Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix16.07.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#119637
1   2   3   4
163-166

www.pedagoglar.uz
 
45-son 3–to’plam iyun 2023
Sahifa: 164 
axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy 
ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror 
toptirishdan iborat. Bu ezgu maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion 
texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin. 
Dars o‘tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta’lim standartlari 
talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, 
o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat 
tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor hissini kamol 
toptirishda
“Adabiyot” darslarining o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham o‘z 
darslarimizni tashkil etishda aynan shu maqsadlarni ko‘zlagan holda ish olib boramiz. 
Buning uchun hamma vaqt o‘qituvchi, o‘z o‘quvchilariga nisbatan ko‘proq 
shug‘ullanib, bilim va mahoratini tinmay oshirib borishi zarur. Shundagina u o‘z 
nomiga munosib faoliyat kishisi bo’ladi. Mehnatning samarasi sifatida har bir darsi 
mazmunli, maroqli orginalligi bilan farqli ekanligini, uning mashg‘ulotlariga 
o‘quvchilar tabora qiziqib borayotganliklarini, shogirdlarining dars jarayonida o‘quv 
materiallarini, o‘zaro ishtiyoq bilan o‘rganishga kirishib faollik va uyushqoqlik 
ko‘rsatayotganliklarini qalbdan his etadi. Bunday natijaga, shubhasiz dars jarayonida 
oqitish usullaridan har tomonlama foydalanish orqali erishish mumkin 
“Zakovat” o‘yini ko‘rinishidagi darslar. Bu mashg‘ulotni bob yakunida 
takrorlash darsi sifatida tahlil qilish mumkin. Sinf 6ta guruhga bo‘linadi va oldindan 
tayyorlab qo‘ygan topshiriqli konvertlarni (yoki kartochkalarni) guruh a’zolari navbat 
bilan olishadi. Shundan so‘ng guruhlar 10 minut davomida o‘zlariga tushgan 
topshiriqlarni bajarishadi va guruh javoblarini e’lon qilish uchun bir o‘quvchini 
tanlashadi (yoki guruh sardori javob beradi). Har bir guruhda bir nechta savoldan 
iborat topshiriq bariladi. O‘qituvchi har bir to‘g‘ri javob uchun ball qo'yadi. Agar 
biror savoltopshiriqqa noto‘g‘ri javob bo‘lsa, boshqa guruhlar to‘g‘ri javobni 
berishlari mumkin, bu holda, javob bergan guruhga ball qo‘yiladi. Shu tariqa har bir 



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə