O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “Davlat byudjeti” fanidan Guruh


Kurs ishimiz maqsad va vazifalari. Ilmiy ishimizning maqsadi



Yüklə 236,39 Kb.
səhifə2/7
tarix05.10.2023
ölçüsü236,39 Kb.
#125328
1   2   3   4   5   6   7
Zamonaviy sharoitda aholini manzili ijtimoviy himoya qilish davlat dasturlarini moliyaviy ta’minlash masalalari

Kurs ishimiz maqsad va vazifalari. Ilmiy ishimizning maqsadi bo’lib, davlat organlarini aholi xavfsiligini modernizatsiya qilish jarayonida byudjet jarayonini tashkil etishda davlat vakolatli organlari faoliyatini, jumladan, O’zbekiston Respublikasi davlat xacfsizlik qo’mitasi tashkiloti ahamiyatini oshirish yuzasidan xulosa hamda tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Kurs ishining ob’ekti bo’lib, byudjet mablag’lari yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi aholini xavfsizligini ta’minlash uchun ma’sul organlar.
Kurs ishining predmeti. O’zbekiston Respublikasida byudjetidagi aholi manzillari xavfsizligi uchun yo’naltirilgan mablag’lar va ularni yo’naltirayotgan qonuniy hujjatlar predmeti bo’lib xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu bitiruv-malakaviy ishi o’z ichiga kirish, 2 ta bob, xulosa, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatini qamrab olgan.

I BOB. DAVLAT DASTURI SIFATIDA AHOLINI MANZILINI IJTIMOVIY HIMOYA QILISH
1.1. Ijtimoiy institutlar va xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmi
Aholini ijtimoiy himoyalash deganda biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim.
Ijtimoiy himoya qilish bir tomondan, funktsional tizim, ya’ni yo‘nalishlar tizimi bo‘lib, u ana shu yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy himoya qilishni ta’minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo‘lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy himoyalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub’ektlarining roli va vazifalarini o‘zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan byudjet mablag‘lari salmog‘ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko‘proq og‘irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug‘dirib, ularning ijtimoiy himoya bo‘yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog‘lab qo‘yadi.
Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o’rni va nufuzining ortishi, ijtimoiyiqtisodiy sohalarning rivojlanishi, aholi turmush darajasini oshirish - bularning barchasida asosiy qonunimizning ahamiyati katta. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimiz taraqqiyoti va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning huquqiy kafolati bo’lib kelmoqda. Aynan aholining ijtimoiy himoyalashning huquqiy me’yorlariga amal qilinishi va moliyaviy ta’minoti dolzarb vazifalar qatoriga kiritildi. Inson salohiyati eng faol bunyodkor omil bo’lib, u mamlakatning islohotlar va tub o’zgarishlar yo’lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi. Bu omilning kuchi va ta’siri, eng avvalo, yuksak ma’naviyat bilan, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi davrida insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarni vujudga keltirish borasida aholini ijtimoiy himoyalash, ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, fuqarolarning madaniyatni oshirish, jismoniy tarbiyani yaxshilash, aholini mehnat bilan bandligini ta’minlashga qaratilishi kerak. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasining asosini ham, avvalambor, inson manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar tashkil qiladi. Harakatlar strategiyasida “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish ko‘zda tutilgan bo‘lib, “... fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish” chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda ijtimoiy himoyani yanada chuqurlashtirish, aholini manzilli ijtimoiy himoyalshni takomillashtirish, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalardan aholini ijtimoiy himoyalashga ajratilayotgan mablag’lardan samarali foydalanish, bir so’z bilan aytganda ushbu soha xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Maskur muammolar aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarini budjetdan moliyalashtirishni yanada ilmiy jihatdan chuqurroq o‘rganishni taqazo etadi. Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni - umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to’planadigan va sarflanadigan moliyaviy resurslarni anglatadi. Davlat byudjetining xarajatlari bu davlat o’z funktsiyalari bilan bog’liq ravishda yuzaga keladigan sarflarni aks ettiruvchi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, ular asosida davlat markazlashtirilgan pul mablag’lari jamg’armasini taqsimlaydi. Mamlakatda davlat byudjeti quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish;
- davlat tomonidan ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;
- mamlakatda yaratilgan milliy daromad va YaIMni qayta taqsimlash;
- markazlashgan pul jamg’armalari mablag’larini nazorat qilish;
- byudjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish;
- byudjet tashkilotlari va byudjet mablag oluvchilarning xarajatlarini moliyalashtirish.
Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun’iy ravishda tutib turish, shu hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha dotatsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko‘rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.


Yüklə 236,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə