Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti


I.2. Qarorlarni ishlab chiqish tartibi



Yüklə 44,82 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü44,82 Kb.
#134509
1   2   3   4   5   6
Boshqaruv qarorlari va ishlab chiqarishning boshqarilishi

I.2. Qarorlarni ishlab chiqish tartibi

Qarorni ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi. Albatta, rahbar uchun qaror qabo’l qilish shunchaki yolgiz yoki chegaralangan maqsad emas. Bu erda bosh masala muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldiga qo’yilgan maqsadning oqilona echim yo’lini topishdan iborat. Shu sababli qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko’lamiga ko’ra hilma-hil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi.


Ravshanki, bunday sxemani taxminiy deb bilmoq lozim. U vaziyatning hususiyatlariga va hal qilinayotgan holatning ko’rinishiga qarab o’zgarishi mumkin.
Umuman qarorni ishlab chiqish jarayonida quyidagi savollarga to’g’ri javob toppish uta muximdir:
* nima qilmoq kerak (ob’ekti miqdori va sifati);
* qanday xarajat (resurslar) evaziga;
* qanday tarzda (texnloogiyada) bajarmoq keraq
* kim uchun bajarmoq kerak
* qanday muddatda bajarish lozim;
* kim tomonidan bajarmok kerak
* qaysi joyda bajarmoq lozim;
* qanday (iqtisodiy, sotsial, texnikaviy, ekologik) samara beradi.
Agar ish savollarga miqdor nuqtai nazardan to’g’ri javob topib, ularni makon va zamon bilan shuningdek, resurs va bajaruvchilar bilan bog’lay olsangiz, bilinki siz qarorni ishlab chiqish texnologiyasini to’liq uddalay olgan bo’lasiz. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlashda ko’p omillarga e’tibor qaratish kerak. Chunki, qarorni ishlab chiqish jarayoni vaziyatni tahlil qilish va vazifani aniqlab olishdan boshlanadi. Vaziyatni tahlil qilish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
*tahlil qilinayotgan ob’ekt xolatinib uning sifat jixatlarini, resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish;
*mazkur ob’ekt samaradorligini jahonning eng yuqori samaraga ega bo’lgan mos ob’ekt bilan taqqoslash;
*taqqoslanayotgan ob’ektlar ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovutlar sababini aniqlash;
*adabiyotlar manbaini, ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha hisobotlarni, patent fondi, iste’molchilar imkoniyatlari va davolarini taqlil qilish;
*ishlab chiqaruvchi va iste’molchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini tahlil qilish;
*mazkur ob’ektning taraqqiyot yo’nalishini shakllantirish va x.k.
Boshqarish jarayoni hamisha biron-bir masalani hal qilishdir, chunki tashkiliy jarayonlar buzilishi tufayli belgilangan parametrlardan og’ish sodir bo’ladi, yangi tashkiliy jarayonlarga zaruriyat tug’iladi, natijada ishlab chiqarish sharoitlari o’zgaradi. Binobarin, birinchi navbatda ishlab chiqarish oldida kanday muammo paydo bo’lganligini bilish, uni umumiy tahlil qilish va hal etish zaruriyatini aniqlash
kerak.
Qaror qabul qilish zaruriyati va tahdid qilinayotgan ob’ektdagi aniq vaziyat aniqlangach turli yo’llar bilan erishiladigan qaror maqsadida shakllantiriladi va uning echimi bo’yicha vazifalar belgilanadi. Qaror maqsadi yuqori organ tomonidan ko’rsatib berilishi yoki mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatga belgilanishi mumkin.
Masalan, respublikamiz uchun g’alla etishtirishni keskin ko’paytirish va bir qator mulohazalarga ko’ra, donni etishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga ko’chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qaror ishlab chiqishga har tomonlama tayyorgarlik ko’radi.
Bu erda asosiy maqsad va vazifa xalq xo’jaligiga zarur don mahsulotini etishtirishdir. Shunday qilib muammoni aniqlash quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Mezonlarni tanlash vazifalarning xar hil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniklashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantlarni iqtisodiy tax,lil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni echishda matematik, grafik, mantikiy va boshqa usullar qo’llaniladi.
Tanlab olingan variantning muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik va boshqa mezonlarni bo’yicha umumiy tarzda baxolanadi. Eng kulay qarorlarni ishlab chiqish ko’p jihatdan omilkor kishilarning va ayniqsa kelgusida shu qarorni bajaruvchilarning fikri nakadar to’la hisobga olinganligiga bog’liq.
Mezonlar tanlab bo’lingach endi anik omillar va sharoitlarni tanlashga o’tiladi. Zero, ishlab chiqarish natijalari va maqsadning amalga oshuvi shularga bog’lik bo’ladi. Bularga yana resurslar (moddiy, moliyaviy, mehnat), texnika va texnologiya, topshirikni bajarishga ketadigan vaqt, xom-ashyo etkazib beruvchilar, o’zaro aloqalar va hakozalar kiradi.
Mezonlar aniqlanib bo’lingach qaror tayyorlashning navbatdagi bosqichiga o’tiladi. Bu bosqichda kuyilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi.
Model - bu botsshcharish oldida turgan vazifani hal etish sxemasidir. Model oddiy yoki programmalashni talab qiluvchi murakkab bo’lishi mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matumatik yoki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini o’taydi. Modellashtiroish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo’linadi, omillar aniqlanadi; Tanlab olingan omillarning o’zaro aloqasi aniqlanadi, o’zaro ta’siri baholanadi, vazifani hal etish modeli belgilanadi;
*tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi;
*qarorlar variantlarning samaradorligi ularni amalga oshirish yo’llari aniqlanadi.
Bularni quyidagi sxemada ifodalash mumkin:

  • Qaror modeli ishlab chiqish

  • Qarorni modellash

  • Model mak, bo’lligini baholash

  • Algoritm tuzish

  • Dastur tuzish

Qarorlarni tanlash va ularni uzil-kesi qabo’l qilish raxbarlar tomonidan amalga
oshiriladi. Bunda raxbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabo’l qilishi mumkin.
Odatda yakkaboshchilik kupchilik fikri bilan kushib olib boriladi, ya’ni:
*tanlangan qaror variantini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;
*qaror uzil-kesil qabo’l qilinadi va hujjat (buyruk, farmoyish berish, rejani
tasdiklash va x. k.lar) bilan rasmiylashtiriladi;
*qaror aniq ijro etuvchi shahslarga etkaziladi. Har bir qarorni qabo’l qilishda
raxbar boshqaruv mutahasssislari tavsiya etgan kuyidagi Yuta tamoyilga amal qilsa foydadan holi bo’lmas edi:
Tafsilotlarni bilib olishdan oldin muammoni to’laligicha tasavvur qil. Ehtimol tutilgan hamma variantlarni ko’rib chiqmaguncha qadar qaror qabul qilish.
Hatto hamma tan olgan xaqiqatlarga ham shubxa bilan qara, ularni rad etishdan qo’rqma. Muvaffaqiyat juda oz bo’lib ko’ringanda ham oldinda turgan muammoga turli xil nuqtai nazarlardan qarashga intiladi. Hal qilinadigan muammoning mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga o’xshashlikni izla.
Haqiqatga yahshilashish uchun imkoni boricha ko’proq savollar ber. Xayolingga kelgan birinchi qaror bilan kanoatlanib qolma. Uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin o’z muammolarning haqida biron bir kishi bilan gaplashib ko’r. O’z sezgi va hayajoningga e’tibor bilan qara. Har bir kishi xayotga va har kuni paydo bo’lib turadigan muammolarga o’z nuqtai nazaridan qarashini unutma.
Imkoni boricha kamrok farmoyish berish kerak. Tajriba shuni ko’rsatadiki, farmoyish qanchalik ko’p bo’lsa, uni bajarish va ijrosini nazorat qilish shunchalik qiyin bo’ladi. Bir vaqtda bir necha farmoyish berish tavsiya etilmaydi. Topshiriklarni har xil vaqtda bajarilish izchilligiga qarab berish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 44,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə