Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 102,63 Kb.
səhifə2/10
tarix06.07.2023
ölçüsü102,63 Kb.
#119321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AZIZBEK

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini ta‘minlashda, zamonaviy korxonalarda boshqaruv faoliyatini samarali ta‘shkil qilishda rahbarlik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi eng avvalo iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta‘minlashni taqozo etadi. Bu vazifalarni hal etish uchun yurtimiz o‘zining boy tabiiy resurslaridan, mineral manbalaridan hamda fan-texnika va inson resurslaridan samarali foydalanishi zarur. Chunki jamiyatning eng oliy boyligi bo‘lgan xalq qudratli salohiyatni o‘zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo‘lib xizmat qiladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanish muammosiga e‘tibor kuchaya bormoqda. Shunday omillar qatoriga insonda mujassamlashgan tuganmas qobiliyatlardan foydalanish va bu qobiliyatlar orqali korxona va tashkilotlarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish ahamiyatlidir. Menejer mehnatining asosiy faoliyati korxonada yo‘lga qo‘yilgan mahsulot ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismidir. Shuningdek, uning faoliyati ishlab chiqarish natijalariga sezilarli ta‘sir ko‘rsatuvchi va boshqaruv funktsiyalarini tezkor ravishda amalga oshirib boruvchi hatti-harakatlar jamlanmasini o‘zida mujassam etadi. Menjer to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy boylik yaratmasdan, biroq uning boshqaruvchilik faoliyati ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladi. Shuningdek, menejer faoliyati ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida kuzatiladigan o‘zgarishlar asosida baholanadi. Ko‘rinib turibdiki, menejer faoliyati ko‘p qirrali va korxonaning samarali faoliyatiga ulkan ta‘sir ko‘rsatuvchi mehnat turi ekan. Allaqachon o'z umrini o'tab bo'lgan, boshqaruvning sovet davriga xos eski va yaroqsiz rejali-taqsimot tizimi va lavozimlar nomenklaturasidan qat'iy voz kechishimiz, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan tijorat direktori, moliya direktori, mijozlar bilan ishlash va xaridlar bo'yicha loyiha menejeri va boshqa yangi lavozimlarni xalqaro amaliyotga mos ravishda, ularning mansab majburiyati va vazifalarini aniq belgilagan holda, keng joriy etishimiz lozim. Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi barcha manfaatdor tuzilmalar ishtirokida asosiy lavozim va kasblarning yangi klassifikatorini ishlab chiqishi kerak. Aynan ana shunday klassifikator bugungi yangi avlod professional kadrlarini tayyorlashning asosiy mezoniga aylanishi darkor.‖ -deb alohida ta'kidlab o'tdilar1 . Menejer mehnatini smarali tashkil qilish va shu orqali korxona boshqaruv tizimini rivojlantirish, korxonaning umumiy samadorlik ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi va unga baho beriladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarni boshqarish borasida ijobiy natijalarga erishish nuqtai nazaridan kelib chiqib, mavzuning dolzarbligi menejer mehnatini tashkil etish va boshqaruv tizimini rivojlantirish zarurligidan kelib chiqadi.



Yüklə 102,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə