|
Oriental Renaissance: Innovativeleksikologiya-tushunchasi-va-unda-so-zning-mohiyatiMarch
2022
miqdorini va tovushlar tartibini o‘zgartirib ko‘ring). To‘g‘ri, so‘zning tovush
qobig‘ida o‘zgarish bo‘lsa-da, ma’no saqlanishi, demak, so‘zning o‘zi ham
saqlanishi mumkin. Leqin bu hodisa (tovush qobig‘idagi o‘zgarish) “
birdaniga”
(darhol) emas, balki til taraqqiyoti jarayonida yuz bersagina shunday bo‘ladi. Bu
hodisa tub so‘zlardagina emas, balki yasama so‘zlarda ham yuz berishi mumkin.
Masalan,
evur – o‘gir
(aylantir),
biragu – birov
,
iroq – yiroq, yog‘och – og‘och,
kiprik – kirpik, qo‘imi – qo‘nshi, magiz – mayiz
va hokazo. So‘zning tovush
qobig‘ida bo‘ladigan bunday o‘zgarishlar so‘zning o‘z ma’nosi bilan yashash
jarayonida ma’lum
qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Shuning uchun ham bu
o‘zgarish ma’noning, shu bilan birga so‘zning yo‘qolishiga olib kelmaydi.
So‘z tovush qobig‘ining o‘zgarishi bilan (tovushning sifat yoki miqdoriy
o‘zgarishi, tovush tartibining o‘zgarishi bilan) ma’noning o‘zgarishi, yangi so‘z hosil
bo‘lishi hodisasi ham bor:
ko‘r – ko‘z, artmoq – arch(i)moq) artmoq – derazani
artmoq, stolni artmoq; archi(i)moq: kartoshkani arch (i)moq
va boshqalar
5
. [5.9.]
So‘zning ikkinchi muhim belgisi ma’lum ma’noga egaligidir. Lekin so‘zlar
ifodalaydigan ma’nolar bir xil emas. Ular eng umumiy xususiyatlari bilan ham turli
tipga bo‘linadi. Masalan, ayrim so‘zlar ob’ektiv borliqdagi narsa – hodisa, belgi,
harakat kabilarni bildiradi (shu narsa – hodisa, belgi, harakatni ataydi):
bog‘, daryo,
ko‘k, baland, o‘qimoq
va hokazo;
Undovlar faqat his – hayajon, buyruq – xitob bildiradi:
Dostları ilə paylaş: |
|
|