Onaxon jabborova, zuxra umarova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127992
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Glossariy 
Tarbiya – 
inson shaxsi ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan 
say-haraktlar tizimidir. Tarbiya keng ma’noda u yoki bu sifatlarning yoki 
ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga 
avval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan 
jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifasi.
Tarbiyaning tor ma’nosi – ijtimoiy institutlar doirasida va ta’sirida 
ijtimoiy amaliyotnipng har bir doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy 
vazifalarni va rollarni bajarishga tayyorlash maqsadida shaxsni ongli
maqsadga yo‘naltirilgan, muntazam shakllantirish jarayoni, ta’lim 
tizimining tarkibiy qismi. Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi 
zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o‘qituvchining 
o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ommaviy va 
nazariy muloqotdir. 
Tarbiya vazifasi
– ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari 
va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan 
aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyaning 
qanday metodidan foydalanishga bog‘liq. 
Tarbiya jarayoni
– tarbiya jarayonining mohiyati va jamiyat 
taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim 
olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin 
ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. 
Tarbiya maqsadi
– talaba yoshlarda milliy g‘oya va milliy 
mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari 
qo‘llaniladi. 
Tarbiya metodlari
– metod lotincha 
metodos
– yo‘l so‘zidan 
olingan. Metod tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi. 
Ilmiy tushuncha sifatida “metod” so‘zi keng ma’noda muayyan 
maqsadga erishish yo‘li tushuniladi. 
Tarbiya tamoyillari
– tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va 
g‘oyaviyligi; tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining 
ustunligi; tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi
tarbiyada izchillik va tizimlilik, tarbiyani ijtimoiy hayot bilan uyg‘un 
holda olib borish; tarbiyani mehnat faoliyati bilan bog‘lash; 
tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish; tarpbiyada tarbiyalanuvchining 
yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish; jamoa va jamoa 
yordamida tarbiyalash; tarbiyada tarbiyalanuvchi xulqidagi ijobiy 
sifatlarga tayanib salbiy tomonlarni yo‘qotish. 
109



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə