Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə22/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

6
shirin

7
uchun

8
bizlar

9
mazali

10
doim

11
tayyorlaydilar

12
ovqat

Namuna: Maktab oshxonasida ishlaydigan qo‘li shirin oshpazlarimiz bizlar uchun doim mazali ovqat tayyorlaydlar.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Darslik bilan ishlash.
25-mashq o‘quvchilarga bir marotaba o‘qitiladi so‘ng kitoblar yopib qo‘yish kerakligi aytiladi. Monitorda matndagi gaplarning ega yoki kesim vazifasini bajaruvchi so‘zlar tushirib qoldirilgan holda ko‘rsatiladi. O‘quvchilarning vazifasi tushirib qoldirilgan so‘zlarni eslab matnni to‘liq matnini hosil qilishlari kerak. Bu orqali o‘quvchilarning eslab qolish qobiloyatlari sinovdan o‘tkaziladi.
Gullar kechasi uxlaydimi?
Gullar kun bo‘yi quyoshning nurlaridan _________. ______ kechasi ko‘zlarini yummaydi. Gullar ________ o‘smaydi. Ular ham tunda ishlamaydi.
Ayting-chi, gullar tunda ________ yoki yo‘qmi?
Qaysi gapda mazmun to‘liq ifodalangan? Ajratilgan so‘zlar qanday ma’noda qo‘llangan?
‒ Biz bugun gapning bosh bo‘laklarini aniqlashni o‘rgandik. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan bo‘lak ega deb ataladi. Gapdagi ega haqida nima deyilganini bildirgan bo‘lak kesim deyiladi. Ega bilan kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Ular birgalikda gapning asosiy mazmunini bildiradi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustaqil ish:
Mustaqil ish uchun topshiriq.
Berilgan so‘roq gapdan darak gaplar tuzish va yozish. Gap oxiriga kerakli tinish belgisini qo‘yish.
1. Tanlovda kim birinchi o‘rinni egalladi?
2. Ziyodaning dadasi nima sovg‘a qildi?
3. Qayerda baland-baland yangi binolar qad ko‘tardi?
O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar ichidan eng mazrnunlisi doskaga yoziladi yoki o‘quvchining o‘zi yozadi. Mazmuniga qarab, gap oxiriga kerakli tinish belgisi qo‘yiladi.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
— Ega deb nimaga aytiladi?
— Kesim deb nimaga aytiladi?
— Ega va kesim gapning qanday bo‘lagi?
— Ular birgalikda gapning nimasini bildiradi?
O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini quyidagicha umumlashtiradl:
— Biz bugun gapning bosh bo‘laklarini aniqlashni o‘rgandik. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan bo‘lak ega deb ataladi. Gapdagi ega haqida nima deyilganini bildirgan bo‘lak kesim deyiladi. Ega bilan kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Ular birgalikda gapning asosiy mazmunini bildiradi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə