Alfraganus universiteti Fakultet: tibbiyot Yo’nalish: davolash ishi Mavzu: Biogen elementlar. Guruh: 109 Talaba: Mamashukurova Asila. Anvarova Kamola. Qabul qildi: Shapatov. F



Yüklə 7,02 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,02 Kb.
#166091
biogen elementlar


Alfraganus universiteti
Fakultet: tibbiyot
Yo’nalish: davolash ishi
Mavzu: Biogen elementlar.
Guruh: 109
Talaba: Mamashukurova Asila.
Anvarova Kamola.
Qabul qildi: Shapatov.F
Xujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan 92 ta kimyoviy elementlaridan 81 tasi topilgan .Ular biogen elementlar deb ataladi.Ular barcha biokimyoviy protseslarda ishtirok etib insonni o'sishi, rivojlanishi, ko'payishi' qon hosil bo'lishi, immunogenez nafas olish kabi barcha morfofiziologik sistemalarga ta'sir qiladi.Bu elementlarning 15 tasi (temir, yo'd, mis, sink, kobalt, xrom, molibden, nikel, vanidiy, selen, marganets, mishyak, ftor, kremniy, litiy) essensial ya'ni zarur deb topilgan. Bular moddalar organizmga kirgach 105 ta ikki tamonlama ba 455 ta uch tamonlama o'z aro bog'liqlik hosil qiladi.Bu esa o'z navbatida tirik va jonsiz tabiatni umumiyligini ta`kidlovchi dalillardan biridir. Lekin tirik va jonsiz tabiatdagi kimyoviy elementlarning o'zaro nisbati turlicha bo'ladi. Ularni organizmda uchrashiga, bajaradigan vazifasiga, miqdoriga qarab makroelementlar va mikroelementlarga bo'lishimiz mumkin.
Xujayra massasining 98%ni to'rtta element vodorod, kislorod, karbon va azot tashkil qiladi. Ularni makroelementlar deb ataladi. Bu barcha birikmalarning asosiy tarkibiy qismlari ya'ni polimerlari bo'lib, (“poli” - ko'p, “meros” - qism) tarkibida oqsil va nuklein kislotalar, ,fosfor va oltingugurt uchraydi. Mikroelementlar hujayrada juda kam miqdorda uchrab hujayrani 0,02 foizini tashkil qiladi.
Shuning uchun ular mikroelementlar deb ataladi. Biroq ular xam muxim hayotiy axamiyatga ega. Mikroeementlar biologik faolligi yuqori bo'gan moddalar - gormonlar, fermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi. Masalan, qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin gormoni tarkibiga yo'd elementi kiradi. Uning yetishimasligi tiroksinni xosil bo'lishini kamaytiradi, natijada bez gipofunksiyaga uchraydi va buqoq kasalligi rivojlanadi.
Azot, Fosfor, Magniy, Mis, Titan.
N-Azot.
Mendeleyev davriy sistemasida V guruhga mansub, tartib raqami 7,atom og'irligi 14,0067. O'simliklar uchun asosiy «oziq”lardan biri. Inson organizmida oqsil xosil qiluvchi aminakislota, tarkibidada 15-17% oqsil hosil qiladi. Azot faqatgina oqsillar, fermentlar xosil bo'lishida ishtirok etibgina qolmay, balki u xlorofill molekulasi, DNK, RNK, ATF, NAD, NADF, vitaminlar, alkoloidlar va boshqa turli birikmalar tarkibida uchraydi.
P-Fosfor
Mendeleyev davriy sistemasida V gr. tar. r.15 at og'.30.9737. fosfor tirik organizm hujayralari hayotida muhim rol o'ynaydi. Fosfor mono, - di va trifosfoat guruhlar -H2P03-, H4P3010-, tarzida fermentlarning aktiv guruhlari tarkibiga kiradi. Biologik sistemalarda (xujayra mitoxondriyalarida) adinozin trifosfat kislota (ATF) mavjud bo'lib, u organizmga energiya zahirasini berib turadi, difosfat kislota (ADF) va fosfatlar xosil bo'lib bu protsess energiya chiqarishi bilan bog'liq bo'ladi. O'simliklar P. ni tuproqdan fosfatlar holida singdiradi.
Mg.-magniy
Mendeleyev davriy sistemasida IIgr.da tar.r. 12, at.og'.24,305. Magniy hujayrada ribonukleazalarni va nuklein, magniy, kaliy bilan qo'shilib hujayrada muhim jarayonni boshqaradi. Magniy fermentlar faolligini oshiradi va uglevod almashinuvini boshqaradi, oqsil hosil bo'lishini boshqaradi, nerv hujayralarini himoyalaydi, yurak ishini yahshilaydi.Muskullar ishini boshqaradi, kislotalarni parchalanishida ishtirok etadi. Magniy o'simlik va hayvonlar organizmini ajralmas qismidir. 
Ti-titan.
Mendeleev davriy sistemasida IVguruhga mansub, tartib raqami 22, atom og'irligi 47.90.O'simlik va xayvon organizmida doim bo'ladi. Umurtqali xayvonlarning shox xossalari, taloq qalqonsimon bezlarida uchraydi. Kishi organizmiga bir kecha kunduzda oziq moddalar va suv bilan 0.85mg titan o'tadi. Ti. unchalik zaharli emas.
Yod, Kaliy, Selen, Xrom, Toriy.
I - yod
Mendeleev davriy sistemasida VII guruhiga mansub, tartib raqami 53, atom og'irligi 126.9645.. Odam va xayvonlar organizmi uchun zarur mikroelement. Katta yoshdagi odamlar organizmida yodning umumiy miqdori 25mg. (yarimi qalqonsimon bezda) bo'lishi kerak. Ichimlik suvi va kundalik oziq-ovqat organizmning yo'dga bo'lgan talabini qondira olmaydi. Shuning uchun 1kg osh tuziga 15-20mg KI va NaI qo'shiladi. Yo'd modda almashinuviga, ayniqsa qalqonsimon bez faoliyatiga ta`sir ko'rsatadi. Organizmda yetishmasa bo'qoq paydo bo'ladi.Bu esa o'z navbatida asab va gormonal o'zgarishlari bilan bog'liq kasalliklarni keltirib chiqaradi.
K – kaliy.
Mendeleyev davriy sistemasida I guruhiga mansub, tartib raqam 19, atom og'irligi 39.098. Kaliy inson organizmida suv va tuz (natriy xlorid)ni ajratish xususiyatiga ega. Xujayrada nuklein kislota va ribonukleazalarni manbai. Manbalari:100gr o'ora smorodinada 365gr, shaftolida 327, kizilda-294gr, o'rikda-262gr, uzumda-225gr va olmada-86gr kaliy elementi bu'ladi. Kata odamga kuniga 2-3gr kaliy bo'ladi.
Hg-simob.
Mendeleyev davriy tizimining II-guruhiga mansub kimyoviy element, tarkibiy raqami 80, atom og’irligi 200,59. Birikmalari zaharli. Odam va hayvon organizmida simob bo’ladi. Odam organizmiga bir kecha-kunduzda o’rta hisob bo’yicha ovqat orqali 0,02-0,05mg Simob o’tadi. Kishi qonida o’rta hisobda 0,023mkg/ml, siydikda 0,1-0,2mkg/ml miqdorda Simob bor. Simob organizmda Cu,Zn,Cd,Se mikroelementlarining singishi va almashinuvida yordam beradi.
Yüklə 7,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə