va 8—10 sm uzunlikdagi qalamchasidan koʻpaytiriladi. May oyida tup oraligi 40—60 sm qoldirib ekiladi. Iyun oyida yon shoxlar chilpib shakl beriladi. Oktyabr-noyabrda gullaydi. Oʻzbekistonda Xrizantemaning Oʻzbekiston tuyonasi, Toshkent tuyonasi va boshqa navlari chiqarilgan. . 7-rasm. Xrizantema.
Qoʻqongul — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki turkum oʻsimliklarning umumiy nomi. 200 turi maʼlum. Shimoliy va Janubiy Amerikada, Afrika, Osiyo va Yevropada keng tarqalgan. Yagona turi — xitoy yoki bir yillik Qo'qongul Xitoy va Yaponiyada yovvoyi holda oʻsadi, gullari yirik, savatchaga yigʻilgan, rangi binafsha, qizil, oq, iyuldan to kuzgacha ochiladi. Bir yillik qatqat gulli va boshqa xillari manzarali Qo'qongulning urugʻboshisi hisoblanadi. Gullarining hidi bo'lmaydi. Ular faqat manzarali gul sifatida ekiladi.Qo'qongulning 4 mingga yaqin madaniy navi bor. Ular bir-biridan shakli, tusi, boʻyi va gullarining joyla-shishi bilan farq qiladi. Qo'qongul ning ikkinchi turkumi turlarining barglari oddiy, ketma-ket joylashgan koʻp yillik oʻtlardan tashkil topgan. Gullari, savatcha, toʻpgullarga yigʻilgan. Tundradan to oʻrmon zonasigacha boʻlgan yamlovlar, dashtlar, togʻ zonalarida oʻsadi. Urugʻidan koʻpaytiriladi. Hovli, bogʻlarda, xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Yillik qo'qongullar yovvoyi avlodlaridir Xitoy aster Kallisferus, 18 asrda Yevropada keldi. O'shandan beri, parvarish ko'plab yangi o'simliklar, turli xususiyatlari bilan ajralib turadi keltirdi. allaqachon 4000 sonini oshdi navlari bo'lgan yillik aster, bizning bog'larda sevimli gullar biriga aylandi.
Ular o`t o'simliklar, keng ildiz tizimiga ega qattiq tik borib taqaladi bo'ladi. Gullashda ularda kolba yoki ligule hosil bo'ladi, bir savat, tashkil etadi. sovuq chidamli navlari bor qo'qongullar, kech kuzgacha gul mumkin. Yillik qo'qongullar yovvoyi avlodlaridir. Xitoy aster Kallisferus, 18 asrda Yevropaga keldi. O'shandan beri, parvarish ko'plab yangi o'simliklar, turli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Allaqachon 4000 Dan oshiq navlari bo'lgan yillik aster, bizning bog'larda sevimli gullardan biriga aylandi. .8-rasm. Qo'qongul.
Qoqio't -Taraxacum. Turkumiga ko'p yillik, ikki yillik ba'zan bir yillik o'tlar, o'q ildizli, hamma qismida sut-shira saqlovchi o'simliklar kiradi. But turkumning O'zbekistonda 26 ta turi o'sadi.
Savatchalarining gul o‘rni yassi, bo‘rtgan yoki cho‘kkan bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra to‘pgulning shakli sharsimon, yarimsharsimon, likopchasimon, tuxumsimon, konussimon bo‘lishi mumkin. Bu oila gulli o‘simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi. U deyarli hamma qit’alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda o‘sadigan 920 ta turkumga mansub 19 000 tumi o‘z ichiga oladi. Qoqio‘tdoshlaming ko‘p turlari bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, ulaming juda kam qismini yarim butalar tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o‘sadi. Bu oila vakillarining barglari oddiy, poyada asosan, ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi joylashgan. Barg yaprog‘i butun (kungaboqar), ba’zan patsimon bo‘lingan (shuvoq) bo'ladi. Qoqio‘tdoshlaming muhim belgisi bu- to‘pgullarining savatcha shaklida bo‘lishidir. Savatcha sirtdan bir yoki bir necha qator, turli shakldagi o‘rama bargchalar bilan qoplangan. Qoqio‘tdoshlaming ko‘pchiligida savatchalar, o‘z navbatida, shingil, ro‘vak, qalqon va boshcha to‘pgullarga o‘mashib, murakkab to‘pgul hosil qiladi. Gulkosachabargi, tojbarg va changchilari 5 tadan joylashgan bo'ladi. Gulkosachasi juda qisqarib ketgan, 5 tishli o‘simta yoki tukchalar shaklida. Gultoji tutash gultojbargli, to‘g‘ri (naysimon gul) yoki qiyshiq (tilsimon guli voronkasimon gul) . Mevasi - pista meva bo'ladi. Qoqio‘tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab 2 ta oilachaga bo‘linadi. Qoqio‘tlar dorivor o‘simlik sifatida juda qadrlanadi.Yozning o‘rtalaridan boshlab vohalardagi ekinlar orasida, yo‘l yoqalari va ariqlar bo‘yida mazkur oilacha vakillaridan bin zangori sachratqi gullaydi.U sachratqi turkumining 0 ‘zbekistonda o‘sadigan yagona turi hisoblanadi. Sachratqining savatchasidagi hamma gullar zangori rangli, ikki jinsli tilsimon bo‘ladi.Sachratqi - dorivor o‘simlik. Uning ildizi, barglari va gullagan paytda poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon- ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Dorivor qoqio't (Momaqaymoq)-Taraxacum offtcinalis.
Respublikamizning hamma joyida keng tarqalgan o'simlikdir. Ko'p yillik o'tlar hisoblanadi. Barglari yer bag'irlab yoki ko'tarilib, yo'l yoqalarida, ariq chekkalarida, bog'larda, aholi yashaydigan joylarda o'sadi. Barglari patsimon qirqilgan, ildiz bo'g'zida joylashgan. Guldor poyasi yo'g'onlashgan, bargsiz uchki tomoni yakka savatcha bilan tugaydi. Gul o'rni tuksiz, mayda chuqurchali bo'ladi. Gullari noto'g'ri, ikki jinslidir. Mahalliy aholi dorivor qoqio'tni tuzli suvda yuvib, ovqatga ishlatadi. Bundan tashqari, undan dorivor o'simlik sifatida ham foydalaniladi. Ko'krak og'rig'i, kamqonlik, darmonsizlanish kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Qoqio't— murakkabguldoshlarga mansub bo'lib, koʻp yillik, sut shirali oʻsimlik turkumi. Boʻyi 10—40 sm, barglari ildiz boʻgʻzidan chiqqan, lansetsimon, koʻpincha toʻpbarg hosil qiladi. Gullari sariq, savatchaga yigʻilgan. Mevasi pistacha. Apreldan-iyulgacha gullab, meva tugadi. Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida tarqalgan. Yoʻl yoqalari, ariq boʻylari, bogʻlar, togʻli joylar va dalalarda uchraydi. Togʻ qoqio'ti, dorivor qoqio't (momaqaymoq), shoxsiz qoqio't, kallakdor qoqio't va boshqa turlari bor. Ildizida inulin moddasi toʻplanadi. Barglari sabzavot sifatida ishlatiladi. Qoqio'tning ildizidan tayyorlangan ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishni yaxshilovchi hamda oʻt haydovchi dori sifatida ishlatiladi.
BO’ZNOCH (Helichrysum arenarium L. Moench.) — qoqidoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 40-45 santimetr, poyasi qalin tuk bilan qoplangan. Pastki barglari keng, teskari tuxumsimon, yuqoridagilari — ensiz, nashtarsimon. Guli sariq, gul savatchalari dumaloq bo’lib, poya uchida murakkab qalqonsimon to’pgul hosil qiladi. Iyun oxiridan sentabrgacha gullaydi. Tog’yon bag’irlaridagi qiyaliklarda o’sadi. Poyasi, bargi va gullarida efir moylari, oshlovchi moddalar, shuningdek karotin, S vitamin, stearin, flavonoid kabi moddalar bor. Bo’znoch gullaridan tayyorlangan qaynatma jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bo’znochdan sariq bo’yoq olinadi. Bo’znoch kiyim-kechaklarni kuyadan saqlashda ham ishlatiladi. .
11-rasm. Bo'znoch.
Gulzorlarda to qish kelguncha chaman bo'lib ochilib turadigan qashqargul, xrizantema, qo'qongul, kartoshkagul va dastargul ham qoqio'tdoshlarning mansub madaniy-manzarali o'simliklardan hisoblanadi. Qoqio'tdoshlarning yana bir ahamiyatga ega vakili dastargul hisoblanadi. Dastargul (Bellis perennis) - Qoqio'tdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt hisoblanadi. Poyasi 10—15 sm keladigan uchi gul savatchalari bilan tugaydi. Barglari poyaning ostki qismida joylashgan. Guli oq, och qizil va pushti. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda oʻsadi. Yovvoyi holda Yevropada, Rossiyada, Kavkazda, Kichik Osiyo va Shimoliy Amerikada uchraydi. Manzarali oʻsimlik sifatida ham ekiladi. Dastargul erta bahordan kuzgacha gullab turadi. Dastargul tarkibida efir moyi, saponinlar, oshlovchi moddalar, antoksantin, shilimshiq va organik kislotalar bor. Xalq tabobatida dorivor sifatida ko'p ishlatoshganda qoʻllaniladi. .
12-rasm. Dastargul.
Kimyoviy tarkibi:
Qoqio't tarkibida taraksatsin, flavaksatsin, arnidiol, faradiol, lyutein, smola, karotinoid, saponinlar, 3% kauchuk, 40% inulin, achchiq moddalar, oshlovchi moddalar, BC, B1, B2, B6, PP, oqsil 5% , Fe, F, Mn, K, Ca tuzlari saqlaydi.
Qoqio't nektar manbasi hisoblanadi.Bahorda gullash vaqtida ayniqsa, shakar, oqsil va yog'ga boy bo'lganda, asal yig'uvchi asalarilar uchun ham ozuqa hisoblanadi. Asalarining ayrim oilalari 12 kilogrammdan 50 kilogrammgacha asal yig'adi. Ularning asali och sariq yoki tiniq sariq rangli bo'lib, tez kristallanish xususiyatiga ega. Dorivor mahsulot sifatida bargi, o'ti, ildizi ishlatiladi. Barglarini, o'tini may-iyun oylarida yig'iladi. Tomirlarini erta bahorda va kech kuzda so'ligan paytida tayyorlanadi. Quritgich shkaflarida 40-50 gradus haroratda quritiladi.
Xalq tabobatida qo'llanilishi bugungi kunda juda keng takomillashgan.Dorivor qoqio't haydovchi, isitmani tushiruvchi, yengil uchlatuvchi, antioksidant xususiyatlariga ega bo'ladi. Suvli eritmalari ovqat hazm qilishni, ishtaha ochishni, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, emizikli onalarda sut kelishini ko'paytiradi. Biologik modda borligi hisobiga undan bo'tqa tayyorlanib, oshqozon va ichakda ovqatni parchalanishida ishtirok etib, ichak faoliyatini tezlashtiradi. Qoqio't kosmetologiya sohasida ham keng qo'llaniladi. Qoqio'tdan qilingan malham, damlama, qaynatma va sharbatlari terini yumshatadi, yuzdagi sepkil, husnbuzar, pigment dog'larini yo'qotishga yordam beradi. Bundan tashqari, allergiya, psariaz, kuygan yaralarga, oyoqdagi qadoqli yaralarga, chipqon kabi teri kasalliklarida ishlatiladi. Achchiq sut shirasidan sevol, qadoqli yaralarni yo'qotishda ishlatiladi. Qoqio'tining ekspiriment va kimyo farmakologik tahlil qilish natijasida antivirus, tuberkulyoz, gelmentlarga qarshi va qandli diabet kaslliklariga qarshilik xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Ildizidan tayyorlangan kukuni tanadan toksinlarni ter va siydik bilan olib chiqib ketishda, podagral va revmatizmda ishlatiladi. Quyuq damlamasi o't haydovchi va oshqozon sekretsiyalari faoliyatini kuchaytirishda ishlatiladi.
Qoqio'ti va ildizidan qanday damlama yoki malhamlar tayyorlash mumkin.
1. Qoqio't tomirini quritib,, uni maydalab, 50 gramm miqdorida olinadi, ustiga 0,5 litr spirtning 40%li eritmasi solinadi. 21 kun qorong'u joyda saqlab, so'ngra doka yordamida suzib olinadi. Kuniga 1 choy qoshiqdan ikki mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin iste'mol qilinadi.
2. May oyidagi yosh barglarini, poyasini terib, bir osh tuzli suvda ivitib qo'yiladi(tarkibidagi achchiq chiqib ketishi uchun). So'ngra toza suvda yuvib, quritib, blenderda maydalanadi, siqib sokini olinadi. Etil spirtining 40%li eritmasi bilan 1: 1 nisbatda ararlashtirib, salqin joyga qo'yiladi va 3 kundan so'ng filtrlab, 1 choy qoshiqdan 2 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin iste'mol qilinadi.

3. Bir choy qoshiq maydalangan o'tga 1 stakan qaynoq suv solib, 2 daqiqa qaynatiladi. So'ngra 3 daqiqa tindirib, 0,5 stakandan 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin iste'mol qilinadi. Bu damlama bavosil, qandli diabetga foydali hisoblanadi.

4. Ikki osh qoshiq mahsulot o'tidan olib, 0,5 litr qaynagan suv solinadi va 20 daqiqa tindirib, dokadan suzib olinadi. 0,5 stakandan ovqatdan oldin iste'mol qilinadi. Buyrakdagi toshlarni sekin-asta tushiradi.

Qoqi o'tidan sovuq va issiq usullarda ham damlama tayyorlash mumkin.
1 usul. Sovuq usulda tayyorlash.
Ikki choy qoshiq maydalangan, quritilgan qoqi o'tidan olinadi va 1 stakan sovuq suv solinadi. 8 soat tindirib, dokadan o'tkazib, 1 osh qoshiqdan 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Oshqozon ichak ikasalligida , hazm qilishda va og'riqni qoldirishda juda foydali.

2 usul. Issiq usulda tayyorlash.
1 choy qoshiq maydalangan o'tga qaynoq 1 stakan suv solinadi , 1 soatga tindirib qo'yiladi, filtrlanadi. 4/1 stakan qaynatmani ovqatdan 30 daqiqa oldin iste'mol qilinadi. Bargdan tayyorlangan bo'tqani yuz terisiga surtiladi va 30 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.Yuzdagi sepkillarni va yuzni oqartirish uchun qo'llaniladi. Erta bahorda O'rta Osiyo mamlakatlarida, Tojikiston, Afg'oniston, Eron, O'zbekistonda ham yosh barglaridan salatlar, tansiq taomlar (manti, xonim, chuchvara) kabilar tayyorlanadi.

.
7-rasm.Qoqio'tdoshlarning vakillari.
Qoqio'tdoshlar oilasining asosiy belgisi to'pgullarning savatcha shaklida bo'lishidir. Savatcha shakli sirtdan bir yoki bir nechta qator turli shakldagi o'rama bargchalar bilan qoplangan ichida mayday gullari jaoylashgan. Savatcha bir gulli yoki ko'p gulli bo'lishi mumkin. Bunday to'pgullar ko'zga bitta Gul shaklida ko'rinadi. Haqiqatda esa bi bitta to'pgullar emas, balki ko'p guldan ba'zan esa turli xil guldan tashkil topgan to'pgullardir.
Dorivor O'simlik Momaqaymoq. An'anaviy Tibbiyot Foydalanish
Momaqaymoq bir o`t ko'p yillik hisoblanadi. Bu oila Asteraceae anglatadi. Momaqaymoq deyarli hamma joyda topish mumkin. Bu bog'lar va o'rmonlar, dala va yaylovlari, yaqin uylarda va yo'llar bo'ylab o'sadi.
Qoqio't qadim zamonlardan beri dorivor o'simlik sifatida ishlatiladi.Bu keng turli mamlakatlardan tabiblarga ishlatiladi. Dorivor o'simlik sifatida, qoida tariqasida, ildizlari, o't va o'simlik barglari ishlatiladi. Ular qizil rangli rezina, achchiq glikozidlar, organik kislotalar, shilliq, kaltsiy va o'z ichiga kaliy tuzlari, shakar, inulin va yog'lani oladi.
Momaqaymoq tufayli organizmiga, uning qon hosil qiluvchi, immunitetlik va tasalli ta'siri xalq tabobatida ham qo'llaniladi, bu bahor eng qimmatli o'simliklar biri hisoblanadi.
Momaqaymoq-diabet bilan kasallangan bemorlar uchun juda foydali hisoblanadi. Buning ajablanarli joyi yo'q, momaqaymoq ildizi xalq tabobatida, hayot manbai hisoblangan. O'simlikning bu qismi ichimlik tuz va uglevod almashinuvini, ovqat hazm qilishni normallashtirish va charchoqni kamaytirishni yaxshilaydi. Momaqaymoq bilan ko'plab kasalliklardan qutilish mumkin. Xalq tabobatida yallig'lanish jarayonlarida yoki o't yo'llari kasalliklari uchun shifobaxsh modda sifatida ishlatiladi. Momaqaymoq damlamasi hazm qilish yo'llarining va ichak faoliyati uchun tavsiya etiladi. Bu damlama oshqozon va ichak fermentlarining faoliyati pasayganda ham iste'mol qilinadi.
Bu o't-tosh kasalligi, jigar sirrozi, gepatit qutulish vositasi sifatida xalq tabobatida ishlatiladigan momaqaymoq hisoblanadi. Bu tanadagi ekzema, teri toshmalar va boshqa kasalliklarda dorivor o'simlik yordam beradi. Ko'pincha, xalq tabobatida ishlatiladigan momaqaymoq revmatik kasalliklar va podagra emas jigar va buyrak faoliyatini kuchaytirish uchun o'tlarni taklifl qqilinadi. Uning davolashda xoletsistit, kolit, gastrit, meteorizm va ich foydalanish, shuningdek, qurtlari qarshi moodda sifatida ishlatiladi.
Qabul dorivor o'simliklar biriktiruvchi to'qima ustiga foydali ta'sir ta'minlash uchun hissa qo'shadi. Bu isitmani tushiruvchi, Balg'am, spazmolitik va surgi sifatida tavsiya etiladi. Emizuvchi ayollar suti kamayganda, bir dori sifatida ishlatiladi. Shunday qilib momaqaymoq ovqat hazm bo'lishini yaxshilaydi va tanadagi gameostazni saqlab turadi. Xalq tabobatida momaqaymoq gullar ham foydalidir. Ulardan bir aralashmasi tabiiy suyuq asal bilan qilgan dori yurak va qon tomirlar kasalliklarining qutulish uchun tavsiya etiladi. Normal dozasi bir choy qoshiq hisoblanadi. Momaqaymoq antisil, antivirus, antikantserogen, anti-diabetik va gelmintlarga qarshi haqida xulosa qilish imkonini beradi.



8-rasm. Dorivor qoqio't.
Qoqio'tdoshlar oilasining asosiy vakili-dorivor qoqio't. Dorivor qoqio'tning gullaganida, uning gullari sariq rangli, savatcha shaklidagi to'pgullar bo'ladi.
Momaqaymoq barglari dorivor xususiyatlari. Barglari, gullar va ildizidan foydalanish usullari.
Kichik sariq momaqaymoq - oziq moddalar oltin zahirasiga ega haqiqiy shifokor bo'ladi. Uning qadimiy uzoq "hayot Elixir" deb hisoblanadi. Kichik o'simlik tabiiy og'riq qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi xususiyatlari mavjud. Barglaridan turli kasalliklarda dori tayyorlanmoqda. Bu o'simlik foydali, nafaqat barglari shifo xususiyatlarga ega.
Dastlab, bu faqat yosh novdalari dorivor maqsadlar uchun ishlatiladi, deb ta'kidlash lozim. Bunday barglari yorqin yashil bo'ladi. Ular bazal Rozetti tuziladi. yaproq uzunligi 5 25 sm dan farq qilishi mumkin.
O'simlik, pastga chuqur ildiz tomiri tuproqqa o'tadi. Uning uzunligi 60 sm va diametri 2 sm bo'lishi mumkin. Momaqaymoq dorivor xususiyatlari borligi tufayli ko'plab kasalliklarni yengish uchun foydalaniladi. Va tez-tez bu davolash - uzoq jarayon.
Ground qismi (barglari, gullari) gullash paytida to'plash uchun da'vat etiladi. Agar qish uchun tayyorgarlik rejangizda dorivor damlama tayyorlash bo'lsa, o'simlik quruq bo'lishi kerak. Bu jarayon ochiq havoda amalga oshiriladi. Biroq, momaqaymoq barglari quyosh nurlari bilan to'inishi lozim.

Kartoshkagul. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 50-200 sm ga boradigan ko‘p yillik, manzarali o‘simlik. Poyasi mo‘rt. Barglari toq patsimon, besh bargchali. Gullari savatchaga yig‘ilgan. Savatcha chetidagi gullar tilsimon, o‘rtasidagilar naysimon ko‘rinishda. Kartoshkagulning yer ustki qismi - poyalari, barglari, gullari har yili kuzga borib qurib qoladi. Yer ostida esa ko‘p yillik tugunaklari (kartoshkalari) hosil bo‘ladi. Bir tup o‘simlikda 5-10 tagacha urchuqsimon tugunak yetiladi. Hozirgi vaqtda kartoshkagulning 300 dan ortiq navi mavjud. Ulardan O‘zbekistonda xrizantemasimon kartoshkagul Red, Bal, Foz, Snejniy Dojd, Ozirps, Fakel kabi navlari o‘stiriladi. Kartoshkagul asosan tugunagi (kartoshkasi), qisman urug‘i yordamida ko‘paytiriladi. Tugunaklar kuzda kovlab olinadi va past haroratli ( + 1, +5° li) maxsus xonalarda bahorgacha qumga yoki qipiqqa ko‘mib saqlanadi. Bahorda tuproq harorati 12-15° C ga yetganda yer 30-35 sm chuqurlikda chopiladi va to‘gunaklar 5-8 sm chuqurlikda ekiladi. Buning uchun una boshlagan kartoshkagul tugunaklari bir necha bo‘laklarga ajratiladi va bittadan ekiladi.Parvarish qilish davomida 15-20 marta sug’oriladi va 2-3 marta o‘g’itlanadiKartoshkagul, georgina(Dahlia) — murakkabguldoshlarga mansub manzarali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik. Barglari patsimon kertikli. Poyasi kovak, moʻrt, boʻyi 35—200 sm. Ildizi kartoshkali. Toʻpguli turli rangdagi juda koʻp tilsimon va naychasimon gullardan iborat. Meksika va Gvatemaladan tarqalgan. 15tacha yovvoyi turi maʼlum. Yevropada 18-asr oxirlarida oʻstirila boshlagan. 8000 dan ortiq navi bor. Ekiladigan xilma-xil K. (D. variabilis) gulining barcha mavjud tur-xillari shartli ravishda 3 guruhga (guli qat-qatmas, yarim qatqat va qat-qat) boʻlinadi. Toʻpgulining tashqi bir qatori tilsimon gullardan, qolgan qismii esa naychasimon gullardan iborat va pionsimon boʻlganlari yarim qat-qat kartoshkagulga, toʻpguli sharsimon va xrizantemasimon boʻlganlari qat-qat gulli kartoshkagulga kiradi. Toʻpgullari 3—35 sm kattalikda. Kartoshkagul qalamchalaridan, kartoshkasi boʻlakchalaridan va ahyonda urugʻidan koʻpaytiriladi. Erta bahorda ekiladi. Kartoshkagul iyul—sentyabr oylarida gullaydi. Kuzgi qorasovuqlardan keyin kartoshkasi (tuganagi) qazib olinadi, quritiladi va quruq qorongʻi xonalarda 4—5° haroratda saqlanadi. .
10- rasm. Kartoshkagul.
O'SIMLIKLAR TARKIBI
Ular xalq tibbiyot momaqaymoq barglari keng ariza topdik. Foydali xususiyatlari noyob kompozitsion isbotladi.
Barglari boy:
taninlar;
shilliq oqsillar (taxminan 15%);
qizil rangli;
phytonutrients;
steroller, yog'lar;
organik kislotalar;
xolin;
inulin;
taraksatsinom;
vitamin C;
Vitamin B6;
A provitamini;
beta-karotin.
marganets, temir, kaliy, kaltsiy, fosfor, kobalt, Bor, mis: Bundan tashqari, ko'plab mikroelementlar boy.
Momaqaymoq ildizi. Dorivor xususiyatlari va holatlar (ular haqida quyida muhokama qilinadi) uzoq tabiblarga ma'lum qilindi va tez-tez kasalliklarga chalinuvchi insonlada, kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladi.
Momaqaymoq ildizida antibakterial ta'sir mavjud.
Ular o't suyuqligini ishlab ishlab chiqarishda yordam beradi va ishtahani yaxshilashda xizmat qiladi. Turli immunitetlik ta'sirli. Bu obstruktiv bronxit taqdirda balg'am ko'chirishda yordam beradi.
Inulin. mahsulot tabiiy polisaxarid. Bu tanadagi qand miqdorini kamaytiradi. Modda ichki organlar devorlarini mustahkamlaydi. yutish xususiyatlarini yaxshilaydi.
Yog' kislotasi gliserid. Bunday moddalar xolesterin va yog'da eruvchi toksinlarni yaxshi kamaytirishda tavsiya etiladi.
Karotinoidlar. Komponentlarda karotin moddasi mavjud. Shunga ko'ra, ular, ko'rish qobiliyatini yaxshilab, organizmdagi moddalar almashinuvini me'yorga keltiradi.
Vitamin B4. Bu gemoglobin ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Modda xolesterin parchalanishidan ishtirok etadi. Vitamin immunitetni oshiradi. Bundan tashqari, u yog' oziq-ovqat va alkogol tez-tez foydalanish oqibatidagi zararlardan jigarni himoya qiladi. Bu Jigar bilan bog'liq bo'lgan kasalliklar oldini olishda foydalaniladi.
Sterol. Bu komponent turli va achigani uchun ajoyib diuretik xususiyatlari hisoblanadi.
Mikroelementlar. Ular immun tizimini qo'llab-quvvatlash, oziq moddalar tegishli assimilyatsiya ta'minlash qonga kislota-ishqor muvozanatini tartibga solishda katta ahamiyatga ega. Mikroelementlarga, Mg, Ag, Zn, Au, Pb, K va boshqalar kiradi.
Ko'rib turganingizdek, u shifo kuch va ildizi va momaqaymoq barglari bilan jihozlangan.
FOYDALI XUSUSIYATLARI
Oddiy momaqaymoq Xalq tabobatida haqiqiy sevimli dorivor mahsulotga aylangan. Bunga dalil bu o'simlikdan tayyorlangan dori retseptlari turli hisoblanadi.
Bu ajablanarli emas. Axir, karahindiba tibbiy xususiyatlari deyarli cheksiz bo'lgan.
But o'simlik quyidagi kabi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
Immunitetlik;
qon ko'paytirish;
laksatifler;
spazmolitik;
virusga qarshi;
diuretiklar;
isitmani tushiruvchi;
antigelmint;
bakteriotsit;
tonik.
Bundan kelib chiqib, bu o'simlik inson hayoti uchun eng foydali hisoblanadi.
O'SIMLIKLARNING TIBBIYOTDA FOYDALANISH USULLARI.
Momaqaymoq - tabiatning haqiqiy sovg'asi. Ko'pchilik bir umumiy o't sifatida unga qaraydi, ammo, but o'simlik juda foydalidir. hokimiyatni shifo barcha qismlarini ega. Ko'plab kasalliklar davolash qobiliyati uchun o'simlik tez-tez deb ataladi.
An'anaviy tibbiyot kasallik turli momaqaymoq foydalanishni tavsiya etadi:

Ildizlari jigar patologiya yaxshi immunitetlik va tasalli xususiyatlarga ega. Ular gepatit, o't-tosh kasalligi bilan kasalanga bemorlar uchun foydali. Gullarining turli foydali xususiyatlari bor. Ular ko'z yoshi, yuzdagi dog'lar, ajinlardan qutulish uchun kosmetika qo'llanilmoqda. Momaqaymoq yuz terisini namlaydi va barglaridan niqob qilinsa, oziq moddalar bilan boyitadi, teri uyg'otadi.O'simlik sharbatining ham katta foydali ta'siri bor. Ular modda almashinuvini rag'batlantirish, zararli toksinlar tanani yengillashtirish, insulin rivojlanishiga hissa qo'shadi. Bundan tashqari, bu sharbati quvvatni qayta tiklash uchun yordam beradi.
O'simlik turli nevrologik kasalliklarda ham ishlatiladi. Bu samarali uyqu dori va sedativ sifatida harakat qilishi mumkin. Damlamalar mavjud, ildizi yasalgan damlama, gipertoniya ateroskleroz jang yordam berish uchun. Ular xolesterin kamaytirish uchun ishlatiladi.
Podagra, buyrak xastaligidan, istisqo, revmatizm, buyrak tosh kasalligi va qon kamlokd yordam beradi.
Qo'shma patologik kasalliklarda ichki va tashqi hollarda ishlatiladi. Uning sharbati suyakni yaxshilashda xizmat qiladi. U kattalar va bolalarda raxit kasalligida da'vodir.
Ildizidan qalqonsimon Bez kasalliklar uchun ishlatiladi. Undan bo'qoq kasalliklarda ham foydalaniladi.
Ildizlaridan yoki barglaridan tayyorlangan damlamasi oshqozon-ichak trakti faoliyatini rag'batlantiradi. Bu ichimlik mukammal gastritni davolash, gelmintlarga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Bu o'simliklar isitmaga qarshi dori sifatida ishlatiladi.
Momaqaymoq qon tozalaydi va tananing oq qon hujayralarini faollashtiradi. Bu anemiya, vitamin tanqisligi, limfa tugunlari, saraton, zaharlanish yallig'lanishi bilan kasalanga bemorlar uchun ishlatiladi.
O'simlik faqat xalq tabobatida ishlatiladigan emas balki ko'pchilik uy bekalari har vaqt mazali va sog'liq uchun foydali taomlarni tayyorlaydi.

Qoqio'tlar dorivor o'simlik sifatida juda qadrlanadi. Yozning o'rtalaridan boshlab vohalardagi ekinzorlarda, yo'l yoqalarida va ariqlar bo'ylarida mazkur oilachaga mansub vakillaridan biri zangori sachratqi gullaydi. I sachratqi turkumining O'zbekistonda o'sadigan yagona turi hisoblanadi. Sachratqining savatchasidagi hamma gullari zangori rangli, ikki jinsli tilsimon bòladi. Sachratqi-- dorivor o'simlik. Uning ildizi , barglari va gullagan paytda poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon va ichak kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Sachratqi, oddiy sachratqi (Cichorium intybus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik betona oʻt. Poyasi shoxlanadi, serbarg, uzunligi 30—130 sm, pastki qismi oq tukli bòladi. Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari havorang, barg qoʻltiqlarida kalta gulbandda to'p- to'p boʻlib, poya uchida esa yakka savatchasimon toʻpgulga yigʻilgan. Ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 1,5 m chuqurlikgacha kiradi. Sachratqi ildizida 20% gacha inulin bor.(Yevropa mamlakatlarida dorivor ekin sifatida ekiladi). Mart—mayda oʻsa boshlaydi, iyul—oktyabrgacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Asosan, sugʻoriladigan ekinlar orasida (bedazorlarda juda koʻp) uchraydi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, yoʻl, dala, ariq yoqalari, bogʻlarda oʻsadi. Zararkunandalarga makon. Xalq tabobatida oftob urganda va sachrama toshmalarni davolashda poyasi qaynatmasi va kulidan foydalaniladi.
Qoqio'tdoshlar oilasining asosan gul tuzilishiga qarab 2ta oilachaga bo'linadi.
Birinchi (suttikandoshlar) oilachaga to'pgullari ikki jinsli tilsimon gullardan tashkil topgan turlari kiradi. But oilachaga O'zbekistonda keng tarqalgan qoqio't, karrak, sachratqi, maxsar, kakra kabi turkumlarning turlari kiradi.
Dorivor qoqio't ko'p yillik o'tlar hisoblanadi.Uni vohalardagi o'simlik o'sa oladigan har qanday yerda uchratish mumkin. Poyasi juda kalta. Gullari gulpoyalarning uchida o'rnashgan savatchalarda joylashgan. Qoqio'tlarning mevasi -- pista meva. Uning uchida o'rnashgan popukchasi bor.
Ikkinchi (moychechakdoshlar) oilacha vakillarining to'pgullari naysimon gullardan tashkil topgan. Faqat ayrim turlarda savatchasining atrofida soxta tilsimon kungaboqar yoki voronkasimon bo'tako'z gullari hisoblanadi. But oilachaga O'zbekistonda keng tarqalgan shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, topinambur , andiz, bo'ymadaron kabi turkumlarning turlari kiradi. Turlarga boyligi jihatidan shuvoq turkumi oilachada alohida o'rin tutadi.

Sachratqi: Foydali Xususiyatlari Va Holatlari.
Sachratqi (har tomonlama foydali xususiyatlari) - O'simlik iyul oyi oxirida gul boshlaydi va sentyabr oyida tugaydi. Xalq tabobatida, sachratqi foydali xususiyatlari, uning ildizi orqali namoyon. .
9-rasm. Sachratqi o'simligi.
QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR
Afsuski, hamma odamlar bu o'simlik bilan davolash murojaat mumkin. Axir, u yaproqlar va momaqaymoq ildizi sifatida ba'zi cheklashlar mavjud. Dorivor xususiyatlari va holatlar diqqat bilan o'rganish kerak. Va faqat o'simlik tanangizni zarar qilmaydi, deb ishonch hosil qilish, uni davolash uchun shifokorga murojaat qilish mumkin.
Agar momaqaymoq barglari foydalanadigan bo'lsangiz, quyidagi holatlani e'tiborga oling:
yuqori darsjadagi gastrit;
oshqozon yarasi;
o't yo'llari kasalliklarda.
Bu qat'iy dor hisoblanib, dozalash miqdori oshmasligi kerak. Aks holda, u qusish, ich ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
Ushbu cheklashlar, shuningdek, o'simliklarning ildizlari davolash uchun qo'llaniladi.
BARGLARIDAN DORIVOR RETSEPTLAR:
Ko'plab tabiblar ham jiddiy kasallik bilan kurashish uchun turli vositalarni taklif etadi. Biroq, yoqimsiz oqibatlarini yuzaga kelmasligi uchun, ularni ishlatishdan oldin, uni shifokor bilan foydalanish muhokama qilish tavsiya etiladi.
Davolash muddati 3 haftaga qadar deyarli har doim bo'ladi. Sezilarli darajada o'nini yaxshi his qilmasa, lekin alomatlar hali to'liq hal bo'lmasa, u davolash davom ettirish mumkin. Albatta, shifokor bilan maslahatlashgan so'ng foydalaniladi.
Shunday qilib, eng samarali vositasi:
Vitamin etishmasligida--Siz momaqaymoq barglari sharbati kerak bo'ladi. Uch hafta davomida quritigan barglaridan foydalaniladi. Bu tibbiyotda, charchoqni yengish uchun yordam beradi. Ichkilikka mukkasidan ketganlarga iste'mol qilishni tavsiya etiladi.1 stakan damlamani kuniga ikki marta foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Kamqonlik bilan kurashda. 1 soat ma'lum miqdordagi qaynoq suvda bo'lgan ezilgan barglari olinadi. Qaynoq suv quyinglar - 1 stakan. 15 daqiqa turib olinadi va suzib olinadi. Kun davomida dori sifatida foydalanish mumkin.
Ovqat hazm yaxshilash uchun. Momaqaymoq barglari (maydalangan) o'simlik ildizlari bilan aralashtirib kerak. Har ikki komponentlar 1 soat kerak bo'ladi. Bu aralashmasi qaynoq suv quyiladi - 2 stakan. Sovutishdan keyin filtrlanadi. Kuniga 1 stakandan ikki marta ichishga tavsiya etiladi.
Tishlarni qonashi va og'rig'ida ham ishlatiladi. Yosh momaqaymoq barglari olinishi kerak. Bu mukammal dori vositasi hisoblanadi va og'riqni yengillatib va yallig'lanishni bartaraf etadida ishlatiladi.
Ajoyib, modda almashinuvini yaxshilaydi, barglaridan tayyorlangan damlama qon tarkibini tozalaydi. Siz quruq o'tidan foydalanishingiz mumkin. Maydalangan xom ashyo (1 osh qoshiq. L.), suv (250 g) qaynoq quyiladi. So'ng bir idishga solib tindiriladi va jarayon 3-4 soat davom etadi. 6 marta bir kunda foydalanishdan oldin suzilgan vositalari olinishi kerak.
Yosh barglari yaxshilab yuvish kerak. 30 daqiqadan so'ng ular tuz eritmasiga botirib qilinadi. So'ngra yana yuvib, qaynoq suv bilan pishiriladi. Yaxshilab xom ashyo maydalab olinadi va sharbat siqiladi. Bu ichimlik suv (1: 1) bilan suyultiriladi kerak. 5 daqiqa davomida qaynatiladi. Ovqatlanishdan oldin bir dori sifatida kuniga uch marta foydalanish mumkin., 50 g sharbat achchiq ta'mi bilan ajralib turadi. yoqimsiz ta'mni neytrallash uchun, siz asal bir qoshiq bilan aralashtirib, yoki murabbo bilan iste'mol qilish mumkin.
Immunitetni oshirish uchun. Bu momaqaymoq barglari bir qaynatma ishlatiladi. 1 stakan qaynoq suv quyinglar - 300 ml. So'ngra, 5 daqiqa ichida vositalari isitiladi. 3 kundan ortiq barglarini quritish kerak. Har kuni ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1/2 chashkada uni foydalanish mumkin.
XALQ TABOBATIDA ILDIZI FOYDALANISH
Ma'lumki, nafaqat momaqaymoq barglari kasallikka qarshi kurashish
uchun ishlatiladi. Ildizidan ham foydalanish - bu salomatligini yaxshilash uchun samarali yo'lidir.
Momaqaymoq barglari turli ovqatlar turli tayyorlash uchun ishlatiladi. salatlarga ayniqsa talab katta. Ular, immunitetni kuchaytirishda, barcha organizmlar uchun shifo beradi.
Salatlar tayyorlash uchun, gullash davridagi faqat yashil barglari foydalanish tavsiya etiladi. O'simlikning allaqachon urug'i hosil bo'lsa, u taom tayyorlash uchun mos emas. Bunda barglari juda achchiq ta'm beradi. Shuning uchun, bu salat mazali emas.
Yosh barglari uzib olgandan keyin uni butunlay yoqimsiz ta'mdan bartaraf etish uchun sizga sho'r suvda barglarini ho'llash, 30-40 daqiqa kerak bo'ladi.

XULOSA.
Qoqio'tdoshlar (Murakkabguldosh) oilasi -- eng katta oila bo'lib, manzarali, yovvoyi, madaniy, ko'pchilik vakillari dorivor o'simlik sifatida ham foydalaniladi. Qoqio'tdoshlar oilasiga ko'plab o'simlik turlari kiradi. Bularga, dorivor qoqio't, bo'znoch, momaqaymoq, andiz, bo'ymadaron, gazanda, zubturum , isiriq, kartoshkagul, xrizantema, qo'qongul, shuvoq tirnoqgul, kungaboqar, topinambur, karrak, sutcho'p, takasoqol, oqqaldirmoq, dovudgul va boshqa turlari kiradi. Tibbiyotda, xalq tabobatida, uy sharoitlarda ko'pchilik maqsadlarda ishlatiladi. Chunki, bu oila vakillarining tarkibida, taraksatsin, flavaksatsin, arnidiol, faradiol, lyutein, smola, karotinoid, saponinlar, kauchuk, oshlovchi moddalar , vitaminlardan B, B1, B2, B6, PP kabi moddalar mavjud. Mazkur oilaning 13 turkumga mansub 50 turi O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitob"iga kiritilgan. Ulardan 30 tasi karrak turkumiga mansubdir. Bu o'simliklarni yo'qolib ketagan va yo'qolib ketish xavfida bo'lgan turlarini muhofaza qilish va ularni asrab- avaylash zarur. Chunki ular inson hayotida katta ahamiyatga ega o'simliklardan hisoblanadi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə