O‘zbеkiston r



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə10/17
tarix30.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#165151
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Uslubiy qo'llanma amaliy ishlar bo'yicha 1

5 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: AND, OR, NOT mantiqiy standart so‘zlardan foydalanish
Ishdan maqsad: Talabalarda AND, OR, NOT mantiqiy stanndart so‘zlardan foydalanish va shu orqali relyatsion MB da ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
Masalaning qoyilishi: AND, OR, NOT, IN, BETWEEN, LIKE operatoridan foydalanib avvalgi mashg’ulotlarda yaratilgan jadvallar ustida amallar bajarish.
Uslubiy ko`rsatmalar:SQL tilida shart ifodalarini tuzish uchun solishtirish va mantiqiy operatorlardan tashqari yana bir qator maxsus operatorlar qo‘llaniladi. Bu operatorlar dasturlash tillarida mavjud emas. Bu operatolar:



Operator

Ta`rifi

=

teng

>

katta

<

kichik

>=

katta yoki teng

<=

kichik yoki teng

<>

teng emas

IN

biror qiymatlar to‘plamiga tegishliligini tekshirish

BETWEEN

biror qiymatlar diapozoniga tegishliligini tekshirish

LIKE

namuna bilan mosligini tekshirish

IS NULL

qiymat mavjudmasligini tekshirish

NOT

Mantiqiy inkor operatori

AND

VA mantiqiy operatori

OR

YOKI mantiqiy operatori

5.1-jadval. WHERE buyrug`i bilan ishlovchi operatorlar


Misol: Imtihonlarda kamida bitta 2 yoki 3 baho olgan talabalarni identifikatorini tanlab chiqarish so`rovi.
SELECT id_st, mark
FROM mark_st
WHERE mark IN (2,3)
BETWEEN amali maydon qiymatini berilgan intervalga kirganligini tekshirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi natijani BETWEEN operatoridan foydalanib olish mumkin:
SELECT id_st, mark
FROM mark_st
WHERE mark BETWEEN 2 AND 3
Birorta xam 2, 3 olmagan talaba haqidagi ma’lumotlar olish uchun NOT IN yoki NOT BETWEEN ishlatiladi.
Misol: Familiyalari A xarfi bilan boshlanuvchi talabalar ro‘yxatini tanlab olish.
Bunday xolatda LIKE operatoridan foydalanish qulay hisoblanadi. LIKE operatori faqat simvolli maydonlar uchun qo‘llaniladi va maydon qiymati operatorda ko‘rsatilgan namunaga mosligini tekshirish imkonini yaratadi. Namuna quyidagi maxsus simvollardan tashkil topadi:

  • _ (tagiga chizish belgisi) – bitta ixtiyoriy simvolni bildiradi;

  • % (foiz belgisi) – ixtiyoriy miqdordagi simvollar ketma – ketligini bildiradi.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə