Undoshlar tizimidagi munozarali masalalar
1.O‘zbek tilshunosligida undosh fonemalar miqdori xususida hozirgacha tugal bir fikr yo‘q.
2.f,j,ts undoshlarining o‘zbek tilida fonema deb qaralishi masalasi o‘ta munozarali bo‘lib qolmoqda
a) S.Otamirzayeva bu uch undoshni ozbek tilida fonemalari darajasiga kotarilmagan deb hisoblaydi. Uningcha ,sirgaluvchi “f ” va “j”lar ozbek tilining “p” va “dj” fonemalarining fakultativ variantlari darajasida qollanadi, xolos.
b)I.A.Kissen ham shu uch undoshni ozbek tili fonemalari orasiga qoshmaydi.
d)A.Mahmudov, Sh.Rahmatullauev,M.Mirtojiyev ishlarida sirgaluvchi “f” va “j” undoshlari fonemalar qatoriga kiritilgan, ammo qorishiq “ts” bu qatoriga kiritilmagan;
e)V.V.Reshetov “f”, “j” va “ts” undoshlarini fonemalar deb qaraydi.
j)A.Abduazizov “f”, “j” va “ts” undoshlarini fonemalar deb qaraydi.Bunda u “f”, “j” va “ts” undoshlarining rusch o’zlashmalarni tanib olish uchun xizmat qiluvci funksiyasi borligiga tayanadi.
Undosh fonemalarning paradigmatik va sintagmatik tavsiflari
Undosh fonemalarning paradigmatik tavsifida ularning konsonantizm sistemasi ichidagi strukturasi (aloqa-munosabatlari) va shu munosabatlardan kelib chiqadigan funksional xususiyatlar (so‘z va morfemalarni farqlash jihatlari) izohlanadi.Bunday tavsif fonemalarning kuchli pozitsiyalardagi yoki bir xil fonetik qurshovdagi belgi-xususiyatlarini va vazifalarini qiyoslashga asoslanadi.
Undosh fonemalarning sintagmatik tavsifi fonemalarning nutq oqimidagi o‘rni, bo‘g‘in yoki morfema tarkibidagi taqsimoti bilan bog‘liq ravishda ularning kuchsiz pozitsiyalardagi variantlanishi kabi holatlar izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: |