O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 81,99 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü81,99 Kb.
#146013
  1   2
falsafa 2





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

QARSHI FILIALI


Kampyuter Injenering” FAKULTETI


1-BOSQICH 13_23 S -GURUH TALABASINING


Falsafa fanidan
Mustaqil
ishi
Bajardi: Shopulatov B
Qabul qildi: Xudoyqulov A


QARSHI-2023


Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Iqtisodiy tafakkur


hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar tafakkurning spetsifik shakllari deb ataladi.
yakka, konkret, umumiy, abstrakt, xususiy, to’planma
induktiv, deduktiv, analogik
Narsa va hodisalarda, voqelikda haqiqatdan o’zaro bog’liq bo’lgan belgilar (alomatlar)
hukmlarda ham bog’liq ravishda ko’rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsa
(tomon) hukmlarda ham ajratib ko’rsatilsa — bu chin hukm deb ataladi. Masalan, «Metallar —
elektr tokini o’tkazuvchidir», «Metallar qizdirilgandan kengayadi», degan chin hukmlardir.
Chunki elektr tokini o’tkazish, qizdirilganda kengayish metallarga xos xususiyatlardir, bu
hukmda u yoki bu holat faqat tasdiqlanib aytilayotir.
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm
Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday
hukm xato (yolg’on) hukm deb ataladi. Chunki bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va
alomatlar) bu narsalarga aslo muvofiq kelmaydi. Masalan, «Atom — moddaning bo’linmas
zarrachasidir», degan noto’g’ri hukmdir. Atom murakkab moddiy tizimga ega bo’lib, u yadro va
elektronlarga bo’linadi. Atomning yadrosi ham bo’linadi, bu yadro protonlardan va
neytronlardan iboratdir, degan hukmlardir. «Yer quyosh atrofida aylanmaydi», degan misol xam
chin bo’lmagan hukmlar doirasiga kiradi. Allaqachonlar inson tomonidan kashf qilingan
geliotsentr nazariyasi mavjud bo’lib, ana shu nazariyaga asoslangan holda mazkur qonun hukm
surmoqsa. Demak, hukmning chinligi, ya’ni voqelikni to’g’ri aks ettirishi — uning eng muhim
Borlikdagi narsalar, hodisalar va voqelikning miqsoriga, ularning biror hukmda aks ettirilgan
aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo’linishi mumkin:
1) tasdiklovchi yoki inkor qiluvchi hukm. Hukmlarning ushbu asoslarga tayanib bo’linishi
sifatga qarab bo’linishi deb ataladi;
2) yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukmga ajratilishi mumkin. Hukmlarning bunday
belgilarga binoan bo’linishi miqsorga qarab bo’linishi deyiladi;
3) shartli, ayiruvchi va qat’iy hukm singari ko’rinishlar mavjud bo’lib, u hukmlarning
munosabatga qarab bo’linishi deb ataladi;
4) hukm taxminiy ko’rinishga ega bo’lishi ham mumkin. Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va
hodisalar belgisining nechog’lik muhim bo’linishiga yoki voqelikka mos kelishkemasligiga
bog’liq. Masalan, «Ertaga yomg’ir yog’ish mumkin», «Paxta rejasi to’lib qolsa kerak».
Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar hukmning mazmunini
Narsa bilan belgining aloqasi (borlikligi) aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hukm deb ataladi.
Masalan, «Alisher Navoiy buyuk o’zbek shoiri va mugafakkiridir», «Tinchlik imperializm uchun
dahshatli quroldir», «O’zbekiston qorako’li bilan jaxrnga mashhurdir», «1977 yil Toshkent
metrosi ishga tushgan sanadir» va hokazo.
Narsa bilan belgi o’rtasidagi biror bog’lanish yo’qligini aks ettiruvchi hukm inkor hukm deb
ataladi. Masalan: O’zbekistonda paxta ekilmaydi
Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka (yolg’iz)
narsa va hodisa to’g’risidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Misol uchun: «Alisher Navoiy nomli
Katta opera va baletteatri respublika faxridir». «Toshkent — O’zbekiston Respublikasi
poytaxtidir» Amudaryo sersuv daryolardan biridir».
Belgining biror turkumigagina taalluqli tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm juz’iy hukm deb
ataladi. Masalan: «Ba’zi metallar elektr tokini o’tkazmaydilar, «Qarzdor talabalar sessiyaga
qo’yilmaydi». Bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi to’g’risida tasdiqlab yoki inkor
qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi.
Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib
aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan: «Agar quyosh nuri uch burchakli prizmadan
o’tkazilsa, ekranda spektr hosil bo’ladi», «Agar talaba sessiyalarga
qunt bilan puxta tayyorlansa
u «yaxshi» va «a’lo» baholar oladi», «Agar o’quvchi diqqat qilmasa, yangi materialni
o’zlashrtira olmaydi», «Agar paxtakor bahorda yerga yaxshi ishlov bermasa, kuzda hosil cho’g’i
Hukmda narsalar va hodisalarga bir necha belgi nisbatan berilib, shu belgilardan farq bittasi unga
tegishli bo’lsa, bunday hukmga ayiruvchi hukm deb ataladi. Misol uchun: «Jismlar yo qattiq yoki
suyuq, gazsimon holda bo’ladi», «Yer yuzasi fasllarning o’zgarishiga qarab goh qattiq isib
ketadi, goh ilib qoladi, goho keskin soviydi». Narsa bilan belgi o’rtasidagi aloqaning bor yoki
yo’qligi qat’iy shaklda aks ettirilsa qat’iy hukm deb ataladi. Masalan: «Neftь zaxirasi jihatidan
dunyodagi boshqa davlatlar o’rtasida yetakchi o’rinlardan birida turadi», «Yonish kimyoviy
jarayondir», «Yozgi ta’til davrida talaba mehnat otryadlari tuziladi», «Bahorda barcha joylarda
ko’kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi» va hokazo.
Narsa va xrdisalar bilan ularning xususiyatlari o’rtasida aloqa bo’lishi extimoli faqat faraz
qilinsa, u holda insoi o’z (|)ikriii quyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin: «Ehtimol, Marsda
organiq hayot bordir». «Yigirma birinchi asr boshlarida fan va tsxnika progressi hozirgi
davrdagidan taxminan uch baravar ortishi mumkin», «Jaxrndagi foydali qazilmalar zaxirasi yana
bir yuz ellikikki yuz yilga yetsa kerak» va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik hukmlari deb
ataladi. Narsa bilan xususiyat o’rtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatda aniq
bilganimizda biz o’z fikrimizni mana bunday shaklda izhor qilamiz: «Bizning Milliy universitet
Markaziy Osiyoda eng keksa oliy o’quv yurti maskanidir», «Maktabimizda fizika kabineti
judayaxshi uskunalar bilan jihozlangan», «Maktab kutubxonasida ko’p yangi kitoblar bor».
Bunday hukmlar voqelik (assertorik) hukmlari deb ataladi
Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan orgiq
hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan: «Har qanday harakat materiya harakatidir».
«Issiklik harakat shaklidir», degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan «Demak, issiqlik
materiya harakatidir», dsgan yangi hukm chiqariladi. Yoinki ushbu misolim oppn qaraylik:
«Bprcha sayyoralar harakatlanadi. Oy — sayyora. Dsmak, Om harakatlanadi». Bunda har
qanday harakat materiya harakatidir (umumiy yoki katta asos). Issiklik harakat shaklidir (juz’iy
yoki kichik asos) deb yuritiladi. Ikkinchi misolda esa: «Barcha sayyoralar harakatlanadi
(umumiy yoki katta asos), Oy — sayyora (juz’iy yoki kichik asos)» deyiladi.
Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: induktiv, dedukgiv va analogiya.
Induktiv xulosa chiqarish — bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usuldirki, bunda bir
necha yakka yoki ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi yoki ayrim fakt va hodisalarni
o’rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masalan: «Temir elektr tokini
o’tkazadi». «Mis elektr tokini o’tkazadi». «Kumushda ham elektr tokini o’tkazuvchanlik
qobiliyati, xususiyati bor» va hokazo. Inson yuqoridagi hukmlardan yangi umumiy hukm
(xulosa) chiqarib, demak, «Metallarning hammasi elektr tokini o’tkazadi», degan yangi hukm
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib
chiqariladi. Misol uchun: «Har qanday metall — element. Vismut metall». Demak, vismut —
Ta’lim jarayonida maktab o’quvchilari umumiy qoida va qonunlarni yakka yoki juz’iy xrllarga
tatbiq etish orqali hamma vaqt deduktiv yo’l bilan fikr yuritadilar. Masalan, o’quvchilar umumiy
grammatik qoidalarni bilganliklari sababli o’zbek tili darslarida qaratqich, tushum kelishiklarini
differensiatsiya qila bilib, yozgan paytlarida grammatik xatolarga aslo yo’l qo’ymaydilar.
Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba’zi bir
belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o’xshashligi to’g’risida
, narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba’zi
belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytamiz. Analogik
usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning
bunday shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz’iy ikki yakka hukmlarga
asoslanib juz’iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Bog’cha yoshidagi bola mana bunday
mulohaza yuritadi: «Dadam darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg’a olyb kelgan
bo’lsalar kerak». Bu bolaning mulohazasini analiz qilib ko’rsak, uning fikr yuritishning mana
bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bo’lamiz. «O’tgan galda dadam ismimni aytib
chaqirib kelgan edilar. O’shanda ular menga sovg’a olib kelgan edilar. Yana chaqirayotirlar.
Albatta, dadam menga sovg’a olib kelganlar», deb xulosa chiqaradi.
Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Odatda,
tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan
bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan: stol, divan,
qayrag’och, traktor, holva va hokazo. Moddiy borliqdagi narslardan fikran ajratib olingan ba’zi
xususiyat, sifat holatlarga, shuningdek, narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga
qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan: oqliq, uzunlik, balandlik,
kenglik, harakat, yorug’lik, qiymat haqidagi tushunchalar va hokazo.
Tushunchalar ko’lami jihatidan uch turga bo’linadi: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar
va to’planma tushunchalar. Yakka tushunchalar, yakka narsa va hodisa xaqidagi tushunchadir.
Bunday tushunchalarga Alisher Navoiy, general Sobir Rahimov, Toshkent, Amudaryo, Himolay,
Tinch okean to’g’risidagi tushunchalarni misol qilib keltirsa bo’ladi. Yakka tushunchalarning
xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo’ladi. Umumiy
tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan: kitob,
maktab, yulduz, talaba, o’spirin, hosil, tog’ va yer va boshqalar.
To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami haqida yaxlit fikr
yuritiladigan tushunchadir. Masalan: paxtazor, kutubxona, yig’ilish va hokazolar.
To’mlanmatushunchalarning bir qaychasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to’planma
tushunchalar bo’ladi. Masalan: Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat kutubxonasi
tushunchasi yakka to’mlanma tushunchaga oidsir. Guruh, sinf, kollektiv, polk, xapq, olomon va
boshqalar umumiy to’planma tushunchasiga misol bo’la oladi. Yetti og’ayni yulduzlar to’plami,
Bolgariya ishchilar sinfi, Toshkent pochtamti xizmatchilari jamoasi kabilar yakka to’planma
tushunchalar jumlasiga kiradi.
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga ega bo’lib, fikr
, vositalari va operatsiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha
namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi Odatda, tafakkurning individual xususiyatlariga
(sifatlpriga) bilish faoliyatining mazmundorlik, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning
kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlari kiritiladi.
Tafakkur mazmundorligi deganda insonning tevarakatrofdagi modsiy voqelik to’rrisida ongida
qay miqdorda (ko’lamda) mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy
olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik
tafakkur mazmundor bo’ladi. Kishilar birbirlaridan birinchi navbatda tafakkurning
mazmundorligi bilan tafovutlanadilar.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda, moddiy dunyodagi narsahodisalarning asosiy qonunlari,
qonuniyatlari, xossalari, sifatlari, ularning o’zaro bog’lanishlari, munosabatlari tafakkurimizda
to’liq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur arsenalida joylashgan narsalarning qay
yo’sinda sistemalashganligiga qarab (to’rri va ratsional yo’l nazarda tutiladi), u yoki bu
shaxsning tafakkuri chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin.
Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam aloqada
bo’ladi. Insondagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi va xususiyatlarini o’zida
mujassamlashtirgan, o’tmish yuzasidan,
hozirgi davr haqida
, shuningdek, kelajak to’g’risidagi
mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr
doirasi keng, bilim saviyasi yuqori, serkoya, ijodiy izlanishdagi kishilarni aqlzakovatli, bilimdon
yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aqlzakovati, bilimdonligi,
muloxazadorligi uning tafakkuri kengligidan dalolat berar ekan.
Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi.
Tafakkurning mustaqilligi deganda, kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga konkret
maqsad, xamda vazifalar
qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy harakatchanligi harakat (gipoteza) qilishi, natijani
ko’z oldiga keltira olishi, ko’pincha vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz, o’zining
aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat
aqpiy qrbiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqpigi ia tanqiydiligidan namoyon
bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda, insonning o’z oldida yangi muammo, aniqmaqsad va
konkret va shfalar qo’yishini, ana shularning barchasini amalga. oshirishda, pixryasiga
yetkazishda, yechimni qidirishda usul va vositalarni shaxs o’zi izlashi, aqliy zo’r
ularga taalluqli qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon
bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yechish paytida yangi
usul va vositalarni tez izlab topishda, ularni saralashda, ana shu usullar va vositalarni o’z o’rnida
aniq qo’llashda, trafaretga aylangan, eski yo’l hamda usullardan forig’ bo’lishda va boshqa
Tafakkurning tanqidiyligi ob’yektiv va sub’yektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat
insonni baholash o’z-o’zini baxrlash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq
ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining
to’g’ri ochilishiga (ba’zan etalonga) asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’yektiv
tanqidiylik deb ataladi.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi (samaradorligi) bilan uzviy bog’langan. Agar inson
tomonidan muayyan vaqg ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, goyalar,
tavsiyanomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday
kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig’ida bajarilgan ish ko’lami
va sifatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
Tafakkurning ixchamligi deganda, muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi (plani)
mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo’lsa,
hech ikqilanmay elastik ravishda o’zgartishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur
Qilmorimiz shart. Fikrning operativ jihatdan, tezkorlik bilan o’zgartishdan va to’g’ri
yo’nalishiga yo’llab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan,
«Talaba sinovda avval g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’ziga «birdaniga» xatosini anglab,
to’g’ri javob bera boshlashi» kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni,
informatsiyalarni tinglovchilarga xato va kamchiliksiz yetkazib berish garovidir.
Tafakkurning tezligi qo’yilgan savolga va muammoga to’liq javob olingan vaqt bilan
belgilanadi. Uning tezligi qator faktorlarga: jumladan, fikrlar uchun zarur materialni tez yodga
tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlarning tezligi,
turli hislarning mavjudligiga
diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, tafakkurning tezligi boshqa shartlarga:
insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq
ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning
ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga juda zarur psixologik qurol bo’lib xizmat qiladi.
Mashxur olim K.Yung insonlarni fikrlashlariga kura asosan ikki toifaga bo’lgan edi:
Intuitiv tiplar. Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko’pincha xissiyotlar mantikdan ustun
keladi va miya faoliyati buyicha xam uning yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunrok
bo’ladi. Kurib, xis qilib, erkin emotsional munosabat shaklantirilmaguncha, bunday
odamlar biror xususda fikrlarini bayon eta olmaydilar.
Fikrlovchi tiplar. Bunday kishilarda doimo mantik, muloxaza xissiyotlardan ustun bo’ladi va
miyasining chap tomoni ungiga nisbatan dominanta (ustun) xisoblanadi. Bundaylar gapira
boshlashsa, ko’pincha, «Faylasuf bo’lib ket-e», deb xam kuyishadi. Chunki ular o’zlarigacha
bo’lgan bilimlar, mantikiy fikrlash borasidagi yutuklarga tayanib, doimo tugri gapirishga, doimo
fikrlarini mantikan asoslash – agrumentatsiya qilishga harakat qiladilar.
Odamning mustaqil fikr yuritishi quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin:
1. Muammoning shaxs idrok maydonida paydo bo’lishi.
2. Kishi tomonidan masala, muammo, topshiriq mohiyatini anglash
3. Ularga o’xshash ma’lumotlar ski obrazlarning vujudga kelishi
4. Tasavvur va xotira materiallarining kamayishi, taxminlar (farazlar)ning uzluksiz turilishi.
5. Taxminlarni bosqichmabosqich tekshirish yoki ularning haqqoniyligini tasdiklash.
6. Yangi taxmin(faraz)ning yuzaga kelishi va takomillashuvi.
7. Farazlarni ikqilamchi tekshirish (ikkinchi marta tasdiqpash).
, muammo yechimini topishi (hal qilishi).
9. Ixtiyorsiz aqliy xatti-harakatlarning davom etishi fikrlarning nisbiy davomiyligi va hokazo.
Mustaqil fikr yuritish o’zining samaradorligi, dolzarbligi, universalligi bilan kasbiy tayyorgarlik
mahorat sari talabalarni yetaklaydi, jamiyat va tabiat hodisalarini anglash uchun puxta negiz

Yüklə 81,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə