Ot turlari. Ot windows Turlari Reja



Yüklə 102,79 Kb.
səhifə5/11
tarix25.09.2023
ölçüsü102,79 Kb.
#123649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7. OT turlari. OT windows Turlari

Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va muloqot uchun ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95 o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows 3.1. operatsion tizimi, amaliy tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi interfeysiga qo‘shimcha ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina muhim angitdan kiritilgan funksiyalarga ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, Windows 95, Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da, DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi cheklovlar bekor qilingan.
Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. Azalda, bu operatsion tizimni Memphis, so‘ngra Windows 97 deb ataldi, ammo Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim muddatida, 1997 yilda tayyor bo‘lmaganligi sababli, uning nomini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Windows98 ko‘pgina yangi texnologiyalarni quvvatlash imkonini beradi, shu jumladan, FAT32, AGP, MMX, USB, DVD va ACPI texnologiyalarni ham. Uning eng sezilarli xossasi bo‘lib, veb- brauzer (Internet Explorer)ni operatsion tizim bilan uyg‘unlashtiruvchi, «Faol ish stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi.
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion tizimlari safidagi mahsulot, Windows NT operatsion tizimi, amaliy tizimining takomillashtirilgan rusumi. Windows 2000ni ko‘pincha W2K shaklida belgilanadi. Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt rusumi bor:
Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim. Qo‘llanmalarni ishlatish, Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar va tarmoq resurslaridan erkin foydalanish uchun ishlatiladi.
Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri sifatida ham ishlatiladi.
Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat uchun ishlatiladi. Windows 2000 Server standart rusumidan yuqori masshtablanuvchanlik va erkin foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi.
Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish talab qilinadigan kompyuter tarmoqlarida foydalanish uchun yaratilgan.

Yüklə 102,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə