AIM.UZ
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
«PSIXOLOGIYA» KAFEDRASI
YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
Ushbu ma’ruzala matni institut ilmiy kengashining 2011 yil 27-iyundagi № 11-sonli bayonnomasi bilan chor etishga tavsiya etildi. Ma’ruza matni Navoiy davlat pedagogika institutining bakalavriat yo’nalishidagi barcha fakultet talabalari uchun tavsiya etiladi.
Tuzuvchilar: katta o’qituvchi M.Qodirova
o`qituvchi D. Safarova
Taqrizchilar: pedagogika fanlari nomzodi, dosent X.Bobomirzaev, psixologiya fanlari nomzodi dotsent. F.Ro’ziqulov
Navoiy davlat pedagogika instituti
1- mavzu Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti
Mavzu Yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq qilish ko’p jixatdan o’quv-tarbiya ishlarini isloh qilish, o’quvchilar yosh xususiyatlarini bilish, xar qaysi yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan pedagogik, psixologik jarayonlar xususiyatlarini qanchalik yaxshi bilgan mutaxassislarga bog’liq. Yuqorida sanalgan muammolarni hal qilishda qator gumanitar va maxsus fanlar yordam beradi. Pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi, muhandislik (injenerlik) psixologiyasi, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi singari fanlar shular jumlasidandir.
Psixologiya-psixika qanday kelib chiqqan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan, har bir odam tug‘ilish paytidan tortib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi –ana shu savollarimizga javob beradi .
Reja: 1. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining predmeti haqida tushuncha.
Fan sifatida yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi.
3. Hozirgi zamon yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalari.
Dostları ilə paylaş: |