O`tkir revmatik isitma simtomologiyasi



Yüklə 21,12 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü21,12 Kb.
#143465
O`TKIR REVMATIK ISITMA


Mavzu: O`TKIR REVMATIK ISITMA SIMTOMOLOGIYASI

REJA:



1. Muammoning dolzarbligi
2. Ta`rifi
3. Etiologiyasi va patogenezi

Mavzuning dolzarbligi

Kasallik dunyoning barcha klimatik-geografik zonalarida ro’yxatga olingan. Ko`p xolatlarda kasallik bolalik va o`spirin yoshida boshlanadi (6-15yosh). RI bilan kasallanish va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o’rtasida uzviy bog’liqlik aniqlangan.
Birlamchi kasallanish 70 % dan ko’p holatlarda 8-15 yoshlilarga to’g’ri keladi.
Kasallanish 100 000 aholiga 100 kishini tashkil qiladi (0,1%).
Rivojlanayotgan davlatlardagi maktab o’quvchilari o’rtasida tarqalganligi 1000 kichik yoshdagi aholiga 6-22 kishini tashkil qiladi.

O`TKIR REVMATIK ISITMA (Sokolskiy – Buyo kasalligi) - biriktiruvchi to`qimaning tizimli yallig`lanish kasalligi bo`lib, asosan yurak va qon tomirlar tizimini jaroxatlaydi, ko`proq kasallikka moyilligi bo`lgan kishilarda A-guruhga kiruvchi β-gemolitik streptokokk bilan bog`liq holda rivojlanadi.
Revmatizm” tushunchasi birinchi marta 1635 yilda Ballonius tomonidan kiritilgan.
Revmatizm tushunchasi grekcha ῥεῦμα so`zidan, «oqim» — oqish (tana bo`ylab) degan ma`noni bildiradi.
Bu holat kasallikning tez rivojlanib, butun organizm bo`ylab keng tarqalishi bilan bog`liq va u ko`p a`zo va to`qimalarni zararlaydi.
1835 yilda J. B. Bouillaud va G.I. Sokolskiylar “Revmatizm bo’g’imlarni yurakni zararlantirganchalik zararlantirmaydi” deb, keyinroq Lasseg “Revmatizm bo’g’imlarni yalaydi, yurakni tishlaydi” deb ko’rsatganlar. Keyinroq Botkin tomonidan revmatizmda ko’pchilik a’zolar – buyrak, teri, asab sistemasi, o’pka zararlanishini ko’rsatgan, ya’ni revmatizm – polivisseral kasallik.
O’RIning Stollerman tomonidan 1997 yilda taklif etilgan ta’rifiga ko’ra O’RI – bu moyilligi bo’lgan kishilarda A-guruhdagi streptokokkli faringitning asorati bo’lib, streptokokk epitoplariga autoimmun javob va inson organizmidagi teri, bo’g’im, yurak, bosh miya kabi to’qimalarining o’xshash epitoplariga kesishgan reaktivlik rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
ETIOLOGIYA
A guruhidagi β-gemolitik streptokokk - RI rivojlanishi bilan yakunlanadigan zararlanishning eng ko’p uchraydigan sabablaridan biri.
RI rivojlanishi shartlari – burun-xalqum infeksiyasi va uning yetarlicha samarali davolanmasligi
O’tkir streptokokkli infeksiya o’tkazganlarning 0,3-3% RI bilan kasallanadi
RI streptokokkli infeksiya natijasida rivojlanishi gipotezasini 1935 yilda taniqli terapevt, akademik N.D. Strajesko ilgari surgan: «Revmatizm – bu sezuvchanligi yuqori bo’lgan organizmdagi sepsisdir. Bunda immunologik reaktivlikning oshishi muhim rol o’ynaydi. Agar o’tkir revmatizm rivojlanishida streptokokkli infeksiya muhim rol o’ynasa, revmatizm surunkali kechishga o’tishidagi muhim omil – bu yurak miokard va endokard qavatlariga nisbatan antitanalar hosil bo’lishining kuchayishidir, bu esa nafaqat yurak zararlanishiga, balki asoratlar rivojlanishiga ham olib keladi».
PATOGENEZ
O’RI rivojlanishi zamonaviy nazariyasiga ko’ra RI toksik-immunologik kasallikdir. Streptokokk kardiotoksik fagositozni to’xtatish, membra-nalar va iriktiruvchi to’qimani zararlash xususiyatiga ega bo’lgan moddalar ishlab chiqaradi. Bular M-protein, peptidoglikan, streptolizin – O va S, gialuronidaza, streptoki-naza, dezoksiribonukleaza va boshq. Strepto-kokk va miokard to’qimalari o’rtasida o’zaro immunologik bog’liqlik mavjud. Streptokokk toksinlari yurak-qon tomir tizimi va biriktiruvchi to’qimada yallig’lanish chaqiradi.
Streptokokk va yurak o’rtasidagi antigen o’xshashlik autoimmun mexanizm rivojlanishiga – miokard va biriktiruvchi to’qimaga nisbatan autoantitanalar ishlab chiqarilishiga olib keladi.
Gumoral va hujayraviy immunitet buzilishi ASL-O, ASG, ASK, disimmuniglobulinemiya, B-limfositlar miqdori oshishi va T- limfositlar miqdori kamayishi bilan ifodalanadi, bazofillar faoliyati buziladi, gistamin, serotonin, bradikinin kabi yallig’lanish mediatorlari ishlab chiqariladi. Immun yallig’lanish jarayoni biriktiruvchi to’qimani zararlaydi.

O’RI rivojlanishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
miokardning A guruhdagi β-gemolitik streptokokkning «kardiotrop» fermentlari bilan to’g’ridan-to’g’ri toksik zararlanishi (O va S streptolizinlar, streptokinaza va gialuronidaza, dezoksiribonukleaza B va boshq.)
streptokokklarga qarshi antitanalar (antistreptolizin-O (ASL-O), antistreptogialuronidaza (ASG), antistreptokinaza (ASK), antidezoksiribonukleaza B (anti-DNKaza B) yuqori titrlarda) ishlab chiqarilishiga olib keluvchi A guruhdagi β-gemolitik streptokokkning makroorganizm to’qimalari antigenlari bilan kesishib ta’sirlanuvchi antigenlariga qarshi immun javob («molekulyar mimikriya fenomeni») rivojlanadi.
M-protein molekulalarida makroorga-nizmning miozin, sinoviy, bosh miya kabi turli to’qimalari bilan o’zaro ta’sirlanuvchi antigen determinantlari (epitoplar) mavjud. Bular miokard, bosh miya, sinovial qobiqlar komponentlari bilan o’xshashlikka ega.
M-protein autoimmunitet effektini indusirlovchi superantigen xususiyatiga ega. Orttirilgan autoimmun javob o’z navbatida A guruhdagi β-gemolitik streptokokk revmatogen shtammalari bilan qayta infisirlanish natijasida kuchayishi mumkin. 
Yüklə 21,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə