O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya fanidan kurs ishi mavzu: Ovlanadigan qisqichbaqasimonlar, ularning iqtisodiy ahamiyati


Kurs ishi mavzusining o’rganilganligi



Yüklə 342,25 Kb.
səhifə2/12
tarix28.11.2023
ölçüsü342,25 Kb.
#137482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi Ovlanadigan qisqichbaqasimonlar, ularning iqtisodiy ahamiyati

Kurs ishi mavzusining o’rganilganligi. Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limiga bo‘linadi. Evolyutsiya jarayonida tana bo‘limlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi va ular sonining tobora kamayib borishi kuzatiladi. Bosh bo‘limi akrondan va to‘rtta tana bo‘g‘imidan kelib chiqqan. Boshida sezgi va og‘iz organlari joylashgan. Boshining birinchi bo‘g‘imi akron halqali chuvalchanglar prostomiumiga, boshqa to‘rtta bo‘g‘imi tana bo‘g‘imlariga mos keladi. Ko‘krak 3-8 bo‘g‘imdan iborat; unda yurish oyoqlari va qanotlari (hasharotlarda) joylashgan.


Mavzuning dolzarbligi: Bo‘g‘imoyoqlilarning to‘p bo‘lib joylashgan ko‘ndalang targ‘il muskullari halqalilar teri- muskul xaltasi devori va silliq muskullaridan keskin farq qiladi. Ularning embrional rivojlanishida dastlab selom shakllana boshlaydi. Lekin bu jarayon tugallanmay selom devori yemirilib, selom birlamchi tana bo‘shlig‘i qoldig‘i bilan qo‘shilib ketib, aralash tana bo‘shlig‘i-miksotsel shakllanadi. Qon aylanish sistemasi ochiq bo‘lib, tanasining orqa tomonida joylashgan uzunchoq yoki pufakka o‘xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli teshiklar - ostiylar orqali o‘tib, bevosita yoki bir necha tomirlari (arteriyalar) orqali tana bo‘ shlig‘iga chiqib ketadi. Qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketgan. Kurs ishi obekti - Ovlanadigan qisqichbaqasimonlar, ularning iqtisodiy ahamiyati.
Kalit so’zlar: Qisqichbaqasimonlar, krablar, krevetkalar, omarlar, daryo qisqichbaqalari, molluskalar.
Nafas olish organlari-jabra, o‘pka yoki traxeyalar. Jabralar-birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar, traxeya va o‘pkalar-quruqlik bo‘g‘imoyoqlilari uchun xos organlar. Suv bo‘g‘imoyoqlilarining ayirish organlari halqalilar metanefridiylari o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat. Quruqlik bo‘g‘imoyoqlilarida malpigi naychilari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri—qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan. Bo‘g‘imoyoqlilar juda xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Ularda ko‘payish va nasli to‘g‘risida g‘amxo‘ rlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan juda murakkab shartsiz tug‘ma reflekslar ham rivojlangan. Oliy bo‘g‘imoyoqlilarning hayoti davomida turli xiol shartli reflekslar ko‘nikmalar ham oson hosil bo‘ladi.

Yüklə 342,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə