Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010



Yüklə 40,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/122
tarix22.03.2024
ölçüsü40,05 Kb.
#182810
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
jek london oq soyloq qissa

BESHINCHI QISM
Birinchi bob
OLIS SAFAR
Bugunmi-ertami shunday bo'lishi aniq edi. Oq So'yloq bu ko'ngil- 
sizlikni oldindan ancha ilgariroq sezdi. Tez kunlar ichida yuz berishi 
muqarrar o'zgarishni u allaqanday nom a'lum va sirli tarzda ilg'agan 
edi. Qanday qilib va nima sababdan shunday bo'layotganini bilmasa 
ham, odamlarning xatosi tufayli sezib qoldi va xavotirga tushdi. Odamlar 
esa o'zlari istamagan holda muddaolarini fosh etib qo'yishgan va o'sha 
lahzalardan e’tiboran it kulba ayvonchasidan bir qadam nari ketmas va 
xonaga kirmasa ham odamlar qandaydir taraddudga tushganlarini sezardi.
— Eshityapsizmi? — deb qoldi Mett bir kuni kechki payt ovqatlanib 
o'tirganlarida.
Uidon Skott quloq soldi. Eshik ortidan itning yig'iga o'xshagan 
zorlanib ingrashi keldi. Zum o'tm ay, egasining shu yerda ekani, o'tgan 
galdagidek sirli ravishda g'oyib bo'lmaganiga ishonch hosil qilish uchun 
Oq So'yloqning eshikni iskayotgani eshitildi.
— Hammasini sezayapti, — dedi Mett.
Uidon Skott nima qilarini bilniay Mettga tikildi. Lekin, sir boy 
bermadi.
— Boshimga uramanmi Kaliforniyada qashqirni? — dedi u qrslik 
bilan.
Men ham shuni aytayapman-da, — uning gapini tasdiqlagan bo'ldi 
Mett. — Boshingizga urasizmi Kaliforniyada uni.
Biroq, bu gapdan Uidon Skottning ko'ngli taskin topm adi, nazarida 
M ett kesatayotgandek edi.
— Itlarimizni ko'zim qiymaydi, — deya so'zini davom ettirdi Skott. — 
Bitta-bitta g'ajib tashlaydi. Agar jarim a to'laym an, deb xonavayron 
bo'lm asam ham politsiya uni baribir mendan olib qo'yadi. Ana unda 
k o 'r tomoshani.
— Nimasini aytasiz, uchiga chiqqan qonxo'r bu! — uning gapini 
tasdiqladi Mett.
U idon Skott hamon ishonqiramay Mettga qaradi.
— Y o'q, olib ketishning sira iloji yo'q, — dedi u qat’iy.


— Albatta, iloji yo'q, — deya quw atladi M ett. — U nga qarab turish 
uchun maxsus nazoratchi tayinlashingizga to 'g 'ri keladi.
Shu gapdan keyin Skottning ikkilanishlari barham topib, u picha 
yengil tortdi. Jimjit xonada Oq So'yloqning yana zorlanib g'ingshi- 
yotgani va eshikni iskayotgani eshitilardi.
— Lekin ochig'i, sizga juda o'rganib qolgan, — dedi Mett.
U idon Skott birdan tutoqib ketdi.
— Jin olsin sizni, Mett! N im a qilish kerakligini o'zim yaxshi bilaman.
— M en e ’tiroz bildirayotganim yo'q, faqat...
— N im a «faqat»? — deya ch o'rt kesdi Skott.
— Faqat... — deya Mett muloyimlik bilan tushuntira boshladi-yu
lekin birdan dadillashib achchig'i chiqayotganini yashirib o'tirm adi: — 
N ega tutoqasiz hadeb? Sizni ko'rgan odam chindan nim a qilishini 
bilmayapti deb o'ylashi mumkin.
Uidon Skott bir daqiqa o'ylanib qoldi, so'ng hovuridan tushib yon 
berdi:
— T o'g 'ri aytdingiz Mett. N im a qilishga boshim qotayapti. H am m a 
balo shundaki... — u og'ir so'lish olib davom etdi: — Y o'q, yo'q, itni 
o'zim bilan olib ketishim tentaklikdan boshqa narsa emas.
— Mutlaqo fikringizga qo'shilam an, — dedi Mett.
Ammo bu safar ham uning so'zlari Skottni qanoatlantirolm adi.
— Bir narsani sira tushunolm ayapm an, ketayotganingizni qayerdan 
bilishi mumkin? — hech nima bo'lm agandek davom etdi Mett.
— O 'zim ham hayronman, — dedi Skott xo'rsinib.
So'ngra bir kuni eshik lang ochilgan chog'da Oq So'yloq xo'jayini 
buyumlarini o'sha kasofat jom adonga joylayotganini ko'rib qoldi, Skott 
bilan M ett to'xtovsiz qayoqqadir borib kelishar, natijada kulbada hukm 
surgan osoyishta hayotga putur yetdi. Oq So'yloqning hech qanday 
gumoni qolmadi. Musibat yaqinlashayotganini sezganiga ancha bo'lgan, 
endi esa bu g'am -alam nimadan iborat ekanini tagiga yetdi: Xo'jayini 
yana uni tashlab ketishga hozirlanayapti. M odomiki birinchi safar birga 
olib ketmadimi, bas, endi ham olib ketmaydi.
O'sha kuni kechasi Oq So'yloq hammayoqni boshiga ko'tarib, bo'rilar 
singari cho'zib-cho'zib uv soldi. U miltillayotgan hissiz yulduzlarga tu m ­
shug'ini ko'tarib nola chekar, xuddi bir zam onlar Shimoldan qochib 
kelib, zir yugurib ham qishloqni topolmay Kulrang Qunduz chaylasining 
o'rnida bir uyum axlatni ko'rgan dam laridek hasrat musibatlarini to'kib 
solardi.
Kulbadagilar endigina yotishgan edi.
— U yana ovqat yemay qo'ydi, — dedi Mett.
U idon Skott bir nimalar deb to'ng'illadi-da, boshini choyshabga 
o'rab oldi.


— 0 ‘tgan safar rosa kuyikkandi, endi o ‘lib qolsa kerak.
— Ovozingizni o'chirasizm i, yo‘qmi — deb baqirib berdi Skott. — 
Xotinlarga o ‘xshab hadeb bir gapni chaynayveradimi odam!
— Xo‘p bo‘ladi, — dedi M ett, buni eshitgan Skott pismiqlik bilan 
piching qilayapti, deya o ‘ylamay iloji yo‘q edi.
Ertasiga Oq So'yloqning bezovtaligi kuchayib battar xavotirlana 
boshladi. U xo'jayinidan bir qadam bo'lsin nari jilmas, Skott xonaga 
kirib ketsa ayvonchada sho'ppayib kutib turardi. Qiya ochiq eshikdan 
yoyib tashlangan buyumlar ko‘rinardi. Jom adon yoniga yana ikkita 
bahaybat tugun bilan sandiq ham qo'shilgan edi. M ett choyshab bilan 
xo'jayinining paxmoq ko'ylagini brezent qopga joylardi. Bu taraddudni 
ko'rgan Oq So'yloq uvillab yubordi.
K o'p o'tm ay kulba oldida ikki nafar hindu paydo bo'ldi. Ular 
yuklarni orqalab jom adon bilan brezent qopni ko'tarib olgan Mettga 
ergashib tepalikdan tushib ketishdi. Tez orada Mett qaytib keldi. Xo'jayin 
esa ayvonchaga chiqib Oq So'yloqni chaqirdi.
— Voy bechora-ey! — dedi u muloyimlik bilan Oq So'yloqning 
quloqlari orqasini silar ekan. — Ilojimiz qancha qariya, bunaqa olis 
safarga seni olib ketib bo'lm asa. Qani, ketar jafosiga bir uvillagin-chi! 
Kuching boricha uvillagin!
Ammo, Oq So'yloq uv solmadi. Buning o'rniga xo'jayiniga g'amgin, 
sinovchan term uldi-da, so'ng uning pinjiga suqildi.
— Vaqt bo'ldi! — deya ogohlantirdi Mett.
Yukon tarafdan kema sirenasining chiyillagani eshitildi.
— Xayrlashishni bas qilinglar! Eshikni mahkam berkitishni unutmang. 
Men orqa eshikdan chiqam an, bo'laqoling!
Ikkala eshik baravar qarsillab yopildi. Skott ayvonchada M ettni 
kutib turdi. Ichkarida Oq So'yloq zorlangudek g'ingshir edi. Zum o'tm ay 
u ostonaga tum shug'ini suqib tez-tez jon-jahdi bilan iskay boshladi.
— Uni ehtiyot qiling M ett, — dedi Skott tepalikdan tushib borayot- 
ganlarida. — Uning ahvoli haqida yozib turing.
— Albatta, — deb javob qildi Mett. — To'xtang!.. Eshityapsizmi?
U to'xtadi. Oq So'yloq xuddi aziz kishisining murdasi ustida nola
chekayotgandek uvlardi. G oh yurakni larzaga soladigan yig'iga, goh 
ayanchli zorlanishga monand, goh o'ta mungli ohangda falakka ko'tari- 
layotgan bu uvillash benihoya mahzun taralardi.
«Avrora» kemasi bu yil birinchi bo'lib Kaliforniyadan jo'nab ketayot- 
gani uchun uning palubasida yo'lovchilar tirband edi. Kemada oltin qidi- 
rishdan omadi kelganlar ham, oltin vasvasasiga giriftor bo'lib, xonavayron 
bo'lganlar ham bor edi — ham m alari bir vaqtlar bu o'lkaga nechog'liq 
oshiqqan bo'lsalar, endi tezroq jo 'n ab ketish payiga tushgan edilar.


K o'tarm a ko'prikda Skott Mett bilan xayrlashdi. Haydovchi sohilga 
tushmoqchi bo'lib endi orqaga o'girilam an, degan edi, d a fa ta n , paluba 
ichkarisidagi bir nimaga ko'zi tushib, Skottning qo'l silkib xayrlasha- 
yotganiga e ’tibor ham qilmadi. Skott o'girilib qaradi: ulardan bir necha 
qadam narida xo'jayinidan mungli nigohini uzmay Oq So'yloq cho'q- 
qayib o'tirardi.
Mett «voy shayton-ey», deb yubordi. Skott ko'zlariga ishonmay itga 
qaradi.
— Old eshikni yopgandingizmi?
Skott bosh irg'adi va:
— Siz-chi, siz, orqa eshikni yopganmidingiz? — deb so'radi.
— Albatta, yopgandim! — dedi ishonch bilan Mett.
Oq So'yloq gunohkorona bosh egib, quloqlarini chim irdi, ammo 
ularning oldiga kelishga botinolmay o'sha yerda o'tiraverdi.
— Uni olib ketishingizga to'g'ri keladi.
Mett Oq So'yloq tom onga ikki qadam tashlagan edi, it nari ketdi. 
Haydovchi uni quvdi, ammo Oq So'yloq lip etib yo'lovchilarning oyoq­
lari orasidan o'tib ketdi. U chaqqonlik bilan chap berar va paluba bo 'y­
lab qochar, Mettga sira tutqich bermas edi. Ammo xo'jayin chaqirgan 
edi, Oq So'yloq indamay uning yoniga keldi.
— Shuncha payt boqsam ham yoniga yo'latmadi-ya! — deya ko'ngli 
og'rib ming'irladi haydovchi. — Siz o'sha birinchi kundan beri aqalli 
bir marta ovqat berdingizmi? Xo'jayini men emas, siz ekaningizni qaydan 
bilaqoldi, sira aqlim yetmaydi.
Oq So'yloqni siylab-siypalab erkalayotgan Skott tuyqus engashdi- 
da, itning tum shug'i bilan ko'zlari o'rtasidagi jarohatni ko'rsatdi.
M ett itning qornini paypaslab chiqdi.
— Derazani unutibmiz-ku! Buni qarang, qornida tilinmagan joyi 
qolmabdi. Oynani sindirib chiqqanga o'xshaydi.
Ammo M ettning nim a degani Uidon Skottning qulog'iga kirmadi. 
U o'zicha bir nimalarni fikran mulohaza qilardi. Kema so'nggi bor 
gudok chaldi. K uzatuvchilar shosha-pisha sohilga tushdilar. M ett 
bo'ynidagi ro'm olchani yechib, Oq So'yloqni bog'lam oqchi bo'lgandi, 
Skott uning bilagidan ushlab qoldi.
— Bo'pti Mett! Yaxshi boring do'stim. N achora, endi qashqir haqida 
xat yozishingizga to 'g 'ri kelmaydi shekilli... Men... M en...
— Nima? — qichqirib yuborayozdi Mett. — N ahotki siz uni...
— Xuddi shunday. Ro'molchangizni yashiring. Sizga u haqda o'zim
yozib turaman.
Mett ko'tarm a ko'prikda ushlanib qoldi.
— U iqlimni ko'tarolmaydi. Jazirama issiqda dumini qirqishingizga 
to'g'ri keladi.


K o'tarm a ko'prikni palubaga to rtib olishdi-yii, kem a sohildan 
qo'zg'aldi. Uidon Skott qo'l silkib, M ett bilan xayrlashdi-da, yonida 
turgan Oq So'yloqqa yuzlandi.
— 
Qani endi bir irillagin, yaram as, irillamaysanmi?! — dedi u 
oyoqlariga surkalayotgan Oq So'yloqning quloqlarini piypalay turib.

Yüklə 40,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə