O‘quv mashg‘UL



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə18/24
tarix14.01.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#98591
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
и O

Baxolash mezoni

Baho

1

Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..

5

2

Savollarga qisman javob berish

4

3

Savollarga noto’g’ri javob berish

3

4

Savollarga umuman javob bermaslik

2







OQUV MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
1-mavzu:
O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni

O‘quv mashg‘uloti shakli va turi

Nazariy

O‘quv mashg‘uloti rejasi




O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Bilim(ko‘nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).

O‘qitish natijasi

Ushbu mavzuni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko‘nikma yoki kompetensiyalar

Pedagogik vazifalar:


O‘qitish metodlari:

Kichik axborotli, ma’ruza, hikoya, tushuntirish, ko‘rsatma berish, namoyish. Ko‘rsatish, video usul, kitob bilan ishlash, taqdimot, insert, mashq, suxbat, baxs, aqliy hujum,ta’limiy o‘yin, pinbord, BBB, va boshqalar (qo‘yidagilardan maqsadga ko‘ra tanlab olinadi)

O‘qitish vositalari:

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proyektor, kompyuter, diaproektor, flipchart, videofilm grafikli organizatorlar, model, mulyajlar, chizma, grafiklar, diagrammalar, namunalar, ekspert varog‘i, yo‘riqnoma, elektron yo‘riqnoma.

O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli:

Ommaviy, jamoaviy, guruhli juftlikda, yakka tartibda

O‘qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xona.

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o‘quv topshiriqlarni baholash.

O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi



Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

O‘quvchilar




1-Bosqich.
Mavzuga kirish
(5 daq.)

Tashkiliy qism
1.1. O‘quvchilar bilan salomlashadi
1.2. O‘quvchilarning davomati ularni va
auditoriyani mashg‘ulotga tayyorligini tekshiradi
Maqsad va vazifaning belgilanishi
1.3. O‘quv mashgulotining mavzusi, rejasi, maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan
tanishtiradi, uning ahamiyatini asoslaydi
1.4. Mavzu bo‘yicha baholash mezonlarini
ma’lum qiladi

Diqqat qiladi
Yozib oladi
Tanishadi




2-bosqich.
Asosiy bosqich
(65 daq.)

O‘quvchilar bilimlarini faollashtirish
2.1. O‘quvchilarga fan bo‘yicha dastlabki bilimlarini tekshirish maqsadida savollar varaqasini tarqatadi. Ishga ajratilgan vaqt, baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiriladi.
2.2. Javoblar varaqasi yigíb olinadi va tekshirib baholanadi. (1-ilova)
Yangi o‘quv materiali bayoni
2.3. O‘quv fanining maqsadi va mazmuni bilan tanishtiradi
2.4. Mavzu bosqichlarini videoproektorda
ko‘rsatib tushintirib beradi
2.5. Fanda uchraydigan atamalarni klaster bilan tanishtiradi(2-ilova)
2.6. Mavzuni har bir qismi bo‘yicha xulosalanadi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi,berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash
2.7. Mavzuni mustahkamlsh uchun talabalarga
Aqliy hujum savollari beriladi.( 3-ilova)

Savollarga javob
yozadilar
Diqqat qiladi
Ma’lumotlarni daftarga
qayd qiladi va chizadi Kuzatadi
Tinglaydi
Aqliy hujum savollariga javob beradi




3-Bosqich Yakuniy bosqich
(10 daq.)

Mashg‘ulot yakuni
3.1. Mavzuni umumlashtirib, mashg‘ulotni yakunlaydi.
3.2. O‘quvchilar faoliyatini va tahlil qiladi va baholaydi
Uyga vazifa berish
3.3. Mavzuni o‘rganib chiqib, mavzu bo‘yicha yangi ma’lumotlar tayyorlab kelish

Diqqat qiladi
Vazifani yozib oladilar




Tuproq tog‘ jinslaridan paydo bo‘lgan. Ammo tuproq o‘zining bir qancha xususiyatlari, ayniqsa unumdorligi, ya’ni o‘simliklarni suv, havo va oziq moddalari hamda boshqa hayot omillari bilan ta’min etish xususiyati bilan tog‘ jinslaridan keskin farq qiladi. O‘ziga xos ana shu xususiyatlarga ega bo‘lgan tabiiy jins hisoblangan tuproqning paydo bo‘lishida nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlari o‘zaro munosabati natijasida kechadigan jarayonlar katta ahamiyat kasb etadi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonlari haqidagi umumiy nazariy tushunchalar – V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, N.M.Sibersev, V.R.Vilyams, P.S.Kossovich, K.D.Glinka, G.Iyenni, F.Dyushofur va boshqa mashhur olimlar ilmiy faoliyati tufayli shakllangan. Tuproq paydo bo‘lish jarayoni haqidagi ta’limotning hozirgi zamon da rivojlanishida I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, B.P.Polinov, I.V.Tyurin, A.A.Rode, S.P.Yarkov va boshqa tadqiqotchilarning xizmatlari nihoyatda katta rol o‘ynaydi.



Tuproq paydo bo‘lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. A.A.Rodening kursatishicha, tuproq paydo bo‘lish jarayoni deb moddalar va energiyaning tuproq qatlamida o‘zgarishi va harakati singari hodisalar yig‘indisiga aytiladi.
Tuproq paydo bo‘lish jarayon yoki tuproq paydo bo‘lishi- bu yer yuzasini tashkil etuvchi tog‘ jinslaridan tuproq paydo bo‘lishi, tuproq paydo buliщ omillari kompleksi ta’sirida Yerning tabiiy yoki antropogen ekosistemalarida rivojlanishi, funksiyasini bajarishi va evolyusiyasidagi murakkab tabiiy jarayonlardir.
Tuproq sifatimuayyan vazifalarni bajarish uchun tuproq unumdorligini xorijda R. Lal, 1993; 1997 ; 1998 ; 1999 ; Doron va Parkin , 1994; Doron boshqalar , 1996 . Sarter va boshqalar. ,1997 ; Larson va Pirs, 1991; Bezdisek boshqalaralar , 1996 . Karlen boshqalar , 1997 . Papendeskva Parr , 1992 ; Parr va boshqalar., 1992 va boshqalar ishlarida keltirilgan.
Tuproq agronomik jixatdan yer yuza qatlamida muhim vazifalarni bajaradi, ya’ni o‘simlik biomassasi, tuproq xosildorligi, suv tozalash, ifloslantiruvchi biologik moddalarni xolos qildirish, shaxar va sanoat chiqindilaridan tozalovchi funksiyani bajaradi.
Tuproq yerdan foydalanish, uning xususiyatlarini yaxshilash va boshqarish munosabatlarini chegaralovchi tizim xisoblanadi.1
Tuproq paydo bo‘lishi yaxlit qoya tog‘ jinslarida yoki ularning suv, mo‘z, shamol, gravitasion (bir-birini tortish xususiyati) ta’sirida nurashi va qayta yotqizilishidan hosil bo‘lgan mahsulotlari ustida tirik organizmlarning paydo bo‘lishi paytidan boshlanadi.
Birlamchi tuproq paydo bo‘lish jarayoni jarayonning birinchi davrlarida qoya tog‘ jinslari, magmatik yoki cho‘kindi tog‘ jinslarida, aslini olganda nurash jarayoni bilan birgalikda sodir bo‘ladi va zich qoya jinsda shakllanayotgan tuproq moddiy jihatdan nurash po‘sti bilan birgalikda vujudga keladi. Keyinchalik yer yuzasi rivojlanishining ko‘proq yetilgan bosqichlarida nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlari makon va vaqt ichida bir-biridan ajraladi, tuproq esa faqatgina tog‘ jinslari nurash po‘stining eng ustki zonasida, ko‘pincha u hosil bo‘lganidan va qayta yotqizilganidan keyingina shakllanadi. Bunda, shuni ta’kidlash lozimki, Yerning o‘zoq geologik o‘tmishidagi yer yuzasi rivojlanishining abiotik davrida nurash jarayoni tuproq paydo bo‘lish jarayonisiz sodir bo‘lgan va yer yuzasida faqat nurash po‘sti mavjud bo‘lgan, tuproq esa bo‘lmagan.
Nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlarini va shunga binoan nurash po‘sti va turli xildagi tabiiy jism sifatida bir-biridan ajratish jiddiy ahamiyatga ega. Binobarin nurash va tuproq paydo bo‘lish omillari (agentlari va sharoitlari) bir-biriga o‘xshash va ushbu jarayonlar bir xildagi yer yuzasidagi termodinamik sharoitlarida sodir bo‘lishi, ularning mos ravishda global differensiasiyalanishi bir-biriga uxshasa ham, ammo jarayonlarning o‘zi va oxirgi natijasi bo‘lgan ushbu jarayonlar maxsulotlari turli xildir.
Tog‘ jinslarining nurash po‘sti – bu tog‘ jinslarining parchalanishi, mineral komponentlarining transformasiyasi (o‘zgarishi), massasining katta kichikligiga ko‘ra, harakat etish yo‘lida saralanishi va qayta yotqizilishi–gravigradasiyali sedimentasiyasi (cho‘kishi) ning mahsulotlaridir.
Tuproq – bu nurash po‘stlog‘idan gumusning mavjudligi, o‘ziga xos morfologiyasi, iyerarxik strukturasi, global funksiyasi bilan farq qiladigan spesifik biokos tabiiy jismning yangi yaralmasi natijasidir. Yer po‘stlog‘i hosil bo‘lishining sof geologik jarayonlari mahsulotlari, qoya tog‘ jinslari (yaxlit, zich, yaxlit-kristal, tub jinslar) ham nurash va cho‘kindi to‘planish mahsulotlari g‘ovak tog‘ jinslari (g‘ovak cho‘kindilar, yotqiziqlar, sedimentlar, nurash ruxlyaklari) ham qoldiq (elyuvial), tranzit va akkumulyativ nurash po‘stlog‘ini shakllantiradigan, nurash va cho‘kindi hosil qilish, shuningdek yer yuzasidagi sof geologik jarayonlar mahsulotlari ham – ona jins yoki tuproq paydo qiluvchi jins holida xizmat qilishi mumkin, qaysiki ulardan tuproq hosil bo‘ladi.
Tog‘ jinslari nurashi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi va qayta yotqizilishi jarayonlarida, dastlabki zich jinslar uchun xarakterli bo‘lmagan va tuproq paydo bo‘lishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, qator yangi xossalarga ega bo‘ladi: 1) zich, yaxlit hosiladan g‘ovak, bo‘laklarga bo‘lingan holatga o‘tadi; 2) g‘ovaklikka ega bo‘ladi, shu tufayli havo sig‘imi va havo o‘tkazuvchanlik, nam sig‘imi va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi; 3) birlamchi jins hosil qiluvchi minerallar bilan bir qatorda nurash po‘stlog‘ining tog‘ jinslari ikkilamchi minerallarni, shu jumladan transformasiya va neosintez mahsulotlari bo‘lgan va almashinadigan singdirish qobiliyatiga ega bo‘lgan kolloidli va kolloid kattaligidagi loyli minerallarni saqlaydi; 4) o‘zining granulometrik, mineralogik va kimyoviy tarkibi bo‘yicha yer yuzasida qayta taqsimlanadi; 5) tirik organizmlar uchun qulay shakldagi, biofil elementlar, shuningdek zaharli kimyoviy elementlarni saqlaydi; 6) materiallarning nurashi, aralashuvi va qayta yotqizilishi jarayonlarida shakllanadigan, litologik qatlamlilikga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, tog‘ jinslari nurash jarayonidayoq qator xossalarga ega bo‘ladi, bu esa ulardan hosil bo‘ladigan tuproqlar uchun juda muhim hisoblanadi. Nurash jarayoni bilan birgalikda kechadigan yoki undan keyin sodir bo‘ladigan, tuproq paydo bo‘lish jarayonida, ushbu xossalar yanada rivojlanadi va tuproq xossalariga aylanadi. Hosil bo‘lgandan keyin o‘z joyida qolgan (jinslarning elyuviysi), yoki suv yoki shamol yoki gravitasiya kuchlari ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilib yotqizilgan nurash ruxlyagi (tog‘ jinslarining turli katta kichiklikka, tarkib va xossalarga ega bo‘lgan nurash mahsuloti), tuban va oliy o‘simliklar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan fauna (hayvonot dunyosi) larning paydo bo‘lishi shunga mos ravishda tuproq paydo bo‘lishining jadal rivojlanishi uchun qulay substrat tarzida xizmat qiladi.
Tuproq paydo bo‘lishi asosan nuragan va nurayotgan dastlabki jins qalinligi chegarasida o‘ziga xos to‘zilishi (iyerarxik tuproq to‘zilishi)ning shakllanishiga, yangi hosil bo‘lgan tuproqning maxsus xossalar va funksiyalarga ega bo‘lishi va yer yuzasidagi geosfera jarayonlarining umumiy dinamikasida, ushbu struktura (to‘zilish), xossa tuproqni va funksiyalarning muntazam dinamik qayta yaratilishiga olib keladi.
Ma’lumki, tuproq tog‘ jinslaridan kelib chiqqan. Ammo yer betiga chiqib qolgan tog‘ jinslariga hali tirik organizmlar ta’sir etmagan davrda jinslarda faqatgina nurash jarayoni kechadi. Buning natijasida hosil bo‘ladigan nurash mahsulotlari tarkibidagi o‘simliklar uchun oziq moddalar hisoblangan ko‘l elementlari (Sa, Mg, K, R, S kabilar) atmosfera yog‘inlari ta’sirida yuviladi va yuza oqimlar hamda sizot suvlari ta’sirida dengizlar va okeanlarga olib borilib tuliq yoki qisman yotqiziladi, natijada dengiz cho‘kindilari hosil bo‘ladi.
Har yili suv oqimlari bilan jahon okeaniga 20-25 mlrd.t. mineral zarrachalar oqizilib ketiladi, uning asosiy qismi tuproq zarrachalaridir.
Yer tarixida kechadigan o‘zoq muddatli geologik jarayonlar tufayli dengizlar quruqlikka aylanib, undagi cho‘kindilar yer betiga chiqib qoladi va u yana qator murakkab nurash jarayonlariga uchraydi. Quruqlik va okeanlar orasida kechadigan moddalarning ana bunday aylanishiga katta geologik aylanish deb aytiladi. O‘zining yunalishi bilan bu aylanishda nurash pusti jinslaridagi o‘simliklar uchun zarur ko‘l elementlari unda tuplanmasdan, aksincha kamayib borib, kambag‘allashuvi ruy beradi.
Tog‘ jinslarining tuproqqa aylanishi bir vaqtning o‘zida kechadigan nurash va tuproq paydo bo‘lish kabi ikki jarayonning birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keladi. Tuproq paydo bo‘lish jarayoni faqat tirik organizmlar, jumladan, yuksak o‘simliklar va mikroorganizmlarning o‘zaro ta’siri tufayli kechadi.
Tog‘ jinslari yuzasida usayotgan o‘simlik ildizlari ma’lum chuqurlikkacha kirib boradi va uning ancha qismini egallaydi. Natijada jinslarda tarqoq holda bo‘lgan ko‘l elementlari tarzidagi oziq moddalar R, S, Sa, Mg, K singarilarni ildizlari orqali o‘zlashtirib oladi va bunda azot ham tuplana boshlaydi. Jinslarda azotning hosil bo‘lishi va tuplanishi asosan mikroorganizmlarning biokimyoviy faoliyati natijasidir. O‘simliklar havodagi karbonat angidridi, suv, ko‘l elementlari, azot va quyosh nurlari energiyasidan foydalanib organik moddalarni sintezlaydi. Tarkibida ko‘l moddalari bo‘lgan o‘simlik qoldiqlari tog‘ jinslarida va uning yuqori qismlarida tuplana boshlaydi. Bu moddalar o‘z navbatida mikroorganizmlar uchun oziqa va energiya manbai hisoblanadi.
Organik qoldiqlar mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, uning bir qismi yangi organik modda-gumusga aylanadi. Bu moddalar mikroorganizmlar ta’sirida sekin parchalanib o‘zgarganligi sababli jinslarning yuqori qismlarida tuplana boshlaydi, qisman esa minerallashib azot va ko‘l elementlari kabi oziq moddalarga ajraladi. Ana shu moddalar eritmaga o‘tib, tuproqning mineral qismi va gumus moddalari bilan yangi kompleks, kam harakatchan birikmalar hosil qiladi va yangi avlod o‘simliklar ildizlari orqali ularni singdirib oladi. Natijada, jinslardagi ko‘l elementlari shuningdek, azot oliy o‘simliklar, mikroorganizmlar ta’sirida tuproqda yiGila boshlaydi va qator biokimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Hosil bo‘lgan yangi, ancha kam harakatchan shakldagi bu moddalar jinslarning yuqori qatlamlarida yiGiladi. Demak o‘simlik hamda tuproqqa aylanayotgan tog‘ jinslari orasida ko‘l elementlari va azotning aylanishi yuzaga keladiki, bu jarayon o‘zluksiz ravishda boradigan organik moddalarning sintezi va parchalanish jarayonlari bilan bog‘liqdir. Buning natijasida tuproq unumdorligining muhim omili hisoblangan mineral va azotli oziq moddalarning tog‘ jinslari yuqori qismlarida asta-sekin biologik tuplanishi yuz beradi. Moddalarning tabiatda ana shunday aylanishini V.R.Vilyams moddalarning kichik biologik aylanishi deb atashni tavsiya etadi. (3- rasm)

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə