O’simlik hujayrasining fiziologiyasi



Yüklə 452,66 Kb.
səhifə4/10
tarix29.11.2023
ölçüsü452,66 Kb.
#139694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’SIMLIK HUJAYRASINING FIZIOLOGIYASI

HUJAYRA PO’STI. O’simliklarning hujayralarida qattiq po’stning bo’lishi, ularning hayvon hujayrasidan farq qiladigan belgilaridan biri hisoblanadi. Organizmda hujayralar bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ona hujayra bo’linayotgan vaqtda undan hosil bo’layotgan ikki yosh hujayra oralig’ida juda yupqa to’siq paydo bo’ladi va u ona hujayraning eski po’sti bilan qo’shilib ketadi. Natijada paydo bo’lgan ikkala hujayra ham qattiq po’stga o’ralib qoladi.
Hujayra po’sti asosan sellyuloza, gemisellyuloza va pektin moddalaridan iborat. Quruq og’irligiga nisbatan sellyuloza 30%, gemisellyuloza- 40%, pektin moddalari 20-25% tashkil etadi. Sellyuloza moddalari har xil uzunlikka ega bo’lgan zanjirsimon misellalardan tuzilgan. Hujayra po’sti asosan ichkaridan yo’g’onlashadi.
Elektron mikroskopda olib borilgan tekshirishlarning ko’rsatishicha hujayra po’sti to’rsimon tuzilishiga ega bo’lib uch qavatdan iboratdir. Ichki birlamchi qavat asta-sekin yo’g’onlashish xususiyatiga ega. Buning natijasida o’rta ikkilamchi qavat hosil bo’ladi. Ikkilamchi qavat esa o’z navbatida S1,S2 va S3 qavatlaridan iborat bo’ladi (2-rasm). Tashqi qavat uchlamchi qavat deyiladi.

2- rasm.Hujayra po’stining tuzilish sxemasi
I - birlamchi qavat , II - ikkilamchi (o’rta) qavati va uning S1,S2 ,S3 qatlamlari, III - uchlamchi ( tashqi ) qavati
So’nggi yillarda o’tkazilgan izlanishlar hujayra po’stining ham enzimatik faol ekanligini ko’rsatdi. Ya’ni po’st tarkibida invertaza, fosfotaza, askarbinatoksidaza va boshqa fermentlarning bo’lishi uning metabolitik faolligidan dalolat beradi. Bu fermentlar moddalarni qabul qilish va harakatlanish jarayonlarida ayniqsa katta rol o’ynaydi.
Hujayra po’sti orqali suv va suvda erigan kichik molekulali moddalar erkin qarshiliksiz o’tib, plazmolemma sathiga boradi. Lekin, hujayra po’sti tarkibida lignin, suberin moddalari ko’paygandan va kutikula qavati qalinlashganidan keyin eritmalarning diffuziyasi cheklana boshlaydi.


Yüklə 452,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə