Ozbek tilida ish yuritish


Ish qog‘ozlarini qanday yozish kerak?



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

Ish qog‘ozlarini qanday yozish kerak? 
1.
Ish qog‘ozlari, odatda siyohli, sharikli ruchkada (ko‘k, qora, gunafsharang 
sterjen bilan) aniq dastxat bilan yoziladi. Ariza, tarjimayi hol, bildirgi 
(raport) kompyuterda yozilmay, faqat qo‘l bilan yoziladi. Dalolatnoma 
(akt), bayonnoma, hisobot kabi hujjatlar kompyuterda terilishi mumkin. 
2.
Hujjatlarda o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3.
Ish qog‘ozlarining har bir turi umum qabul qilingan shaklda va muayyan 
izchillikda tuziladi. 
4.
Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli (ortiqcha so‘z va iborasiz) bayon 
qilinishi kerak. Hujjat tili juda lo‘nda bo‘lishi lozim. Ish qog‘ozlarida biror 
shaxsga murojaat etilganda “Siz ” olmoshi (shuningdek, uning turlangan 
shakllari - “Sizga”, “Sizning”,”Sizdan ” va sh.k) bosh harf bilan yoziladi. 
5.
Son, odatda, raqam bilan yoziladi. Pul hujjatlari (dalolatnoma, 
ishonchnoma, tilxat)da raqamdan so‘ng qavs ichida shu raqamning 
so‘zdagi ifodasi ko‘rsatiladi. 
6.
Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng qo‘shimcha 
yozilmay, uning o‘rniga defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak, 4-kurs. Rim 
raqamidan so‘ng hech qanday qo‘shimcha yozilmaydi: I chorak, II kurs. 
7.
Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan 

, §, %, 
(telegrammalarda bular so‘z bilan – raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi.) 
8.
Ish qog‘ozlarda ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo 
chekadigan mansabdor shaxs lavozimining nomi, so‘ng shaxsiy imzosi va 
familiyasi ko‘rsatiladi. Tavsifnoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda, 
3- shaxs imzo chekadi. Ishonchnomada uni beruvchi shaxs imzosidan 
tashqari ushbu imzoni tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo‘ladi. 
9.
Hujjatlarda sanalar arab raqami bilan yoziladi. Bunda ruscha shaklda – 
15.11.04; 02.08.04 tarzda emas, balki quyidagi o‘zbekcha gap tuzilishidan 



kelib chiqqan shaklda berish kerak: 1991.04.09; 2004.04.09. Bunda 
dastlabki to‘rt raqam yilni, keyingilari kun va oyni bildiradi. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə