O'qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi. Qabul qildi: Matnazarova Karomat



Yüklə 1,04 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#133118
Abdulaziz


Al Xorazmi Universiteti 3-7 guruh talabasi Mamurova Begoyimning Pedagogik mahorat fanidan bajargan ishi
O'qituvchining tarbiya
texnologiyalari asosida faoliyat
olib borishi.
Qabul qildi: Matnazarova Karomat
01
Texnologiya
Reja:
02
Tarbiyaning tizimliligi
03
Tarbiya jarayoniini modellashtirish
04
Xulosa
01
Avlod tarbiyasi
Kalit so'zlar:
02
Sessiya
03
Komil inson
04
Muassasa
Annotatsiya:
ushbu maqolada o'qituvchining dars davomida turli xil
texnologiyalar asosida darsni qiziqarli, maroqli o'tishi va o'quvchilarni dars
mobaynida fanga bo'lgan qiziqishini oshirish muhokama qilingan.
Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o'qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng oliyjanob vazifadur. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov oliy majlisining IX sessiyasida so'zlagan nutqida shunday dedi: "Biz komil inson tarbiyasining davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e'lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ong yuksak, mustaqil fikrlay oladigan xulq-atvori bilan o'zgalarga ibratli, bo'ladigan bilimli ma'rifatli kishilarni tushunamiz". Komil inson, o'qituvchining mashaqqatli mehnatining namunasidur. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi doimo munozarali mavzu bo'lib kelgan. Tarbiyalash va o'qitish, garchi ilm- fan ularni farqlasada, bir-biriga bog'liq va ko'p umumiylikka ega. Shu ma'noda uzoq tarixga ega millatimiz “ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratmagan - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” (I.A.Karimov). O'qitishning mazmunini, asosan, dunyo haqidagi bilimlar tashkil etadi. Tarbiyaning mazmunida qadriyatlar, qoidalar, ma'naviy boyliklar ustunlik qiladi. O'qitish, asosan, aql-idrokka ta'sir ko'rsatadi, tarbiyalash esa birinchi navbatta, shaxsning iste'mol sohasiga aylangan. Ikkala jarayon shaxsning ong va hulq-atvoriga birdek ta'sir ko'rsatadi va ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Qanchalik yaqin bo'lishiga qaramay, bu o'ziga hos jarayonlar bo'lib, ilm-fan ularni tarbiya nazariyasida va didaktik (ta'lim jarayoni) da alohida ko'rib chiqadi. Bunda o'qituvchi tomonidan zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda uslubiy tamoyil va ayniqsa dolzarb hisoblangan butun pedogogik jarayonning yaxlitligi taminlanadi.
Tarbiyaning tizimligi
tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil etadi, chunki tarbiyaviy jarayonlar bir nechta tizimlarning turli xususiyatlaridan iborat. Aytish mumkinki, tarbiyaviy jarayonlar - bu tarbiyaviy tizim holatlarining ketma-ket almashinuvidir. Tarbiyaviy jaroyonni tizimli ravishda ko'rib chiqish, tizim va jarayonning tuzulmaviy xususiyatlarini, shuningdek, ular o’rtasidagi funksional aloqalarning ajratib ko'rsatilishini ifodalaydi. O'qituvchi uchun har bir tarbiyaviy uslubning o'ziga hos xususiyatini, mohiyatini, birining boshqasiga ta'siri natijasida o'zgarishini anglab yetishi muhum ahamiyat kasb etadi. Masalan, tarbiyalash maqsadi uning mazmunini belgilab beradi, tarbiya ko'rganlik darajasni esa tarbiyalash usullarini tanlashga ta'sir ko'rsatadi va hakazo. Tarbiyaning texnologiyaviyligi ta'lim muassasalarida tarbiyaviy masalalarni amalga oshirish va unga erishishga sharoit yaratai, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayoning shakllari, metodlari, usulari va vositalarini o'qituvchi tog'ri tanlab natijalarga erishishni taminlab beradi. U ilmiy loyihalashtirish asosida amalga oshiriladi, modellashtirishda tarbiyaviy maqsadlar bir xil ma'noda beriladi va o'qituvchi tomonidan insonning shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini rivojlantirishning muayyan bosqichlarini abyektiv bosqichda o'lchash va baxolash koniyatlarini yaratadi. O'qituvchining tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri tanlash va valyutariestik (ko'ngilchanlik) xarakterga ega bo'lmaslik lozim. U pedogogikani uslubiyotiva jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlar , ushbu jarayon yuzasidan qabul qilingan maxsus qonun va qoidalar asosida belgilanadigan maqsadlar va milliy qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy tasavvurlar va shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotining ijtimoiy- iqtisodiy , siyosiy va o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tarbiya texnologiyasida o'qituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli
darajada bolishi va bosqichma-bosqich bir-biriga bo'ysinishi va ketma-ket
bajarilishi mumkin. Biron tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati - davlat
maqsadlari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi lozim. Aytish mumkinki, asosiy
daraja mamlakatda inson va uning fuqorolari qadr-qimmati to’g'risidagi ijtimoiy
tasavvurlarni aks ettiradigan maqsadlardur, ular mutaxassislar tomonidan ishlab
chiqiladi, hukumat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa hujjatlarda qayd
etiladi. Keyingi daraja- ta'lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar,
ya'ni davlat ta'lim standartlari, maxsus ta’lim tizimlarining va ta'lim
maqsadlarining bosqichlari. Eng quyi daraja- muayyan yoshdagi kishilarning
maqsadning birligi. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, tarbiyaviy faoliyat
natijasida yuksak ma'naviy va ahloqiy hislatlarga ega bo'lgan yuqori malakali
kadrlar tayyorlash, tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldindan belgilangan va
puxta o'ylab tuzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy
texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'z -o'zini tarbiyalash
va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan,
o'qituvchining tarbiyalash maqsadlarining to'g'ri belgilash va yo'lga qo'ya olishga
g'oyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishda
shart sharoitlar yaratish talab etiladi.
Uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon tarbiya texnologiyalarining asosiy tarbiyaviy
qismlaridan biri bo'lib, ta'limning uzluksizligini va nafaqat ta'lim muassasalarida
balki tarbiya oilada ijtimoiy va geografik muhitda mahallada olib borilishini
bildiradi. Zero ota-ona avlod ajdodlarga xos bo'lgan nutq, tafakkur, mehnat, ijod
qilish qobilyati va boshqa iste'dot allomalarining irsiyat orqali bolaga o'tishi orqali
taminlovchi biologik omillarning hamda insonga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatish
mumkin bo'lgan, shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi oila, maktab, do'stlar va
tengqurlar kabilarni o'z ichiga oluvchi mikromuhitning uzluksiz tarbiyaviy
jarayonida ta'siri beqiyosligi olimlarimiz tomonidan e'tirof etilgan. Ayniqsa, oila
muhiti shaxsni shakllanishida o'ziga xos muhim tarbiyaviy maskan bo'lib,
nihoyatda keng tarmoqli tarbiyaviy ta'sir etish quvvatiga ega. Ota-onaning
tarbiyalanganligi va tarbiyaviy tajribalarni mukammal bilishi, bola tarbiyasida
doimiy nazorat va javobgarlik hissi o'zbek oilasi uchun eng qadrli burch sifatida
e'zozlanadi. Bularning barchasi tarbiyalanuvchi subyektga nisbatan komil inson
shaxsiga xos sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Tarbiyaviy jaroyonni modellashtirishda o'quvchilarning hayoti va faoliyatini ta'lim muassasalarida pedagogik jihatdan to’g'ri uyushtirish uchun ularning tashqi ta'sir etuvchi omillariga nisbatan ta'sirchan munosabatda bo'lishini unutmaslik kerak. Pedagog va psixolog olimlarning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, shaxsga tashqi omillarning o'zaro ta'siri avvalo o'quvchilarning o'zaro munosabatiga bog'liq. O'quvchilarning tarbiyaviy faoliyatini uyushtirayotganda o'qituvchi yoki tarbiyachi tashqi ta'sir etuvchi omillarga nisbatan tarbiyalanuvchining munosabatini, kechinmalarini, qanday anglashni baholashni ulardan o'zi uchun nimalarni olayotganini bilishi zarur. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Ushbu faoliyatini modellashtirishda o'qituvchi o'quvchilar jamoasining manfaati talab va istaklarini inobatga olishi zarur. Bola o'z xulqi xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach emas balki umumiy ishining faol qatnashchisi bo'lib qoladi. Ushbu holatlar tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama qarshiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Jamiyatda axborot kommunikatsiyon texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanib borishi natijasida o'quvchilar ko'p vaqtlarini ta'lim va tarbiyaga umuman aloqasi bo'lmagan kommunikatsiyon texnologik ma'lumotlarga sarflamoqdalar (mobil telefonlar, internet, kompyuter,
DVD, Filmfare va boshqalar) ushbu vositalardan oqilona foydalanishni o'quvchilarga o'rgatish, taqiqlangan texnik vositalardan foydalanishni man etish, ularni nazorat etish o'qituvchi va ota-onalarning hamkorligidagi vazifalariga kiradi. O'quvchilarning ko'p vaqtlarini olayotgan keraksiz texnik ma'lumotlarni bartaraf etish uchun faqat modellashtirish asosida ish olib borish mumikin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, o'qituvchining tarbiyaviy rejasida ushbu muammolar yuzasidan turli mavzudagi suxbatlar uyushtirish rejasi o'rin olishi lozim. O'qituvchi har tomonlama oqil va oqila bo'lishi lozim. Dars jarayonida o'tkir zehinli, tartibli bo'lmog'i lozim, shundagina o'quvchi yoshlarning diqqat e'tiborini darsga qarata oladi. Kelajak avlod har tomonlama bilimli, barkamol bo'lmog'i lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
01
A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov "Ta'limda innovatsion texnologiyalar".
T.: Fan, 2018. 123 bet
02
Texnologiya ta'limi strategiyalarini rivojlantirish ta'limi bo'yicha MAJMUA
Toshkent -2017.
03
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 17- fevraldagi PF 4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish xarakatlar strategiyasi to'g'risidagi farmoni" O’zbekiston Respublikasi qonuni.
Etiboringiz uchun rahmat
Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə