“О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/132
tarix11.12.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#143477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
63846916a7e6b Наврўз конференция 2022 (1)

Kalit sо‘zlar
: Navrо‘z, bayram, turkiy xalqlar, bahorgi an’analar, 
lingvomadaniyat. 
Har tuning qadr о‘lubon,
Har kuning о‘lsin Navrо‘z!
(Alisher Navoiy) 
Ma’lumki, xalqlar, millat va elatlarni turli ijtimoiy-madaniy qadriyatlar 
birlashtirib turadi. Bu qadriyatlarning bir qismi ularni harakatlantiruvchi ichki 
qonuniyatlari asosida о‘zgarib boradi. Ba’zan bir xalq ardoqlagan qadriyatni 
qaysidir xalq aynan oladi va о‘z milliy qadriyatlari chegarasini kengaytiradi. 
Boshqa bir xalq esa uni muayyan о‘zgarishlar asosida qabul qiladi, о‘zga moslaydi, 
о‘z qadriyatlari bilan uyg‘unlashtiradi. Qadriyatlarning bunday о‘zgarishi fanda 
“ijtimoiy metamorfizm” deb ataladi. Navrо‘z bayrami ham kelib chiqishiga kо‘ra 
qaysi xalqqa tegishli bо‘lishidan qat’i nazar bugungi kunda haqiqiy milliy 
bayramlarimizdan biri sanaladi. U hozirgi shaklga kelgunga qadar tashkiliy va 
mazmuniy jihatdan turli о‘zgarishlarga uchradi. Ba’zan diniy, ba’zan siyosiy 
sabablarga kо‘ra taqiqlandi. Mamlakat mustaqilikka erishgan kundan beri bu 
bayram xalqimizning eng ardoqli bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. 
Navrо‘z Bahor faslining boshlanishi, tengkunlik tantanasidir. Qadimdan 
tabiat sirlarini bilishga qiziqqan ota-bobolarimiz Yer va uning Quyosh tizimidagi 
harakatini kuzatish asosida vaqtni belgilashgan. Navrо‘z, fasllar almashinuvi, iqlim 


10 
yangilanishi, yangi kun, yangi hayot ramzi bо‘lish bilan birga, о‘ziga xos birdamlik 
bayrami hamdir. Bu shunchaki saylu tomosha yoki odatiy bayramlardan emas. Bu 
bayram о‘zlikka qaytish, ota-bobolarni yodlash, bemorlar, yetim-yesirlar va 
mehrga tashna insonlar holidan xabar olish bayramidir. Bu bayram xalqni yuksak 
fazilatlar atrofida birlashtiruvchi, millat ruhida Vatan tuyg‘usini mustahkamlovchi 
bebaho qadriyatdir. О‘zbek xalqi asrlar mobaynida Navrо‘zni ezgulik, mehr-
shavfqat va sahovat bayrami sifatida qadrlab keladi. 
Bahorning kelishi, havolarning isishi, qorlarning erishi, tabiatning jonlanishi 
dunyo xalqlarining barchasini deyarli bir xilda sevintirishi aniq. Turkiy xalqlar ham 
qadimdan kо‘klamni orziqib kutishgan, uni alohida tayyorgarliklar, quvonch va 
tantanalar, tо‘yu tomoshalar bilan kutib olishgan. Kо‘klam kelishini qishloqlarda, 
ovullarda qо‘ni-qо‘shnilar, qarindosh-urug‘, yor-birodar, dо‘stu qadrdonlar 
birgalashib bayram qilishgan. Bir-birlarini bayram bilan qutlashgan, bayramona 
taomlar bilan kо‘ngil olishgan. Joylardagi kо‘klam shodiyonasida kо‘pkari, hayvon 
(xо‘roz, taka, it) urishtirish, yugurish, tuxum urishtirish, olov ustidan sakrash, 
kurash tushish kabi qadimiy sport musoboqalari о‘tkazilgan. Markaziy Osiyoda 
yashagan boshqa xalqlar qatori о‘zbeklar ham Navrо‘zni nishonlashda о‘ziga xos 
urf-odatlarni shakllantirgan va ularni asrab-avaylab avloddan avlodga о‘tkazib 
keladi.
О‘zbek lingvomadaniyatida bayram sо‘zining semantik doirasi va ifoda 
imkonlari nihoyatda keng. Bayram “О‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha 
tavsiflanadi: “Bayram. 1. Tarixiy, madaniy-ma’naviy an’analarga kо‘ra rasmiy 
yoki norasmiy ravishda uyushtiriladigan umumxalq shodiyonasi kuni, tantana kuni. 
Mustaqillik bayrami

Navrо‘z bayrami

Yangi yil bayrami
. 2. Biror-bir munosabat 
bilan о‘yin-kulgi ishtirokida tantanali ravishda о‘tkaziladigan tadbir. 
Oilaviy 
bayram

Archa bayrami

She’riyat
bayrami
. 3. 
kо‘chma
. Vaqtichog‘lik, xursandlik; 
baxt, omad. 
Joni sog‘ga kunda bayram, kunda tо‘y
.” (О‘zbek tilining izohli lug‘ati. 
1.j., 143-b) 
Bayram sо‘zi asosida hosil qilingan 

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə