O'zbekiston davlat suverenitetining e'lon qilinishi Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi



Yüklə 56,61 Kb.
səhifə2/6
tarix26.05.2023
ölçüsü56,61 Kb.
#112974
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston davlat suverenitetining e\'lon qilinishi

Kurs ishining maqsadi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining muxokamasi barcha mehnat jamoalarida, korxonalar, o`quv yurtlarida, idoralar va vazirliklarda, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi faollarining yig`ilishlarida, matbuotda, televideniye va radioda, xalq demokratik partiyasining Markaziy Kengashlari va mahalliy tashkilotlarda, kasaba uyushmalari hamda xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlarida, ijodiy uyushmalarda, olimlarning birlashmalarida va boshqa tashkilotlarda bo`lib o`tdi.:
Kurs ishining vazifasi: Konstitutsiya komissisiyasining raisi ishchi guruhi oldiga aniq vazifa qo`ydi: jahon tajribasi o`rganilsin, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo`lga kiritgan yutuqlari asosida tushunarli siyosiy va yuridik xujjat yaratilsin.
Kurs ishining predmeti: Ijtimoiy munosabatlarda; hamma demokratik davlatlar hisoblangan, erkin millatlar jamiyatlarida bo`lgani kabi, o`zbeklar yurtida ham bunday jamiyatni tuzilishi, umuminsoniy qadriyatlar millatlarning qonun oldida tengligi, davlat o`zining har bir fuqarosi uchun xizmat qilishi, shaxs-davlat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosobatlarga asoslanadi.
Kurs ishining metadalogik asoslari: Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko’pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibid yuz berdi. “Xalqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o’z taqdirini o’zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir”, degan edi Islom Abdug’aniyevich Karimov.
I Bob O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi
1.1 O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyat
XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning o’rnida bir necha mustaqil respublika, Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo’lib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan ulkan hududda sotsialistik tuzum barbod etildi. Ayni chog’da SSSR parchalanib uning o’rnida mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.1
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko’pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibid yuz berdi. “Xalqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o’z taqdirini o’zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir”, degan edi Islom Abdug’aniyevich Karimov.
90-yillarning boshlariga kelib O’zbekistonda xalqning ana shu azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo’lib qoldi.
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: Zo’ravonlikka asoslangan, ma’muriy buyruqbozlikka xos bo’lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti ta’minlanadimi? – degan masala dolzarb bo’lib qoldi. Ikkinchi tomondan, o’sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo’lini topa olmay qoldi. Xullas, 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyatlar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro’yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo’jalik hayoti boshqarilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomonlasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hol tabiiy ravishda xalqning ko’zini ochdi, endi u eskicha buyruqbozlik usulini qabul qila olmay qoldi.
Qisqacha qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o’zi ko’rsata boshladi.
Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazish ham Yangi Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi natijasiz qadamlarda ham ko’rsa bo’ladi.
Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiga o’tkazish masalasi 1987 yili xalq deputatlari II s’yezdi qarori va iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida tilga olingan, u 1990 yil may oyida Oliy Kengash III sessiyasida muhokama qilingan edi.
Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, bozor iqtisodiga o’tish ob’yektib zaruriyat, bundan boshqa yo’l yo’q, degan xulosaga keldilar. SSSR Oliy Soveti III sessiyasining “Boshqariladigan bozor iqtisodiga o’tish haqida”gi qarorida bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmunini tashkil qiladi, deb qayd etildi. Shu boi bu boradagi Hukum Konsepsiyasini deputatlar fikr-mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990 yil 1 sentabriga tayyorlash belgilandi.
Mamlakatda shu yo’nalishdagi amaliy ishlar qizg’in tus oldi. 1990 yil 25 iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o’tkazish yuzasidan qo’shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990 yil 27 iyuli va 30 avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi uchrashuvi bo’ldi.
6 avgustda esa mamlakat Prezidenti M.Gorbachevning “Yangi Ittifoq Shartnomasini asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o’tishning Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida” Farmoni e’lon qilindi. Bu vazifani bajarish uchun SSSR va RSFSR rahbarlari tomonidan S.Shatalin, N.Pardakov, L.Abalkin, G.Yavlinskiy, S.Alekseyenko, V.Vavilov, A.Grigoryev, M.Zadorniy, V.Martinov, V.Mashits, A.Mixaylov, B.Fedorov, T.Yarigina va Ye.Yasinlardan iborat komissiya tuzildi. Komissiyaga 1990 yil sentabridan kechikmasdan Hukumat Dasturini ishlab chiqish topshirildi.
1990 yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov “Boshqariladiga bozor iqtisodiga o’tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo’jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida” ma’ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nisbatan ishonch yo’qola borga nedi. Ayni chog’da Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo’ldan rivojlantirishni ko’zda tutar edi.
1990 yil 11 sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S.Shatalinning “500 kun” Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masalalar ko’tarilgan edi:
Fuqarolarni mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste’mol bozori va unda erkin narx;
Korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi;
Ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti;
Aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko’zda tutar edi.
SSSR Oliy Sovetining 21 sentabrda bo’lib o’tgan IV sessiyasida bu Dastur ham qabul qilinmadi. 1990 yil 24 sentabrda sessiya “Xalq xo’jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo’lmaydigan vazifalari”ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990 yil, 18 oktabridan sessiya: “Bozor iqtisodiyotiga o’tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo’nalishiga ziyon yetkazmaydi”, – deb xulosa berdi.
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishni hayotning o’zi kun tartibiga qo’ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi. Shunday bo’lsa-da, 1990-1991 yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.2
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yo’nalishdagi kuchlar manfaatlari to’qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:
Birinchi kuchlar – N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo’jalini markazdan boshqarish, huquqni ko’proq markazda to’plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo’ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar – bu M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo’lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo’nalishlarini uyg’unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma’muriy buyruqbozlik hokimiyatni yo’qotmaslik, “shokovaya terapiya” (“falaj qilib davolash”) usulidan foydalanish g’oyasini ilgari surar edi. Yangi Ittifoq Shartnmasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo’naltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham “Sotsialistik Respublikalari”, “Mustaqil Davlatlar Ittifoqi” deb atash to’g’risidagi takliflar ham o’rtaga tashlana boshladi.
Shunday qilib, sobiq SSSR ijtimoiy taraqqiyotida uchta yo’nalish – totalitarizmga qaytish, burjuacha transformatsiya va sotsialistik yo’nalishdagi demokratik kuchlar to’qnashib qolgan edi. Tabiiyki, bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tanazzulni vujudga keltirgan edi.
Ana shunday ziddiyatli bir sharoitda O’zbekiston rahbariyati bu yo’nalishlarning nomaqbul ekanligini aniq-ravshan ko’rdi va respublika xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishning o’ziga xos yo’lini mustaqil tarzda o’zi belgilay boshladi. Avvalo, “O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasini” tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya respublika Davlat Reja qo’mitasi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo’mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Unga ko’ra, “O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiaga o’tishning asosiy prinsiplari” ishlab chiqildi va 1990 yil 17 oktabrida umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.
1990 yil oktabri oxirida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi.
Oliy Kengash sessiyasi “vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo’lini… respublikaning iqtisodi mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlari chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat” deb hisoblandi.
Shuning uchun ham sessiya respublika Hukumati Dasturini ma’qulladi va O’zbekiston Ministrlar Sovetiga “O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash undan foydalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish bo’yicha asoslangan takliflar tayyorlash, shuningdek, 1 iyungacha O’zbekiston Oliy Sovetiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O’zbekiston SSR mulkiga o’tkazish bo’yicha O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga kiritiladigan o’zgarishlar to’g’risida Qonun loyihasi kiritishni topshirdi.
Hukumat Dasturiga ko’ra, quyidagilar O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o’tishning asosiy yo’nalishlari qilib belgilandi:
Mustaqil davlat bo’lmish O’zbekiston:
Boshqa respublikalar bilan muvofiqlashtirilgan mustaqil ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni xalq xo’jalini o’zi boshqarish va o’zini o’zi pul bilan ta’minlash sohasida suveren huquqlarini amalga oshiradi, xo’jalik turmushi va mdaniy turmushdagi milliy o’ziga xoslik saqlanib qolishini ta’minlaydi;
Boshqa respublikalar bilan o’z iqtisodiy aloqalarini ekvivalentlik va o’zaro manfaatdorlik asosida mustaqil hal etadi, bu aloqalarni mamlakatning yaxlit xalq xo’jalik kompleksi doirasida o’zaro shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi;
Mahalliy Sovetlarning mahalliy o’zini o’zi boshqarishni keng rivojlantirish, uning mulkiy va moliyaviy negizini mustahkamlash huquqlariga kafolat beradi;
O’z ixtiyorida bo’lgan hamma vositalar bilan mehnat jamoalarining va fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini mustahkamlashga ko’maklashadi, shu huquqlarning har tomonlama himoya qilinishini ta’minlaydi.
Shuningdek, ushbu hujjatda O’zbekiston SSR iqtisodiy mustaqilligini kengaytirishning bosh maqsadi iqtisodiyotning jo’shqin, yuksak samarali, ekologik turmush standartlari darajasidagi farovonligini, ijtimoiy adolat va himoyalanishni ta’minlaydigan yangi xo’jalik-huquqiy sharoitlarni shakllantirishdan iborat qilib belgilandi.
Ayni vaqtda Konsepsiyada maqsadga erishish yo’lidagi vazifalarni hal etish, jumladan, respublika bilan Ittifoqning o’zaro majburiyatlari va o’zaro mas’uliyati asosida O’zbekiston SSR bilan SSR Ittifoqining huquq doirasi sohalarini farqlab qo’yish;
Davlat mulkining haddan tashqari markazlashuvini va byurokratik tashkil etilishini bartaraf qilish: mulkchilikning xilma-xil shakllarini rivojlantirish, bu shakllarning teng huquqliligi va musobaqalashuvini ta’minlash;
Asosan, iqtisodiy usullar negizida respublikaning xalq xo’jaligi davlat boshqaruviga o’tish, rejalashtirish, moliya-byudjet, bank tizimini sifat jihatidan o’zgartirish, mehnat munosabatlarini va tabiatdan foydalanishni tartibga solish;
Bozor mexanizmlarini vujudga keltirish, tovarlar, xizmatlar, moliya-kredit resurslariga talab va taklifni tartibga soladigan narx va boshqa vositalarning ahamiyatini oshirish, O’zbekiston SSRning ichki, O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston mintaqa bozorini rivojlantirish;
Barcha fuqarolarning qobiliyatlaridan to’la-to’kis foydalanish imkoniyatlarini baravarlashtirish, aholining kam daromadli tabaqalrini qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni tarbiyalash, sog’liqni saqlash, maorif, fan, madaniyat va san’atni rivojlantirishni ta’minlaydigan ijtimoiy kafolatlarning ta’sirchan tizimini vujudga keltirish;
Respublika tashqi iqtisoiy faoliyati mexanizmini sifat jihatdan o’zgartirish, shu jumladan, eksport, import operatsiyalari sohasidagi huquqlar va imkoniyatlarni kengaytirish;
Xorijiy sarmoyalar O’zbekiston SSR iqtisodiyotiga investitsiya kiritish, che el sayyohligini rivojlantirish va hokazo;
Respublika va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv idoralarining vakolatlari va mas’uliyatini ajratib qo’yish, xalq deputatlari mahalliy sovetlarining to’la hokimiyati tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy kafolatlarini ta’milash;
Respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solishda qatnashuvchi demokratik jamoat muassasalari iste’molchilar jamiyatlari, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, ekologiya va fan-texnika jamiyatlari, xayriya jamg’armalari va shu kabilarni vujudga keltirishga ko’maklashish nazarda tutildi.
Umuman, O’zbekiston rahbariyati SSSR Hukumatiga O’zbekistonning shoshilinch bozor iqtisodiyotiga o’tish to’g’risidagi ko’rsatmasiga e’tiroz bildirib, bu respublika sharoiti uchun birdaniga to’g’ri kelmasligini va bozor iqtisodiyotiga avvalo aholini, birinchi navbatda, uning kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy kafolatlab, so’ng o’tish borasida O’zbekiston o’zi mustaqil harakat qilishini ma’lum qildi. 1990 yil 29 avgustida O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi “Ittifoqning yangi shartnomasi va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish programmasining asosiy qoidalari va yo’l-yo’riqlariga nisbatan respublikaning tutgan o’rni to’g’risida”gi masalani ko’rib chiqib bu borada shoshilmaslik joizligini yana bir bor ta’kidladi. Oliy Sovet Prezidiumi Ittifoqning yangi shartnomasini tuzish hamda boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturi bo’yicha tayyorlangan takliflar birinchi turkumini chuqur o’rganib chiqish va muhokama qilish uchun O’zbekiston Oliy Soveti, Kompartiya Markaziy Qo’mitasi, O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlarga yubordi.
Ko’rinib turibdiki, yangi Ittifoq Shartnomasi loyihasi avvalgi yillardagidek darhol O’zbekiston tomonidan quvvatlanmadi, bu yerda birinchi navbatda O’zbekistonning milliy manfaatlari himoya qilinishi nazarda tutildi. Yangi Ittifoq Shartnomasini: “U O’zbekistonning siyosiy suverenitetiga zarar yetkazmaydimi?” – degan nuqtai nazardan kelib chiqqan holda imzolash ko’zda tutildi.
Shunga muvofiq respublika hukumati iqtisodiy mustaqillikni bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan muayyan dastur ham ishlab chiqdi. Jumladan, uning birinchi bosqichi 1990-1992 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda esa 1990 yil alohida o’rin tutadi. Chunki bu yil tang ahvolni bartaraf etishning negizlari bunyod etilishi kerak edi.
Shu uch yil mobaynida yangi xo’jalik mexanizmining barcha asosiy unsurlari uzil-kesil harakatga kelishi, davlat byudjeti kamomadiga, aholining pul daromadlari hamda uni tovar bilan ta’minlash o’rtasidagi nomutanosiblikka barham berilishi, pulning qadrsizlanishi kuchayib borishini to’xtatish, mazkur bosqichda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida mulk munosabatlarini tubdan o’zgartirish, zarar ko’rib ishlaydigan korxonalar zimmasiga o’z ishini o’nglab olishi vazifasini yuklash ko’zda tutildi.
Ikkinchi bosqich 1993-1995 yillarni o’z ichiga olishi mo’ljallandi. Bu davrga kelib iqtisodiyotni sog’lomlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi, ichki iste’mol bozoridagi, pul muomalasi va byudjetdagi kamomadlarga asosan barham berilishi, yangi iqtisodiy qonunlar joriy etilishi, ya’ni bozor munosabatlarini me’yoriy rivojlantirish uchun amalda zarur iqtisodiy sharoitlar yaratilishi, bu davrda davlat ixtiyorida bo’lmagan sektorning hissasi oshishi ko’zda tutildi.
Xullas, Konsepsiyadan ma’lum bo’lyaptiki, SSSR markaziy idoralaridan farqli o’laroq, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida O’zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suverenitetni qo’lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi. Ayni choqda O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suverenitetini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish uchun ham konkret choralar ko’rildi. Bu borada xalqning xohish irodagi hisobga olindi.3
Masalan, O’zbekiston rahbariyati va xalqning O’zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo’yayotganligini 1991 yil 17 martidagi umumxalq referendum yaqinlarida ham yaqqol ko’rish mumkin. 1991 yil 20 fevralda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatining yig’ilishi bo’lib, unda SSSR Oliy Kengashi tomonidan belgilangan referendumda ovoz berishga mo’ljallangan asosiy byulleten bilan birga “O’zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo’lib qolishga rozimisiz?” degan savol qo’yilgan qo’shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi. Byulletendagi ushbu matn o’zgartirilishi mumkin emas, deb belgilandi.
Oliy Kengash Rayosati viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga bo’lajak referendumda O’zbekistonning mustaqil bo’lishiga munosabat bildiruvchi ushbu byulleten matni yuzasidan mehnatkashlar ommasi o’rtasida tushuntirish olib borishni topshirdi. Bu ishlarga huquqshunoslar, mutaxassislar, ziyolilar vakillarini keng jalb qilish tavsiya qilindi.
Referendum yakuni shuni ko’rsatdiki, O’zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo’lishiga doir qo’shimcha byulleten bo’yicha 9 million 215 ming 571 nafar kishi yoki ovoz beruvchilarning – 93,9 foizi ovoz berdi.
Shunday qilib, bu referendumda O’zbekiston xalqining mutlaq ko’pchiligida O’zbekistonning mustaqil respublika sifatida ko’rish xohishi borligining o’ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g’ayratini qo’llab-quvvatlash ifodasi edi.
Bundan tashqari, O’zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi.
1991 yil 15 fevralida O’zbekiston Oliy Kengashi “O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida” maxsus qaror qabul qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:
“Mustaqillik to’g’risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, O’zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi:



Yüklə 56,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə