O`zb tarix 11 узб indd


Davlat ramzlarining qabul qilinishi



Yüklə 2,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/105
tarix19.06.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#118009
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
ozbekiston tarixi 11 uzb

Davlat ramzlarining qabul qilinishi

1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy 
Kengashi “O‘zbekistonning davlat ramzlari 
to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi. Qarorda 
shunday deyiladi: “Mustaqillik to‘g‘risidagi 
Deklaratsiyaga amal qilib O‘zbekiston SSR 
Oliy Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy 
Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyaga O‘zbekiston 
SSRning Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga doir taklifl ar hamda 
ular to‘g‘risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika 
jamoatchiligi va deputatlarning fi krlariga tayanib ish ko‘rsin”.
O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq 
mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika 
Davlat bayrog‘i


10
gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining mu-
siqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. 
Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guru-
higa Davlat bayrog‘ining variantlari ustida 
ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning 
tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi 
ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, 
madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, 
navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
1991-yil 18-noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 
to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respubli-
kasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil
10-dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida “O‘zbe-
kiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risi-
da”gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov 
(1941–2016) va bastakor Mutal Burhonov (1916–2002) 
tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
Davlat gerbi
Abdulla Oripov

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə