Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix16.07.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#119637
1   2   3   4
163-166

www.pedagoglar.uz
 
45-son 3–to’plam iyun 2023
Sahifa: 165 
guruh o‘ziga berilgan topshiriq bo‘yicha taqdimotini o‘tkazadi, boshqa guruhlar esa 
ularni to‘ldirishlari va noto‘g‘ri javoblarni to‘g‘rilab ball olishlari mumkin. Natijada 
1soatlik darsda katta bir bo‘lim, bob bo‘yicha o‘tilgan o‘quv materialini takrorlab, 
o‘rgangan bilimlarini mustahkamlab olish va hamma o‘quvchilarni mashg‘ulotga jalb 
qilib ularning darsda faol bo‘lishlariga erishish mumkin. O‘quvchi soni oz bo‘lgan 
sinflarda esa sinfni guruhlarga bo‘lmasdan balki 3ta qator o‘rtasida musobaqa tarzida 
ham o‘tkazish mumkin. Bu holda qatorlarga 2 martadan topshiriqli kartochka berish 
mumkin (6ta kartochka tayyorlanadi va har bir qatorga navbat bilan 2 martadan 
beriladi). Bu mashg‘ulotni boshqa fanlarga ham moslashtirib o‘tkazish mumkin. 
“Zigzag” metodi. Sinf o‘quvchilari 7ta guruhga bo‘linadilar va guruhlar 
nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi 
va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi.
O‘quvchilar matnlarni diqqat bilan o‘rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni 
tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa 
ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi 
mumkin. Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan matn mazmuni 
xususida so‘zlab berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi 
faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha 
matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach o‘quvchilar o‘tilgan mavzu 
bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini 
aniqlaydilar, yuzaga kelgan g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi.
Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol 
metodlardan tashqari “Ha… yo’q”, “Ta’rif egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” 
kabi didaktik o’yinlardan foydalanish mumkin. O’yin vaqtida o’quvchilar o’zini erkin 
tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo 
bo’ladi. Munozaraga kirishishni o’rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda 
o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim. 



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə