O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 2,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/105
tarix19.06.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#118009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
ozbekiston tarixi 11 uzb

Mulohaza qiling!
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» kirish qismiga quyidagicha yozib qo‘yildi: 
«O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining 
davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir 
millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy 
maqsad haqi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur 
his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga 
va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik 
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi».


6
siyosiy hokimiyat ag‘darilib, favqu-
lodda holat joriy etildi va hokimiyat 
Favqulodda holat davlat komiteti 
(GKChP – Государственный комитет 
по чрезвычайному положению)
qo‘liga o‘tdi. Ularning maqsadlari 
Ittifoq hududida yashovchi barcha 
xalqlarning 
mustaqillikni 
qo‘lga 
kiritishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi. Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston SSR 
Oliy Kengashining Rayosati, O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy 
Komiteti va O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 
1991-yil 21-avgustda qo‘shma majlis o‘tkazib, unda “SSSR GKChPning 
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va qonunlariga zid hujjatlari O‘zbekiston 
hududida amal qilmaydi”, degan qaror qabul qildi.
1991-yil 25-avgust kuni esa O‘zbekiston SSR Prezidenti mamlaka-
timizning to‘la mustaqilligi yo‘lida tamal toshini qo‘ygan yana bir muhim 
farmonni e’lon qiladi. Farmonda jumladan, shunday deyiladi:
“Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib va respublika 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi va 
Davlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olinsin. 
Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki 
qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirilsin.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatiga juda qisqa muddatda 
Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash 
va uni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 
muhokamasiga taqdim etish taklif qilinsin”.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘z-
bekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash 
hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Markaziy nazorat 
qo‘mitasining 28-avgustda bo‘lgan qo‘shma Plenumi Respublika Kom-
Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə