O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti


-mavzu. Geoekologik prognozlashtirish va prognoz



Yüklə 73,31 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü73,31 Kb.
#153739
1   2   3   4   5
1.22GLEB406 Geoekologiya va landshaft ekologiyasi

13-mavzu. Geoekologik prognozlashtirish va prognoz.
Geoekologik prognozlashtirishning obyekti, maqsadi va usullari. Ekologik vaziyatlarning prognozli xususiyatlari. Prognozlashtirish mexanizmi va prognoz natijalari. O‘zbekistonda ekologik vaziyatlarni o‘zgarishining prognozi.
14-mavzu. Landshaftlardagi ekologik jarayonlarni modellashtirish va geekologik kartalashtirish.
Model. Modellashtirish. Landshaft ekologik modellashtirish mazmuni. Modellashtirish bosqichlari va turlari. Geoekologik kartalashtirish mazmuni, turlari va tasniflanishi. Geoekologik kartalarni tuzishning metodologik asoslari. Amaliy ekologik kartalashtirish. Ekologik monitoring natijalari asosida kartalashtirish. Geoekologik kartalashtirish usullari.
15-mavzu. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishning geoekologik asoslari.
Tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlari va qonuniyatlarini e’tiborga olish. Tabiatdan foydalanishning geoekologik prinsiplari. Atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlarini barcha joylarda amalga oshirish prinsipi. Atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari profilaktikasi. Tabiiy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari.


III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulot uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Geoekologik indikatorlardan foydalanib tabiiy muhit holatini tahlil qilish.
2. O‘z o‘lkasidagi geoekologik muammolarni tavsiflash.
3. Urbanizasiya bilan bog‘liq geoekologik muammolar va ularning tavsifi.
4. Xavfli tabiiy va antropogen jarayonlarni xususiyatlarini tavsiflash.
5. Tabiatdan nooqilona foydalnish oqibatida yuzaga kelgan geoekologik muammolarni o‘rganish.
6. O‘zbekistonning ekologik vaziyat keskinlashgan hududlarini tavsiflash va kartaga tushirish.
7. Turli masshtabli va turli hududlar uchun tuzilgan geoekologik kartalarni tahlil qilish.
8. Geoekologik karta uchun legenda tuzish va geoekologik kartaning kartografik asosini ishlab chiqish.
9. Geoekologik vaziyatni belgilovchi tabiiy va antropogen jarayonlarni aniqlash va kartaga tushirish.
10. Geoekologik karta chizish.
11. Landshaftlarning antropogen o‘zgarganligi baholash.
12. Geoekologik vaziyatni yaxshilash chora-tadbirlarini loyihalash.
13. Tabiiy muhitni optimallashtirish chora-tadbirlarini loyihalash.
14. Geoekologik vaziyatni yaxshilash va tabiiy muhitni optimallashtirish chora-tadbirlarini asoslash.
15. Landshaftlarning ekologik sig‘imini aniqlash.


Yüklə 73,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə